Turkiya tashqi qarzlarining tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkiya tashqi qarzlarining tarixi, Usmonli davriga borib taqaladi. Chunki yosh respublika ana shu qarzlarni toʻlashni ham oʻz boʻyniga olgan edi.

Tashqi qarzlarning tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1683-yil Vena qamali muvaffaqiyatsiz tugatgandan soʻng, Usmonli imperiyasi Karlofcha shartnomasi (Karlofça anlaşması) bilan oʻz hududlarini birin ketin yoʻqota boshlagan. Usmonli imperiyasi ayni vaqtda boy berilgan hududlarni qaytarib olish siyosatini ham olib boradi. Natijada ham Eron bilan, ham Rossiya bilan doimiy urushlar olib borishga majbur boʻladi. Deyarli barcha dehqonchilik maydonlari va boy konlar istilo etilgan hududlarda qolib ketishi sababli davlat daromadi kamayib ketadi.

Davlat daromadlari kamaygani sari soliqlar soni va miqdori oshiriladi. Qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi odamlar soliqlardan qutulish uchun qishloq xoʻjaligini tashlab, Istanbul, Edirne, Bursa kabi yirik shaharlarga koʻchib keta boshlaydilar.

Soliq tushumlarining kamayishi Usmonlilar imperiyasining maosh toʻlashda muammolarga duch kelishiga sabab boʻladi. Bir tomondan, mehnatkashlarning qishloq xoʻjaligidagi yerlari davlat hisobiga oʻtishi, ikkinchi tomondan, yoʻqotilgan hududlar tufayli soliq tushumlarining kamayishi muammolarni yanada kengaytirib yuboradi.

Qiyinchiliklar tufayli XIX-asr boshlariga kelib xalqdan butun oltin va kumushlar yigʻib olinadi, tangalar ishlab chiqariladi va 20 foizlik ortiqcha qiymat bilan bozorga chiqariladi. 1839-yilda bu choralar yetarli boʻlmagani tufayli qoʻshimcha zayom chiqariladi. Biroq, ortiqcha zayom inflatsiya darajasini yanada oshirib yuboradi.

1840-yilda moliyaviy inqirozning yanada kuchayishi bilan omonatchilarning zayomlarini maʼlum bir manfaatga qarshi undirish uchun „esham kavaimi“ chiqariladi.

Ichki qarzdorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, 1788-yilda jazoirlik Hasan poshodan 600 ming qurush qarz olinadi, keyin sarroflar va boylardan qarz soʻraladi. U 1840 yilda Galata bankirlari Alleon va Baltaci tomonidan tashkil etilgan Istanbul (Dersaadet) bankidan qarz olinganligi haqida maʼlumotlar ham mavjud. Bankning manbasi xorijiy kapital bozorlaridan olinmaganligi tufayli u ichki qarz sifatida qabul qilinadi.

Byudjet taqchilligi:

  • 1841-yilda 4.163.000 qurush
  • 1847-yilda 15.263.404 qurush
  • 1848-yilda 38.586.642 qurush
  • 1849-yilda 88.998.000 qurush.

1854-yilda umumiy ichki qarz 15 million funt sterlingga yetgan edi.

Chet eldan qarz olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1854-yilgacha qarz soʻrash sharmandalik deb hisoblangan va qarz soʻragan davlatlar Usmonli tarafdori boʻlib koʻrinishni istamagani uchun qarz soʻralmagan edi. Bu davrda 1783-yilda Marokash, 1788-yilda Jazoir va Tunis qarz berish soʻrovini qabul qilmagan edi.

1876-yilgacha qarzlarini toʻlashda qiyinchiliklarga duch kelgan Usmonli imperiyasi 1876-yil aprelida qarz va foizlarni toʻlashni toʻxtatadi va oʻzini bankrot deb eʼlon qiladi.

„Muharram qarornomasi“ bilan Usmonli hukumatining 219.938.559 lira boʻlgan tashqi qarzi 1881-yil 20-dekabrda kamaytirilib, umumiy tashqi qarz 141.505.309 lira etib belgilandi[2], toʻlov shartlari esa qayta tartibga solindi. „Muharram qarornomasi“ning 15-moddasiga koʻra, Usmonli imperiyasining tashqi qarzlarini toʻlashga qodir emasligi natijasida „Dyuyun-u Umumiye“ga topshiriladi. Evaziga soliqlarning qarz manbalariga yoʻnaltirgan qismini toʻplash va nazorat qilish vazifasi „Dyuyun-u Umumiye“ga topshiriladi.

1914-yilda urush boshlangandan soʻng, Usmonli imperiyasining tashqi qarzi qisqa muddatli qarzlarni hisobga olmaganda, 156,4 million Usmonli lirasini tashkil etadi. (142 million funt sterling).

