Qadimgi turkiy yozuvi


Qadimgi turkiy yozuvi (Urxun-yenisey yozuvi) yoki Qadimgi turk runik yozuvi — tosh, metall, yogʻoch va boshqa ga oʻyib bitilgan qad. turkiy yozuvlar. V-VII asr (baʼzi manbalarda VIII-X asr)larga mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi koʻrinishidan got (qad. german) yozuviga oʻxshash boʻlganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-Yenisey yozuvi haqida dastlab XVIII asrning boshlarida rus olimi S. Remezov, keyinroq shved olimi F. Stralenberg hamda nemis olimi D. G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning turkiy xalklarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J. P. AbelRemyuza (1820), soʻngra rus olimi N. M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N. M. Yadrinsev va 1891-yil V. V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi boʻyiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-yil 2 ta atlas eʼlon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan Urxun-Yenisey yozuvi matnlarini birinchi boʻlib daniyalik tilshunos V. Tomsen oʻqishga muvaffaq boʻldi (1893-yil noyab). V. Tomsendan soʻng V. V. Radlov turk shahzodasi Kultegin (VIIIasr) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning transliteratsiya va transkripsiyasini tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qadimgi turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi.
Urxun-Yenisey yozuvining kelib chiqishi haqida mutaxassislar oʻrtasida tan olingan yagona fikr yoʻq. Bu haqdagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga qaraganda, mazkur yozuv oʻz kelib chiqishiga koʻra sugʻd va pahlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-Yenisey yozuvining paydo boʻlish joyi va vaqti ham hozircha uzil-kesil hal qilingan masala emas. Bu yozuv paydo boʻlish oʻrni va vaqti bilan bogʻliq boʻlgan ayrim grafik xususiyatlari tufayli urxun, talas, yenisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi urxun variantidir. Bu yozuvlar turkiy tillarga uygʻun, moye, ancha mukammal, arab yozuvidan koʻra yozilishi va oʻqilishi birmuncha qulay boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va turkiy xalqlar yashagan boshqa koʻp joylar arablar tomonidan bosib olingach, bu mamlakatlarda arab yozuvi keng tarqaladi.
Mazkur yozuv, arab yozuvi singari, oʻngdan chapga qarab yozilgan va oʻqilgan. Urxun-Yenisey yozuvi 38 belgi (harf)dan iborat boʻlib, fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, bir-biriga ulanmay, yakka-yakka yozilgan. Koʻp hollarda (asosan, soʻz boshida va oʻrtasida) unli harflar yozilmagan. Urxun-Yenisey yozuvida tinish belgilari ishlatilmagan. Soʻzlar, baʼzan morfema yoki soʻz birikmalarini birbiridan ajratish uchun ular oʻrtasiga ikki nuqta (:) qoʻyilgan, shartli ravishda u „ayirgʻich“ deb nomlangan. Urxun-Yenisey yozuvining Lena-Baykalboʻyi, Yenisey, Moʻgʻul, Oltoy, Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniqlan. UrxunYenisey yozuvidan namunalar. gan. Urxun-Yenisey yozuvi yo. ni tekshirish va oʻrganishda V. Tomsen, V. V. Radlov, P. M. Melioranskiy, A. A. Polovsev, G. Geykel, SE. Malov, L. N. Gumilyov, D. Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. Oʻzbek olimlaridan akademik Gʻ. Abdurahmonov va A. Rustamov, professor N. Rahmonovlar ham Urxun-Yenisey yozuvini oʻrganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hozirgi kunda ham davom etmoqda. Urxun-Yenisey yozuviga xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllar hozirgi uzbek, uygʻur, ozarbayjon, qirgʻiz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqor va boshqa turkiy tillarda uchraydi. Urxun-Yenisey yozuviyo. turkiy tillar tarixi, madaniyati, etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini oʻrganishda qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi[1].
