Kontent qismiga oʻtish

Shuhratjon Sobirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shuhratjon Oʻrinboyevich Sobirov
 Oʻzbеkistоndagi Interpol byurosi direktori
Mansab davri
2023-yil 3-martdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Gʻanijon Alimuhamedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1960-yil 20-dekabr (1960-12-20) (65 yosh)
Rishton tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni[1]
Qoʻshin turi ichki xizmat
Unvoni General-mayor

Shuhratjon Oʻrinboyevich Sobirov (oʻzbekcha: Шухратжон Уринбаевич Собиров) — oʻzbek davlat arbobi. 2020—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

1960-yil 20-dekabrda Fargʻona viloyati Rishton tumanida harbiylar oilasida tugʻilgan.

1982-yilda Fargʻona politexnika institutini tamomlagan.

1982—1984-yillarda — harbiy xizmat.

1984—1987-yillarda — Rishton tumanidagi 12-sonli qurilish boshqarmasi uchastka mexanigi.

1987—1994-yillarda — Rishton tumani ichki ishlar boʻlimi jinoyat-qidiruv boʻlinmasi tezkor vakili, katta tezkor vakili, boʻlinma boshligʻi.

1994–1996-yillarda — Bagʻdod tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

1996–1999-yillarda — Oltiariq tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

1999–2003-yillarda — Yozyovon tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

2003–2005-yillarda — Qoʻqon shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

2005–2008-yillarda — Fargʻona tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

2008–2014-yillarda — Qoʻqon shahar hokimi.

2014–2016-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh inspektorlar guruhining bosh inspektori.

2016—2017-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

2017—2020-yillarda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2020-yil 16-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan va shu kuni general-mayor unvonini olgan[2].

2023-yil 22-fevral kuni Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan boʻshatilgan va Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi direktori etib tayinlangan[3].