Tashqi qarzlar, Usmonli imperiyasi parchalanganidan soʻng, Usmonlilar yerlarida tashkil etilgan davlatlar oʻrtasida qayta taqsimlanadi va eng katta qarz yuki Turkiyaning boʻyniga yuklanadi. 1925-yildan boshlab Usmonli davlatidagi qarzlarining 67% Turkiya tomonidan toʻlanishiga qaror qilinadi. 1928-yil 13-iyunda Parijda davlat qarzi boshqarmasi bilan Turkiya ulushiga tushgan 107,5 million oltin Usmonli lirasi qarzini toʻlash toʻgʻrisida shartnoma imzolaydi.

Turkiya Usmonlining birinchi tashqi qarz olganidan roppa-rosa bir asr oʻtib, 1954-yil 25-mayda „Dyuyun-u Umumiye“dan olgan qarzning oxirgi qismini toʻlab boʻladi.

Usmonli imperiyasidan qolgan qarzlarning davlatlarga boʻlingan foiz koʻrsatkichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmonli imperiyasidan qolgan qarzlarni toʻlagan davlatlar.

Usmonli imperiyasi parchalanganidan keyin tashqi qarz roʻyxatda sanab oʻtilgan mamlakatlar oʻrtasida quyidagi shaklda taqsimlanadi.[3]

# Davlat Toʻlanadigan qarz (₺) Ulanish darajasi (%)
1 Turkiya 84 597 495 65.32
2 Gretsiya 11 054 534 8.5
3 Suriya — Livan 11 108 858 8.5
4 Iroq 6 772 142 5.2
5 Yugoslaviya 5 435 597 4.1
6 Falastin 3 284 429 2,5
7 Bolgariya 1 776 354 1.4
8 Albaniya 1 633 233 1.3
9 Hijoz

(S. Arabiston)

1 499 518 1,2
10 Yaman 1,182,104 0,9
11 Transiordan

(Iordaniya)

733 310 0,5
12 Italiya 243 200 0,15
13 Necit

(Saudiya Arabistoni)

129 150 0,01
14 Maʼan

(Iordaniya)

128 728 0,01
15 Asr

(S. Arabiston)

26,138 0,02
Jami 129 604 910 100,0

Respublikadan keyingi davrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya 1930-yilda AQShdan 10 million dollarlik tashqi qarz oladi. Qarz, Turk valyutasining qiymatini himoya qilish qonuni qabul qilingan davrda, Inönü hukumati tomonidan olingan edi. Oʻsha yilning avgust oyida „Serbest Fırka“ (Ozod firqa) muxolifat partiyasini tuzishdan koʻzlangan asosiy maqsadlardan biri liberal koʻrinish orqali chet eldan moliyaviy yordam olish edi.[4] Turkiya 1932-yilda Sovet Ittifoqidan 8 million dollar, 1938 yilda Britaniyadan 16 million funt sterling qarz oladi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisining 1938-yil 1-noyabrdagi bayonnomasiga koʻra, yosh respublikaning qarzi bugungi pul birligi bilan taxminan 1.500.000.000 (1 yarim milliard yevro) deb koʻrsatilgan edi.

1980 va 1990-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya 1980-yil 24-yanvarda Iqtisodiy Barqarorlik Dasturini hayotga tatbiq etib, oʻsha kungacha amal qilgan asosiy iqtisodiy siyosatlarini butunlay oʻzgartiradi va yanada liberal hamda ochiq siyosat olib boradi. Ushbu siyosatlardan biri, umuman olganda, xorijiy qarzlar bilan investitsiyalarni koʻpaytirishni nazarda tutar edi. thumb|400x400px| Turkiyaning 2002-14 yillardagi tashqi qarzi

Türkiye Dış Borç Stoku, 2001-2015
Turkiyaning tashqi qarzi, 2001-2015

Turkiyaning tashqi qarzi bu davrda (2001-yil 4-choragi) 129 milliard dollardan 336 milliard dollarga (2012-yil 4-choragida) oshadi. 2013 yilning uchinchi choragida Turkiyaning umumiy qarzi 372,7 milliard dollarni, sof tashqi qarzi esa 214,4 milliard dollarni tashkil etdi.

2013-yilning 14-mayida Bosh vazir oʻrinbosari Ali Babacanning maslahati bilan Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (XVJ)dan olingan qarzning oxirgi qismi toʻlanab beriladi. Shunday qilib, Turkiyaning uzoq yillik IMF qarzi nolga tenglashtirilgan edi.[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Arşivlenmiş kopya“. 4 ocak 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 ağustos 2012.
  2. „Arşivlenmiş kopya“. 2 nisan 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 nisan 2017.
  3. „Ato Dış Borçlar“. Ankara Ticaret Odası. 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20 ocak 2014.
  4. NTV tarih dergisi sayı:2 sayfa:97
  5. „Erdoğan: Türkiye IMF'ye olan borcunu kapattı“. 19 temmuz 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 mayıs 2019.