Ronald Reagan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ronald Reygandan yoʻnaltirildi)
Ronald Reagan

Rasmiy portret (1981)
40-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 1981-yil – 20-yanvar 1989-yil
Oʻtmishdoshi Jimmy Carter
Vorisi George H. W. Bush
33-Kaliforniya gubernatori
Mansab davri
2-yanvar 1967-yil – 6-yanvar 1975-yil
Oʻtmishdoshi Pat Brown
Vorisi Jerry Brown[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Ronald Wilson Reagan

6-fevral 1911-yil
Tampico, Illinois, AQSh
Vafoti 5-iyun 2004-yil(2004-06-05)
(93 yoshda)
Los Angeles, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Respublikachilar (1962-yildan)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
Demokratlar (1962-yilgacha)
Boʻyi 185 sm
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari Maureen Reagan, Patti Davis, Ron Reagan, Christine Reagan
Ota-onasi
  • Jack Reagan
  • Nelle Wilson Reagan
Taʼlim Eureka kolleji
Kasbi
  • Siyosatchi
  • aktyor
  • muallif
  • radioeshittiruv boshlovchisi
Imzosi

Ronald Wilson Reagan (talaffuzi: Ronald Uilson Reygan; 6-fevral 1911-yil — 5-iyun 2004-yil) amerikalik siyosatchi boʻlib, 1980-yildan 1988-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 40-prezidenti lavozimini bajargan. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Reagan bungacha 1967-yildan 1967-yilga qadar Kaliforniya shtatining 33-gubernatori vazifasida faoliyat yuritgan. U, shunigdek, Hollywood aktyori va kasaba uyushmasi prezidenti sifatida ham tanilgan.

Reagan Illinois shtatining Tampico shahrida qasshoq oilada dunyoga kelgan. 1932-yili u Eureka kollejini tugatdi va Iowa shtatidagi radiostansiyalarda sport sharhlovchisi sifatida ishlashni boshladi. 1937-yili Reagan Kaliforniya shtatiga koʻchib oʻtdi hamda aktyor sifatida ish topib, bir nechta filmlarda rol ijro etdi. 1947-yildan 1952-yilgacha Reagan Screen Actors Guild („Kino aktyorlari gildiyasi“) prezidenti vazifasini bajardi. 1950-yillarda u televideniyedagi faoliyatini boshlab, General Electric shirkati vakili sifatida ishladi. 1959-yildan 1960-yilga qadar qayta Screen Actors Guild prezidenti oʻlaroq faoliyat yuritdi. 1964-yilga kelib, Reagan Respublikachilardan Barry Goldwaterning prezidentlik saylovoldi kurashida faol qatnashdi. Bu saylovoldi kurash davomidagi mashhur „A Time for Choosing“ („Tanlov vaqti“) nomli nutqi ortidan Reagan konservativ arbob oʻlaroq obroʻ-eʼtibor qozondi. Oʻziga ancha tarafdorlar yigʻib olgan Reagan 1966-yili Kaliforniya shtati gubernatori etib saylandi. Gubernatorlik davrida u soliqlarni oshirdi, shtat budjeti defitsitini profitsitga aylantirdi, UC Berkeleydagi namoyishchilarga qarshi chiqib, norozilik namoyishlari paytida Milliy gvardiya qoʻshinini u yerga kiritishga buyruq berdi.

1979-yil noyabrda Reagan 1980-yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida qatnashishini bildirdi. U saylovda Demokratlar partiyasidan amaldagi prezident Jimmy Carter ustidan gʻalaba qozondi. 69 yoshida prezidentlik lavozimiga kirishgan Reagan AQSh tarixidagi eng keksa prezident boʻldi. U 1984-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, Demokratlar partiyasidan nomzod Walter Mondaleni magʻlub etdi va ikkinchi muddatga qayta prezident etib saylandi. Mondale Carter prezidentligi davrida vitse-prezident vazifasini bajargan.[2]

Prezidentlik davrida Reagan „konservativ inqilob“ siyosatini eʼlon qilib, 70-yillarda yuz bergan iqtisodiy muammoni hal qilish yoʻllarini koʻrsatdi, u tarixda „reyganomika“ deb nom oldi. Unga koʻra, soliqlarning miqdori kamaytirilgan, investitsiyalarga toʻsiq boʻlgan davlat yoʻriqnomalarini bekor qilish yoki ixchamlashtirish va shu yoʻl bilan iqtisodning oʻsishini taʼminlash koʻzda tutilgan. Soliqlar birinchi yili 25 % qolgan, 2 yil mobaynida 10 %dan kamaytirilgan. Reygan tashqi siyosatda Afgʻonistonga bostirib kirgan Sovet Ittifoqiga nisbatan „yovuzlik imperiyasi“ siyosatini oʻtkazdi. 1983-yilda Grenada oroli bosib olindi, 1986-yilda Liviya havodan bombardimon qilindi.[3]

Dastlabki hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ronald Reaganning bolaligi oʻtgan uy (Dixon, Illinois).

