Qorakoʻl (Tojikistondagi koʻl)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

QorakoʻlPomirning shim. qismidagi oqmas koʻl (Tojikiston Respublikasida). Maydoni 380 km², uz. 33 km. Atrofi baland togʻlar bilan oʻralgan. 3914 m balandlikdagi soylikda joylashgan. Ikki qismdan iborat boʻlib, tor boʻtozlar orqali bogʻlangan. Chuqurligi gʻarbiy qismida 236 m, sharqida 22,5 m. Suvi shoʻrroq, tiniq. Noyabr oxiridan aprelgacha muzlab yotadi. Suvning temperaturasi yozda 12°. Eng yirik irmoqlari: Qorajilgʻa, Qoraort va Muzkoʻl.