Kontent qismiga oʻtish

Saidahmad Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saidahmad Boʻriyevich Rahimov
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri
Mansab davri
2004-yildan – 2005-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Mamarizo Nurmurodov
Vorisi Rustam Azimov
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
2003-yildan – 2004-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Vyacheslav Golishev
Vorisi Azizjon Vorisov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-noyabr 1960-yil (1960-11-14) (63 yosh)
Toshkent
Mukofotlari [1]

Saidahmad Boʻriyevich Rahimov — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2005—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki boshqaruvi raisi.

Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989—1993-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti assistenti, katta oʻqituvchisi.

1993—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasi tahlil boʻlimi boshligʻi, pul-kredit siyosati boshqarmasi tahlil markazi boshligʻi, kreditni tartibga solish boshqarmasi boshligʻi.

1995-1997 — „Oʻzuyjoyjamgʻarmabank“ aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining oʻrinbosari.

1997-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari.

2000-2002 — "Asaka" davlat aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi.

2002-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi.

2003-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi.

2004-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.

2005-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki boshqaruvi raisi[2] hamda bank homiyligidagi "NBU-Osiyo" futbol klubi Prezidenti.

2015-yildan — Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi kengashi raisi[3].

Oilali, uch nafar farzandi bor.

  1. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўн уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва иқтисодий-ижтимоий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш ҳақида“.
  2. Suhrob Xolmurodov Milliy bank rahbari etib tayinlandi
  3. Saidahmad Rahimov ShHT Banklararo birlashmasi kengashi raisi etib saylandi