Shirvon xonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shirvon xonligi (1748-1820) — Shimoliy Ozarbayjondagi oʻrta asr davlati. Eron shohi Nodirshoh asoratidan 1748-yil xalos boʻlingach, vujudga kelgan. Shirvon xonligi Shimoliy Ozarbayjondagi eng yirik va boy xonliklardan biri edi. Aholisining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik, ipakchilik, toʻqimachilik, savdo, hunarmandchilik boʻlgan. Guliston sulh shartnomasi (1813)ga koʻra, Eron Shirvon xonligiga boʻlgan daʼvosidan voz kechgan. 1820-yil xonlik boshqaruvi bekor qilinib, rus maʼmuriyati bilan almashtirilgan. Shirvon xonligi hududida Shirvon provinsiyasi tuzilgan, u 1840 yil Kaspiy viloyati (1846 yildan Shemaxa, 1859 yilda Boku gubernyasi) tarkibiga kirgan. Shirvon xonligi hududi Ozarbayjon Respublikasining bir qismi xdgsoblanadi.