Asab buzilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asab buzilishi — bu oʻziga xos buzilishning oʻtkir, vaqtinchalik bosqichi boʻlib, u birinchi navbatda depressiya va nevroz belgilari bilan namoyon boʻladi[1].

Taʼrifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Asab buzilishi" va „Nerv shikastkanishi“ atamalari DSM-IV va ICD-10 kabi diagnostika tizimlarida rasmiy ravishda aniqlanmagan va ruhiy kasalliklar boʻyicha hozirgi ilmiy adabiyotlarda deyarli uchramaydi[1][2]. Garchi „asabiy buzilish“ har doim ham aniq va statistik taʼrifga ega boʻlmasa-da, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bu atama nevroz yoki ruhiy tushkunlik alomatlari boʻlgan oʻziga xos, oʻtkir, vaqtinchalik reaktiv buzilishni anglatadi[1]. Maxsus holatlar baʼzan odam kundalik hayotida asab tizimi ishlamay qolgandan keyingina „buzilish“ deb taʼriflanadi[3].

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunday buzilishlarning sabablari har xil. 1996-yilda olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, turmushda ajralish yoki janjallar kabi yaqin munosabatlardagi muammolar turmush yoshiga toʻlgan insonlarda asabiy buzilishlarning 24%ni tashkil qiladi[4]. Ishda va maktabda muammolar 17%ga toʻgʻri keladi va moliyaviy muammolar — 11%ni tashkil qiladi. Aksariyat mutaxassislar asabiy buzilishlarni sogʻliq muammosi deb hisoblashadi. 1957-yilgi izlanishlar shuni koʻrsatadiki boshqa sogʻliq bilan bogʻliq muammolarning 28%ni asabiy buzilishlar tashkil etdi. 1976-yilda 28% va 1996-yilda atigi 5,6%ni tashkil qilgan[4]. Asab buzilishining sababi ham uzoq davom etadigan psixologik tushkunlik va stressdir. Qoida tariqasida, bu insonning kundalik hayoti, yangi jamoaga qiyin moslashish, yaqin odam bilan ajralish, oʻzining yoki boshqa birovning sogʻligʻi haqida haddan tashqari tashvishlanish kabilar bilan bogʻliq muammolar ham sabab boʻladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „The Diagnostic Meaning of 'Nervous Breakdown' Among Lay Populations“. 2021-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-may.
  2. „Mayo Clinic Mental Breakdown“. 2013-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-may.
  3. Эдвард Халлоуэлл и Джон Рэти. = Delivered from Distraction: Getting the Most out of Life with Attention Deficit Disorder. — Ballentine Books, 2005. — ISBN 0-345-44231-8.. 
  4. 4,0 4,1 Responses to nervous breakdowns in America over a 40-year period: Mental health policy implications