Temurbeklar maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Temurbeklar maktabi — Oʻzbekistonda tashkil etilgan harbiy-akademik litseylar. Ushbu nom 2017—2019-yillarda Respublikadagi barcha harbiy litseylarga (akademik litseylarga) nisbatan qoʻllanilgan. 2019-yildan esa faqatgina yangi tashkil etila boshlagan harbiy-akademik litseylarga nisbatan qoʻllanilib kelinmoqda. Taʼlim muassasalarining nomi Amir Temur nomiga atab qoʻyilgan.

Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yildagi farmoniga asosan Respublikadagi barcha harbiy litseylarga „Temurbeklar maktabi“ deb nom berilgan. Keyinchalik, Prezidentning 2019-yildagi qaroriga asosan mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida shunday yangi akademik litseydan bittadan shakllantirila boshladi. Natijada, Mudofaa vazirligiga qarashli boʻlgan Samarqand va Urganchdagi „Temurbeklar maktabi“ning faoliyati tugatildi.

Temurbeklar maktablarining roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda qabul qilgan "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida" farmoniga asosan Respublikadagi barcha harbiy litseylarga Amir Temurga atab „Temurbeklar maktabi“ deb nom berilgan[5]. Keyinchalik, Prezidentning 2019-yilda "Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Quqolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zahirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" imzolagan qaroriga muvofiq mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida shunday yangi akademik litseydan bittadan shakllantirila boshladi[2]. Natijada, Mudofaa vazirligiga qarashli boʻlgan Samarqand va Urganchdagi „Temurbeklar maktabi“ning faoliyati tugatildi[6][7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yangi „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseylari tashkil etildi“. Gazeta.uz (16-iyun 2019-yil). Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 „Yangi „Temurbeklar maktab“larida kimlar oʻqiydi“. Mudofaa-temurbeklar.uz (10-mart 2020-yil). Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil. Arxivlandi 2021-11-18 Wayback Machine saytida.
  3. „Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Fargʻona „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyi“. Mudofaa-temurbeklar.uz. Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil. Arxivlandi 2021-11-18 Wayback Machine saytida.
  4. „Vazirlik tasarrufidagi oʻquv muassasalari“. Iiv.uz. Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.
  5. „„Temurbeklar maktabi“ning bitiruvchilari oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi“. Uzbekistan-geneva.ch. Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.
  6. „Samarqanddagi „Temurbeklar maktabi“ tugatiladi“. Zarnews.uz (5-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.
  7. „Urganch „Temurbeklar maktabi“ harbiy akademik litseyi faoliyati tugatiladi“. Uza.uz (7-aprel 2021-yil). Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.