Kontent qismiga oʻtish

Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati

Koordinatalari: 38°0′0″N 73°0′0″E / 38.00000°N 73.00000°E / 38.00000; 73.00000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati
tojikcha: Вилояти Мухтори Кӯҳистони Бадахшон
muxtor viloyat
Maʼmuriy markazi Xorugʻ
Asos solingan sanasi 2-yanvar 1925-yil
Rais Qodir Qosimiy
Rasmiy tili tojikcha, pomircha
Aholi (2013)
210,200[1].
(3 % ,  (5-oʻrin)
Zichligi 3,3 kishi./km²
Millatlar tarkibi pomirlar — 94,0 %, qirgʻizlar — 5,8 %[2]
Dinlar tarkibi Musulmonlar
Maydoni 64 200 km² (44,9 %, 1-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 7496 m
Vaqt mintaqasi UTC+6
Qisqacha GB
Kod ISO 3166-2 TJ-BG
Indeks FIPS TI01
Telefon kodi +992 3522
Pochta indeksi 736000
Avtomobil raqami kodi 04РТ
Xaritada
Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati xaritada
38°0′0″N 73°0′0″E / 38.00000°N 73.00000°E / 38.00000; 73.00000

Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati (tojikcha: Вилояти Мухтори Кӯҳистони Бадахшон) — Tojikiston Respublikasi tarkibidagi muxtor viloyat. 1925-yil 2-yanvarda tashkil etilgan. Viloyat respublikaning sharqiy qismida joylashgan. Shimoldan Qirgʻiziston, sharqdan Xitoy, janub va gʻarbdan Afgʻoniston, shimoli-gʻarbdan respublikaga qarashli tumanlar va Xatlon viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 64,2 ming km2. Aholisi 220,600 kishi (2010). Viloyatda 7 tuman, 1 shahar (Xorugʻ), 43 qishloq bor. Markazi — Xorugʻ shahri.

Viloyat hududida qadimdan aholi yashab kelgan. Mil. av. 6—4 asrlarda sak qabilalari, miloddan avvalgi 2-asrda esa toxarlar va boshqa xalqlar yashagan[3]. Viloyat (yoki uning bir qismi) uzoq oʻtmishdan turli davlatlar va sulolalar — eftalit (haytal)lar davlati (mil. 5-asr), Turk xoqonligi (6-asrdan), Somoniylar (9—10-asrlar, Gʻuriylar (12-asr), moʻgʻullar (13-asr), Temuriylar (15—16-asrlar), Shayboniylar (16-asrning oxiri) va Ashtarxoniylar tarkibida boʻlib keldi. Soʻng Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi tasarrufiga oʻtgan. 1274-yil Badaxshondan oʻtgan Marko Polo maʼlumotlariga koʻra[4], bu yerda kumush, laʼl va boshqa qimmatbaho toshlar qazib olingan. 1923-yil iyulida Togʻli Badaxshon viloyat sifatida Turkiston Muxtor Respublikasi tarkibiga qoʻshilib, 1925-yilda Tojikiston Muxtor Respublikasi tarkibiga kiritilgan[5].

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatda bitta shahar — Xorugʻ, 7 tuman, 43 qishloq bor:

Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati
Birlikning nomi
maʼmuriy-
hududiy boʻlinishi
Aholisi
(31.12.2009)
ming kishi
Maydoni
ming km²
Aholi
zichligi
kishi/km²
1 Xorugʻ shahri 29,3 0,0 maʼlumot yoʻq
2 Vanj tumani 30,7 4,4 6,98
3 Darvoz tumani 23,9 2,8 8,54
4 Ishkoshim tumani 28,7 3,7 7,76
5 Murgʻob tumani 17,2 38,5 0,45
6 Roshtqala tumani 26,9 4,3 6,26
7 Roʻshon tumani 25,5 5,9 4,32
8 Shugʻnon tumani 38,4 4,6 8,35
Jami 220,6 64,2 3,44

Viloyat hududi Pomir togʻlarida joylashgan. U gʻarbiy (kichik) va sharqiy (katta) qismlarga boʻlinadi. Gʻarbiy qismi pastroq boʻlib, parchalanib ketgan. Panj daryosi oʻng irmoqlarining chuqur togʻ vodiylari gʻarbdan sharqqa kesib oʻtadi. Ularni vodiy tubidan 3000–4000 m balandlikdagi tizmalar ajratib turadi. Sharqiy qismi baland tekis togʻlik boʻlib, yassi vodiy va soyliklar ustidan koʻtarilib turadi. Gʻarbiy qismida eng past joylar 1500 m dan, sharqiy qismida 3600 m dan past emas[6].

Iqlimi va ichki suvlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy qismining iqlimi moʻtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 19,6 °C, iyulniki 13 °C (Murgʻob), yillik yogʻin — 60–70 mm. Gʻarbiy qismining asosiy daryolari: Panj va uning irmoqlari (Vanj, Yazgʻulom, Bartang, Gʻunt (Shoxdara bilan birga). Sharqiy qismining daryolari: Murgʻob (Oqsuv bilan birga), Alichur. Koʻl koʻp emas. Sharqiy qismida oqmas koʻllardan Qorakoʻl (eng yirigi), Shoʻrkoʻl, Rangkoʻl va boshqalar. Oqar koʻllardan — Sarez koʻli, Yashilkoʻl va Zoʻrkul.

Gʻarbiy qismining tuproqoʻsimlik qoplami qamma mintaqalarida ham kserofit hususiyatga ega: quyi mintaqalarda — choʻldasht tuproqlarda shuvoq, chalov, betaga, togʻ choʻqqilari yaqinida yostiqsimon oʻtlar (akantolimonlar), bardidoshlar, kobreziya oʻsadi. Daryo chetlarida tol, terak, jiyda, yon bagʻirlarda siyrak holda archazorlar bor. Sharqiy qismida — balandtogʻ choʻl tuproqlarida teresken va yostiqsimon oʻtlar uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, tovushqon, yoʻlbars, togʻ echkisi, uzun dumli sugʻur, yirik yirtqich qushlar bor. Gʻarbida silovsin, jayra, qobon, sharqida arxar yashaydi. Daryo va koʻllarda baliq koʻp. Xorugʻ shahri yaqinida 1933-yildan Pomir Botanika bogʻi faoliyat koʻrsatadi.

Foydali qazilmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydali qazilmalardan: togʻ billuri, oltin, kumush, simob, volfram, molibden, osh tuzi, asbest, koʻmir; qimmatbaho toshlardan laʼl, lojuvard va boshqalar; marmarning bir necha turi bor. Oʻnlab buloqlar boʻlib, ular orasida Garmchashma shifobaxsh bulogʻi respublikadan tashqarida ham mashhur.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyat iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligining oʻrni katta. Viloyat gʻarbida yashovchi aholi dehqonchilik va chorvachilik, sharqidagi aholi faqat chorvachilik bilan shugʻullanadi. Qoʻtos yetishtiruvchi xoʻjaliklar ham mavjud. Gʻallachilik va pillachilik rivojlangan. Bogʻdorchilik, kartoshka va sabzavotchilik hamda tamakichilik bilan ham shugʻullaniladi. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi va kigiz bosiladi[7].

Sanoatining energetika (Xorugʻ, Qalʼai Xumb, Vanj, Oqsuv GESlari), yengil, oziq-ovqat (non, sut, goʻsht zavodlari) tarmoqlari rivojlangan. Osh tuzi, oltin, togʻ billuri va boshqa qimmatbaho toshlar konlari aniqlanib, ayrimlarida qazish ishlari olib borilmoqda. Asosiy avtomobil yoʻli XorugʻOʻsh (697 km) va Dushanbe — Xorugʻ (528 km). Dushanbe — Xorugʻ havo yoʻli mavjud. Rudakiy nomidagi viloyat musiqali teatri, kutubxonalar ishlab turibdi.

  1. Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
  2. Михаил Тульский Итоги переписи населения Таджикистана 2000 года: национальный, возрастной, половой, семейный и образовательный составы № 191 - 192 21 февраля - 6 марта 2005 Демоскоп Weekly ISSN 1726-2887
  3. Ministry of Foreign Affairs, the Peopleʼs Republic of China. „Chinaʼs Territorial and Boundary Affairs“ (2003). Qaraldi: 27-noyabr 2009-yil.
  4. http://tajikistan.orexca.com/gorno_badakhshan_region.shtml
  5. 中国近代史课程教案, 2007-08-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-18
  6. „Tajikistan clashes: 'Many deadʼ in Gorno-Badakhshan“. BBC News (24-iyul 2012-yil). Qaraldi: 25-iyul 2012-yil.
  7. Population census of Tajikistan, 2000 on demoscope.ru (Ruscha)