Savdogarbank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Savdogarbank
Asosiy maʼlumotlar
Asos solingan 1994-yil 12 may
Onalik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
«Oʻzbeksavdo»,
«Oʻzbekbirlashuv»
Commons-logo.svg Savdogarbank Vikiomborda

Savdogarbank ATB — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banklaridan biri. 1994-yil 12-mayda savdo va tijoratga koʻmaklashuvchi "Savdogar" aksiyadorlik tijorat banki sifatida tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida. Bank taʼsischilari: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, "Oʻzbeksavdo", "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyalari. Aksiyadorlari 8079 yuridik va jismoniy shaxslardan iborat. Savdogarbank keng tarmoqli universal banklardan biri boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda, tumanlarda 50 ta boʻlimi, 24 minibanki ishlaydi. Bank respublikadagi turli tarmoq korxonalariga bank xizmatlarini koʻrsatadi. Jumladan, savdo korxonalari bilan xalq xoʻjaligining barcha tarmoklari korxonalari oʻrtasidagi savdokredit operatsiyalari va hisobkitoblarni mablagʻ bilan taʼminlash, lizing, faktoring, hujjatli inkasso va hujjatli akkreditivlar, eksportimport bitimlarini rasmiylashtirish, "bankmijoz" masofadan turib hisobraqamlarga xizmat koʻrsatish, avtokreditlar berish kabi xizmatlarni amalga oshiradi. Savdogarbank tomonidan i.ch. mikrofirmalari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, kichik va oʻrta biznes korxonalari, dehqon va fermer xoʻjaliklariga hamda yakka tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratishga alohida eʼtibor karatiladi. Mijozlar (22815 ta; 2004-yil 1-yanvar) bilan ishlash uslublari universitetazam takomillashtirilib, bank xizmatlarining zamonaviy shakllari amaliyotga joriy etilmoqda. Bank respublika qimmatli qogʻozlar bozorida faol qatnashadi. ABN Amrobank, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Germaniyaning "Bank Gezelshaft Berlin" banklari bilan vakillik aloqalari oʻrnatilgan. Bank ustav kapitali 30 mlrd. soʻm, jami aktivlari 382,2 mlrd. soʻm, tizimda 2 mingdan oshiq xodim ishlaydi (2012-yil 1-yanvar).[1]

Rasmiy ilovasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning rasmiy ilovasi - Savdogar Mobile, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. https://depozit.uz/partners/banks/savdogar-bank