Mogilyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mogilyov — Belorussiyadagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). M. viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan "Strommashina", "Elektrodvigatel", metall konstruksiyalar, lift zavodlari), kimyo ("Lavsan" sintetik tola, kimyo k-tlari, sunʼiy tola zavodi), oziq-ovqat (goʻsht k-tlari, konditer f-kasi, non, konserva, yogʻ-pishloq zavodlari), yengil sanoatlari (tikuvchilik, trikotaj, lenta toʻqish, poyabzal f-kalari) rivojlangan. Qurilish materiallari (silikat buyumlar, temir beton buyumlar, qurilish materiallari, k -tlari) ishlab chiqariladi. Yogʻochsozlik korxonalari, 2 TETS ishlab turibdi.

M.da 2 oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 2 teatr, oʻlkashunoslik, etnografiya va boshqa muzeylari bor. Shahar 1267 yil dan maʼlum, 1569 yildan Polsha, 1772 yildan Rossiya tarkibida. Nikolay cherkovi (17-asr) saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil