Leptomeningit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Leptomeningit (yun. leptos - yumshoq va menings — parda) — bosh miya va orqa miyadagi oʻrgimchak toʻrisimon yumshoq pardalarning yalliglanishi (qarang Araxnoidit); meningitga xos alomatlar rivojlanishi, shuningdek, yalligʻlanish tufayli orqa miya suyuqligida oʻzgarishlar roʻy berishi bilan kechadi. L.ning oʻtkir va surunkali shakli, adgeziv (yopishqoq), gemorragik, yi-ringli, serozli, kista hosil qiladigan va aralash turlari farq qilinadi. Qaysi soha koʻproq yalligʻlanganiga qarab, kasallik har xil koʻrinishda boʻladi: bosh miya asosi L.da optoxiazmal soha zararlansa, bir yoki ikkala koʻz xiralashadi yoki koʻr boʻlib qoladi. Interpedunkulyar soha zararlanganda esa koʻz soqqasi harakati oʻzgarib, koʻzga narsalar qoʻshaloq koʻrinadi yoki koʻz yumilib qoladi va h.k.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil