Yashilkoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

YashilkoʻlTojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi koʻl. Panj daryosi havzasida, Shim. Alichur va Janubiy Alichur tizmalari orasida. Gʻunt (Alichur) daryosida, 3734 m balandlikda joylashgan. Uz. 24,2 km, eng keng joyi 3,7 km, mayd. 35,6 km². Oʻrtacha chuq. 12,5 m, eng chuqur joyi 50,2 m. Koʻlga 7 ta soy quyiladi. Ulardan eng yiriklari: SuuluTagarkati, Katta Bakchigir (jan. sohilida), Katta Marjanoy va Kichik Marjanoy (shim. sohilida). Ya. togʻ qulab tushishi va Panj daryosining oʻng irmogʻi Gʻunt daryosi oʻzanining toʻsilib qolishi natijasida hosil boʻlgan. Asosan, qormuzlik suvlaridan toʻyinadi. Suvi tiniq va chuchuk. Suv sathi aprel—avg . oylarida koʻtariladi. Sent.dan aprel

gacha bir tekisda pasayadi. Noyabr oxiridan may oxirigacha muzlab yotadi. Koʻl suvi yozda 10—13° gacha isiydi.