Shuhrat Sobirov (general)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sobirov Shuhrat Oʻrinboyevich
Tavalludi 1960-yil 20-dekabr
Rishton tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi O'zbekiston Respublikasi
Xizmatdagi yillari 1988-yildan boshlab
Unvoni General-mayor
Lavozimi Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi direktori
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Bilimi Oliy ma'lumotli

Shuhrat Sobirov Oʻrinboyevich (1960-yil 20-dekabr, Rishton tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) – davlat arbobi, uzoq yillardan buyon ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda xizmat qilib kelayotgan rahbar xodimlardan biri, general-mayor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Sobirov 1960-yil 20-dekabrda Rishton tumanidagi Zoxidon qishlogʻida, xizmatchi oilasida dunyoga keldi.

Ta'limi va xizmat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1978-yil tumandagi 13-sonli oʻrta maktabni tamomlab, Fargʻona politexnika institutiga oʻqishga kiradi. Institutni aʼlo baholar bilan bitirib, Rishton tumanidagi 12-sonli qurilish boshqarmasiga ishga kiradi. 1984-yilda muddatli harbiy xizmatni o‘taydi va xizmatdan qaytib kelib yana 12-sonli qurilish boshqarmasida usta lavozimida ishlay boshlaydi. Shuhrat Sobirov 1987-yildan ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinib, tuman ichki ishlar boʻlimida tezkor vakil etib tayinlanadi.[1]

Xizmat davridagi lavozimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994–1996-yillarda – Bagʻdod tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida xizmat qildi.

1996–2008-yillar – Fargʻona viloyatining Oltiariq va Yozyovon tumanlari, Fargʻona va Qoʻqon shaharlari ichki ishlar boʻlimlariga rahbarlik qiladi.

2008–2014-yillarda – Qoʻqon shahar hokimi lavozimida faoliyat olib boradi.

2014-yilda – Ichki ishlar vazirligi Bosh inspektorlar guruhining bosh inspektori lavozimida xizmatni davom ettiradi.

2016-yilda – Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

2017–2020-yillar – xizmat faoliyatini Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi sifatida olib boradi.[2]

2020-yil mart oyidan 2023-yil fevral oyiga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida xizmat olib bordi.

2023-yil 22-fevral kuni Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi lavozimidan ozod etilib, Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi direktori etib tayinlandi.[3][4][5]

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatdagi mavjud 2 ta shahar, 14 ta tumandagi ijtimoiy vaziyatni oʻrganib borish maqsadida 2017-yil iyun oyidan boshlab har bir shahar va tuman sektorlarga boʻlinib ularga masʼul rahbarlar biriktirildi. Boshqarmaning 71 nafar xodimlari kriminogen vaziyati murakkab boʻlgan Andijon shahri, Asaka, Shahrixon va Qoʻrgʻontepa tumanlaridagi mahhallalarga biriktirildi. Aholi gavjum joylarda jamoat tartibini saqlasah va jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida hududlardagi mavjud 124 ta koʻngilochar dam olish markazlari «Tashvish» signaliga ulandi.[6]

General-mayor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Sobirovga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yildagi Farmoni bilan «General-mayor» unvoni berildi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil oktyabrdagi Farmoniga asosan 2-darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan mukofotlangan.[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdug'afur Sattorov. El-yurt osoyishtaligi generallari (O'zbek), Toshkent, 2021 — 196-199 bet. 
  2. https://uznews.uz/posts/15742
  3. https://kun.uz/uz/news/2023/03/04/interpolning-ozbekistondagi-milliy-markaziy-byurosiga-yangi-rahbar-tayinlandi
  4. https://www.gazeta.uz/ru/2023/03/04/interpol/
  5. https://centrasia.org/person2.php?st=1584377945
  6. Abdug'afur Sattorov. El-yurt osoyishtaligi generallari (O'zbek), Toshkent, 2021 — 198-199 bet. 
  7. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]