Kontent qismiga oʻtish

Sharqiy Ozarbayjon ustoni

Koordinatalari: 38°4′36″N 46°16′48″E / 38.07667°N 46.28000°E / 38.07667; 46.28000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharqiy Ozarbayjon
forscha: آذربایجان شرقی‎ / Âzarbâyjân-e Šarqi
Uston
Maʼmuriy markazi Tabriz
Yirik shahari Tabriz
Boshqa yirik shaharlari Ozarshahr, Julfa
Asos solingan sanasi 1950-yil
Ustondor Ismoil Jabborzoda
Rasmiy tili forscha
Aholi (2011) 3 724 620
Zichligi 82 kishi./km²
Millatlar tarkibi ozarbayjonlar, forslar, kurdlar, tolishlar, armanlar
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 46 650 km²
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Xaritada
Sharqiy Ozarbayjon xaritada
38°4′36″N 46°16′48″E / 38.07667°N 46.28000°E / 38.07667; 46.28000

Sharqiy Ozarbayjon (forscha: آذربایجان شرقی‎ / Âzarbâyjân-e Šarqi) — Eron ustonlaridan biri. Eronning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Tabriz shahri. Boshqa yirik shaharlari: Ozarshahr, Julfa. Aholisi soni — 3 725 000dan ziyod. Eron Ozarbayjoni tarkibiga kiradi. Shimoldan Ozarbayjon va Armaniston hududlari bilan chegaradosh. Viloyatda 19 ta tuman, 42 ta baxsh, 58 ta shahar va 141 ta shahar mavjud[1].

Oʻrta Yer dengiziga yaqin joylashgani uchun shimoliy qismi sovuq va Kaspiy Dengiziga yaqin joylarida baʼzi joylari sovuq, baʼzi joylari moʻtadil va baʼzi joylari issiq. Yilda oʻrtacha ellik kun qattiq sovuq boʻladi.Eron ning ushbu viloyati iqlimi jihatidan quruqlik hisoblanadi. Yillik yogʻin miqdori oʻrtacha 250 mm dan 600 mm gacha boʻladi. Urumiya koʻli Eron dagi eng katta koʻl boʻlib, Eronning shimoli-gʻarbida, Sharqiy va Gʻarbiy Ozarbayjonning orasida joylashgan. Viloyatning 14475 gektar joyini oʻrmonlar egallagan. Eron oʻrmonlarining ikkidan bir qismi Sharqiy Ozarbayjonda joylashgan[2].

Shahristonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Uston shahristonlari
Uston shahristonlari

Sharqiy Ozarbayjon ustoni 19 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan:

  1. Ajabshir
  2. Ozarshahr
  3. Oxar
  4. Boʻnob
  5. Boʻstonobod
  6. Vorzikon
  7. Julfa
  8. Qalaybor
  9. Marand
  10. Malakon
  11. Marogʻa
  12. Miyone
  13. Oʻsku
  14. Sarob
  15. Tabriz
  16. Xoris
  17. Xushtroʻd
  18. Choraymoq
  19. Shobistor

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Sharqiy Ozarbayjon ustonida 3 724 620 kishi istiqomat qiladi. Aholining 95 foizini ozarbayjonlar tashkil etadi. Ustonda shunigdek forslar, kurdlar, tolishlar va armanlar istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (ushbu ustonda asosan shialik mazhabi tarqalgan). Uston rasmiy tili — forscha. Ozarbayjon tili — norasmiy til maqomiga ega.

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diqqatga sazovor joylari Elkoʻli, Soatli minora va Tabriz shahar hokimiyati, Tabriz bozori, Alishoh masjidi, Maqbarat ush-shuaro, Sent Estepanus cherkovi, Masjidi qabul, Marogʻa rasadxonasi, Avxadiy Marogʻiy maqbarasi, Qizlar qalʼasi gʻori, Bobak qalʼasi, Kanduvondir.

Bayramlar va urf-odatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erondagi turli millat vakillarining bayramlari va urf-odatlari bir-biriga oʻxshashdir, lekin har bir millat oʻz tarixi, anʼanalari va geografik joylashuviga qarab ularni turlicha nishonlaydi. Navroʻz bayrami kirib kelishiga tayyorgarlik, Navroʻzdan oldin uy tozalash, bugʻdoy undirish va Chahorshanba suri marosimi shular jumlasidan. Sharqiy Ozarbayjonda bu kuni odamlar suv boʻyiga borib, uning ustidan „yoʻq boʻlsin chahorshanba“ deb sakraydilar. Ayollar oʻchoq tepasida turib, undan goʻzal ayol shaklini yasaydilar.

  1. „Iran Provinces“. www.statoids.com.
  2. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 15-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.