Danlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Daniyaliklardan yoʻnaltirildi)

Danlar, daniyaliklar (oʻzlarini danskere deb ataydilar) — xalq. Daniyaning asosiy aholisi (5 mln. kishiga yaqin). Shuningdek, Shvetsiya, Norvegiya, Germaniya, AQSH, Kanada va boshqalar mamlakatlarda yashaydilar. Umumiy soni 5,6 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Dan tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, lyuteranlar, protestantlar, katoliklar ham bor. Kadimda Daniyaning hozirgi hududida german qabilalari (kimvrlar, yutlar, angllar, sakslar) joylashgan; 5—6-asrlarda Janubiy Shvetsiyadan german qabilalaridan boʻlgan danlar bostirib kirgan. 6—8-asrlarda bu qabilalarda ibtidoiy tuzum parchalanish jarayoni sodir boʻlgan; 10—11-asrlarda ulardan yagona dan elati vujudga kelgan; ilk davlat tuzilgan. 19-asrda dan millati shakllangan. Anʼanaviy mashgʻulotlari — dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek, hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik, gilam toʻqish va boshqa turlari ham rivojlangan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil