Fargʻona politexnika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Fargʻona politexnika instituti
Xalqaro nomi Fergana Polytechnic Institute
Asos solingan 1967-yil
Manzili

150107, Farg'ona Shahar,

Farg'ona Ko'chasi 86-Uy
Vebsayti  www.ferpi.uz
Koordinatalari 40°25′18.67721″N 71°46′22.73264″E / 40.4218547806°N 71.7729812889°E / 40.4218547806; 71.7729812889 G OKoordinatalari: 40°25′18.67721″N 71°46′22.73264″E / 40.4218547806°N 71.7729812889°E / 40.4218547806; 71.7729812889 G O

Fargʻona politexnika instituti — xalq xoʻjaligi uchun malakali muhandislar, iqtisodchilar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika instituti umumtexnika fakulteti negizida 1967-yilda tashkil qilingan. Institutda 6 ta fakultet mavjud: qurilish, mexanika, energetika va axborot texnologiyalari, muhandislikiqtisod, kimyotexnologiya va sirtqi boʻlim hamda asbobsozlik markazi bor. Unda 33 ta kafedra, 15 ta ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyat koʻrsatadi. Institut qoshida instituternatlitseyi, "Yormozor" akademik litseyi, Iqtisodiy mintaqaviy markazi, tayyorlov kurslari mavjud. Institutda 20 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 12 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. Kutubxonasida 200 mingdan ortiq asar saqlanadi. 2002/03 oʻquv yili institutda 5000 ga yaqin talaba oʻqidi, 394 oʻqituvchi, shu jumladan, 24ta fan doktori va professor ishladi. Institut tashkil qilinganidan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan. Institutda 4 yoʻnalish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Institutda yaratilgan fan va texnika yangiliklari Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi, "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi, "Quvasoysement" AJ, "Kvars" AJ va boshqa korxonalarda tatbiq etilgan. Institut qoshida madaniyat saroyi, talabalar uyi, profilaktoriy, dam olish maskanlari, sport inshootlari bor. Institut Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston oliy oʻquv yurtlari, AQSH, Angliya, Germaniya, Belgiya, Koreya, Hindiston oʻquv yurtlari va ilmiy markazlari, koʻpgina xalqaro jamgʻarmalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Institut faoliyati M.A. Ikromov, N.Yuldoshev, A.Mirzayev, N.M.Oripov, R.J.Tojiyev, I.Toʻxtarov, K.I.Kurpayanidi va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]