Transkripsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Transkripsiya (transcriptio koʻchirib yozish) — yozuvning nutq tovushlari talaffuzini aniq ifodalash uchun ishlatiladigan sunʼiy (shartli) turi; nutq boʻlaklari (tovush, boʻgʻin, soʻz)ning tovushiy sifatlarini yozuvda aniq aks ettirish usuli. T., eng avvalo, 2 ga boʻlinadi: ilmiy T. va amaliy T. Ilmiy T. oʻz xususiyatiga koʻra, fonetik va fonematik T.larga boʻlinadi. Fonetik T. ogʻzaki nutq (talaffuz)ni barcha xususiyatlari bilan yozuvda aniq aks ettirishni koʻzda tutadi va xorijiy tillar (mas., ingliz tili) lugʻatlarida, til darsliklari va notiqlik qoʻllanmalarida, jonli tilni yozib olishda (dialektologik yozuvlar, fonetika darsliklari va boshqalar) qoʻllanadi. Fonetik T.ning asosiy prinsipi shundaki, talaffuz etilgan har bir tovush yozuvda alohida qayd etilishi kerak. Fonetik T. amaldagi biror alifbo asosida, unga nutq aʼzolaridagi ayrim artikulyatsiyalarni aks ettiruvchi ostust belgilari yoki ixtiyoriy oʻylab topilgan belgilar tizimini qoʻshish bilan yaratiladi. Mas., oʻzbek shevalarini oʻrganish maqsadidagi dialektologik yozuvlarda amaldagi alifboda boʻlmagan e o 9 (til oldi a), Oʻ, ʼ (i ning variantlari), o, q (oʻ ning variantlari) va boshqa belgi (harf)larning qoʻllanishi. Universal T. sifatida Xalqaro fonetik uyushma — IPA (International Phonetic Association) tomonidan 1886 yilda lotin grafikasi asosida yaratilgan va doimo takomillashtirib boriladigan xalqaro fonetik alifbo qoʻllanadi.

Fonematik T. har bir soʻzni fonema tarkibiga koʻra aks ettiradi, bunda kucheiz pozitsiyalarda paydo boʻladigan variantlar aks ettirilmaydi. Ushbu T.ning prinsipiga koʻra, har bir fonema, pozitsiyasidan qatʼi nazar, doimo ayni bir belgi bilan aks ettiriladi. Fonematik T.da fonetik T.ga karaganda kamroq belgi ishlatiladi, chunki fonemalar miqdori doimo variantlar miqdoridan kam boʻladi.

Amaliy T. muayyan milliy alifbo vositalari orqali boshqa tillardagi atokli otlar, terminlar, maxsus nomlar va shu kabi tarjima qilinmaydigan soʻzlarni aks ettiradi va shu yoʻl bilan ularni qabul qiluvchi tilning bosma matnlariga kiritadi. Amaliy T. qabul qiluvchi til alifbosidagi belgilar chegarasidan chiqmaydi, lekin belgilarning ayrim gʻayriodatiy qoʻllanishlariga yoʻl qoʻyadi. Amaliy T.ga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri qabul qilinayotgan birlikning talaffuzini imkon qadar aniq saqlab qolishdir. Shu bilan birga, amaliy T. soʻzning morfem tuzilishini, uning grafik xususiyatlari va boshqa ni saklab qolishi hamda muayyan soʻzning oson oʻzlashishini taʼminlashi kerak.

Adabiyot[tahrir]

  • Superanskaya A. V., Teoreticheskiye osnovi prakticheskoy transkripsii, M., 1978; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998.

Ibodulla Mirzayev.