Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro savdo

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xalqaro savdo bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. U mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.

Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi. Xalqaro savdoning asosiy shakllari esa: Eksport, Import, Reeksport hisoblanadi.

• Eksport — mahsulotni boshqa davlatga sotish

• Import — boshqa davlatdan mahsulot sotib olish

• Reeksport — mahsulotni qayta eksport qilish (oraliq savdo)

Qadimiy Ipak yoʻli nomi bilan mashhur Xalqaro savdo marshruti