Namunaviy matn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bilga xoqon bitiktoshining bir qismidan ko‘chirma (36-38-satrlar):
𐰖𐰕𐰸𐰞𐱃----: 𐰋𐰃𐰼𐰘𐰀: 𐱃𐰉𐰍𐰲𐰑𐰀: 𐱃𐰃: 𐰚𐰇𐰾𐰃:
𐰖𐰸: 𐰉𐰆𐰡𐰃: 𐰉𐰆: 𐰘𐰼𐰓𐰀: 𐰢𐰭𐰀: 𐰴𐰆𐰺: 𐰉𐰆𐰡𐰃:
𐰢𐰤: 𐰇𐰕𐰢: 𐰴𐰍𐰣: 𐰆𐰞𐰺𐱃𐰸𐰢: 𐰇𐰲𐰤: 𐱅𐰇𐰼𐰰:
𐰉𐰆𐰑𐰣𐰍: ----𐰇----: 𐰴𐰞𐰢𐰑𐰢: 𐰃𐰠𐰏: 𐱅𐰇𐰼𐰇𐰏:
𐰘𐰏𐰓𐰃: 𐰴𐰕𐰍𐰦𐰢: 𐰃𐰑----: ----𐱅𐰃𐰼𐰠𐰯: 𐰘----:
𐰦𐰀: 𐰾𐰇𐰤𐱁𐰓𐰢: 𐰾𐰇𐰾𐰃𐰤: 𐰽𐰨𐰑𐰢: 𐰃𐰲𐰚𐰏𐰢𐰀:
𐰱𐰚𐰓𐰃: 𐰉𐰆𐰑𐰣: 𐰉𐰆𐰡𐰃: 𐰇𐰠𐰏𐰢𐰀: 𐰇𐰠𐱅𐰃: 𐰾𐰠𐰭𐰀:
𐰸𐰆𐰑𐰃: 𐰖𐰆𐰺𐰯𐰣: 𐰴𐰺𐰍𐰣: 𐰶𐰃𐰽𐰞𐱃𐰀: 𐰋𐰃𐰤:
𐰉𐰺𐰴𐰃𐰤: 𐰦𐰀: 𐰉𐰆𐰕𐰑𐰢: ----: 𐰘𐱁𐰴𐰀: 𐰍𐰑𐰃:
𐰆𐰖𐰍𐰺: 𐰠𐱅𐰋𐰼: 𐰘𐰇𐰕𐰲𐰀: 𐰼𐰏: 𐰃𐰠𐰏𐰼𐰇: 𐱅𐰕𐰯:
𐰉𐰺𐰑𐰃: ----:
𐱅𐰃: 𐱅𐰇𐰼𐰰: 𐰉𐰆𐰑𐰣: 𐰀𐰲: 𐰼𐱅𐰃: 𐰆𐰞:
𐰘𐰃𐰞𐰴𐰃𐰍: 𐰞𐰯: 𐰃𐰏𐱅𐰢: 𐰆𐱃𐰕: 𐰺𐱃𐰸𐰃: 𐱅𐰇𐰼𐱅:
𐰖𐱁𐰢𐰀: 𐰆𐰍𐰕: 𐱅𐰕𐰯: 𐱃𐰉𐰍𐰲𐰴𐰀: 𐰚𐰃𐰼𐱅𐰃:
𐰇𐰚𐰤𐰯: 𐰾𐰇𐰠𐰓𐰢: 𐰽𐰆𐰴𐰣: ----: 𐰆𐰍𐰞𐰃𐰤:
𐰖𐰆𐱃𐰕𐰃𐰤: 𐰦𐰀: 𐰞𐱃𐰢: 𐰚𐰃: 𐰠𐱅𐰋𐰼𐰠𐰏: 𐰉𐰆𐰑𐰣:
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Qadimgi turkiy yozuvi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Q-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Malov S.Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M., — L., 1951;
- Malov S.Ye., Yeniseyskaya pismennost tyurkov, M., —L., 1952;
- Aydarov G., Yazik orxonskogo pamyatnika BilgeKagana, Almaata, 1966;
- Klyashtorniy S. G., Drevnetyurkskiye runicheskiye pamyatniki kak istochnik po istorii Sredney Azii, M., 1964;
- Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |