Sarvak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qishloq
Sarvak
Qishloqning garbiy tomondan koʻrinishi
Mamlakat Tojikiston
Viloyat Soʻgʻd viloyati
Tuman Asht tumani
Jamoat Oriyon
Koordinatalari 40°41′10″N 70°42′56″E / 40.68611°N 70.71556°E / 40.68611; 70.71556Koordinatalari: 40°41′10″N 70°42′56″E / 40.68611°N 70.71556°E / 40.68611; 70.71556
Ichki boʻlinishi 5
Oqsoqol Norboyev Qodirali
Asos solingan 1959
Avvalgi nomlari Serbogʻ
Maydoni 1,4 km²
Rasmiy tili oʻzbek tili
Aholisi 2400 inson (2012)
Milliy tarkibi oʻzbeklar
Konfessiyaviy tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+4
Sarvak (Tojikiston)
Sarvak Qishloqning garbiy tomondan koʻrinishi

Sarvak — Tojikiston shimolidagi Asht tumani Oriyon jamoatining eng seraholi oʻzbeklar yashaydigan punkti hisoblanadi. Bu Togʻli Sarvakning pastdagi eng yirik boʻlinib tushgan qishloqdir.[1]. Geografik jihatdan Asht tumaning janubi-sharqiy qismida joylashgan boʻlib Sirdaryo sohillariga yaqindir. Bu yerlar atrofi kenglikda boʻlib, Fargʻona vodiysining eng soʻlim joylarinig biridan joy olgan. Deyarli bu oʻlkada oʻzining shimoldagi qismi Togʻli Sarvakga nisbatan farqli oʻlaroq qish faslida u qadar qor yogʻmaydi va subtropik mevalar juda ham tez quyosh nuriga toʻyib pishadi.

Iqlim[tahrir]

Iqlimi jihatidan issiq va tekislikda joylashgan. Qishloqda yoz oylarida havo harorati +30 dan +45 darajagacha issiq boʻladi, qish oylarida esa −0 dan −20 gacha sovuqlik hukmronlik qiladi. Kuzgi va bahorgi paytlarda esa iqlim deyarli bir hil +0 dan tortib to +12 darajagacha obu-havo almashinish hodisasi roʻy beradi.

Aholi[tahrir]

Irqiy jihatidan — mongoloid irqiga mansub, ushbu aholining aksariyatini oʻzbeklar tashkil etadi.

Xoʻjaligi[tahrir]

Qishloq atrofidagi yerlarning qishki mavsumda koʻrinishi

Atroflari keng daladan iborat bu maskanning asosiy tomorqalari, yerning ichidan singib chiqadigan suvlar bilan oziqlanadi. Bu oʻlkalarda anor, behi, tezpishar oʻrik, bugʻdoy, makka joʻxori, shaftoli, piyoz, kartoshka, uzum, olma, gilos, olcha, anjir, nok, qovun, handalak, tarvuz va boshqa poliz ekinlari yetishtiriladi.

Tarix[tahrir]

Qishloqning asl kelib chiqishi, 60-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Togʻli Sarvak aholisining (yaʼni Tojikistonga) pastki hududga koʻchishga, qoʻshni mamlakatning esa butun oʻziga tegishli atrofni qamal qilinishidan boshlandi.[2]. Aslida oldinlari Sobiq Ittifoq davridan bu holatlarning boshlanishi Yu. Andropov davrida Markaziy Osiyoga millat ideologiyalarining paydo boʻlishi, odamlarda qayta qurish, kapitalistikani qoʻllash fikrlari va ohiri parokandalikga olib kelgan bu hokimiyat, qishloqni oʻzbek qardoshlarini oʻz hududlarida bu yerdan siqib chiqarish rejasini oʻylab chiqishga majbur qildi. 1959-yili Togʻli Sarvak aholisi pastlarda oʻz hususiy mulk yerlarini eggalashi boshlandi va u yerlarga sekin-sekin odamlar togʻlardan tushib kela boshlashdi. Oʻsha zamonlarda odamlar Sobiq Ittifoq tez orada parokanda, demografiya jihatidan yarmi aholi Oʻzbekiston hududida yashaydigan kimningdir akasi, singlisi yoki qarindoshini yana 30-yildan keyin bu yaqin insonlarini chegara ortida turib koʻrishni hech kim hayoliga ham keltirmagan edi.

Qishloqdagi yashagan insonlar haqida[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Fergana.ru. Anklavi Ferganskoy dolini stanovyatsya zonami vse bolee riskovannogo projivaniya
  2. A. Volosevich. Anklavi Ferganskoy dolini stanovyatsya zonami vse bolee riskovannogo projivaniya.

Havolalar[tahrir]


Bu sahifa oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan.

Nuvola apps important yellow.svg

Iltimos, bu sahifaning imlosini tekshirib, xatolarni oʻnglang. Oʻzbek tilining imlo lugʻatlari:

Oʻzbek tilining imlo lugʻati (kirill yozuvida)
Oʻzbek tilining imlo lugʻati (lotin yozuvida)


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.