Ronald Wilson Reagan 1911-yil 6-fevralda Illinois shtatining Tampico shahrida dunyoga keldi. Otasi Jack Reagan, onase esa Nelle Clyde (qizlik familiyasi Wilson) boʻlib, Ronald ularning kenja oʻgʻli boʻlgan.[4] Jack sotuvchi boʻlib, uning ota-onasi (Ronaldning bobo va buvisi) Irlandiyaning Tipperary grafligidan koʻchib kelgan immigrantlar boʻlgan.[5] Nelle esa kelib chiqishiga koʻra, ingliz va shotland millatlariga mansub ajdodlarga ega boʻlgan.[6] Ronaldning akasi Neil Reagan boʻlib, u reklama sohasida ishlagan.[7]

Reaganning otasi oʻgʻliga niderlandcha soch turmagi ortidan „niderland“ deb laqab qoʻygan.[8] Reaganning oilasi moliyaviy sabablarga koʻra, tez-tez Illinois shtatidagi bir nechta shaharlarga (Monmouth, Galesburg va Chicago) koʻchib, yashash manzillarini oʻzgartirib turardi.[9] 1919-yili uning oilasi Tampico shahriga qaytishdi. Oila bu shahardagi H. C. Pitney Variety doʻkoni yuqorisida Illinois shtatining Dixon shahriga koʻchishgunga qadar istiqomat qilishdi.[4][10]

Aktyor sifatida karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reagan 1932-yili Eureka kollejini tamomlab, Iowa shtatidagi radiostansiyalarda sport sharhlovchisi sifatida ishlaydi.[11]

The Bad Man (1941)

Warner Bros. studiyasi bilan yetti yillik shartnoma imzoladi.[12][13]

U aktyor oʻlaroq ilk rolini 1937-yilda suratga olingan Love Is on the Air filmida jonlantirdi. 1939-yil oxiriga kelib, 19 ta filmda suratga tushdi.[14] 1940-yilda Santa Fe Trail filmida suratga tushishidan avval u Knute Rockne, All American filmida George Gipp obrazini gavdalantirdi; buning ortidan „Gipper“ taxallusini oldi.[15] 1941-yili eksponentlar ovoziga koʻra, Reagan Hollywooddagi yosh avlodning beshinchi eng mashhur yulduzi, deb topildi.[16]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Love is on the Air filmi treyleri (1937)
Dark Victory (1939)
Reagan va Jane Wyman Brother Rat (1938) filmida
Ronald Reagan va Errol Flynn Santa Fe Trail filmida
Kings Row (1942)
Ronald Reagan va Joan Leslie This is the Army (1943) filmida
Ronald Reagan va Nancy Davis Hellcats of the Navy (1957) filmida.
photograph of a man
Ronald Reagan The Killers (1964) filmida.
Ronald Reagan suratga tushgan filmlar
Yil Nom Rol Izohlar/Manbalar
1937 Love Is on the Air Andy McCaine Film debyut; Warner Brothers
Hollywood Hotel Radio Announcer ovoz bergan
1938 Sergeant Murphy Zobit Dennis Reilley
Swing Your Lady Jack Miller
Accidents Will Happen Eric Gregg
Cowboy from Brooklyn Pat Dunn
The Amazing Dr. Clitterhouse Radio sharhlovchi ovoz bergan
Boy Meets Girl Radio Announcer at Premiere ovoz bergan
Girls on Probation Neil Dillon
Brother Rat Dan Crawford Rafiqasi Jane Wyman bilan
Going Places Jack Withering
1939 Secret Service of the Air Lieutenant „Brass“ Bancroft Bancroft filmlar seriyasining birinchisi
Dark Victory Alec Hamm
Code of the Secret Service Lieutenant „Brass“ Bancroft Bancroft filmlar seriyasining ikkinchisi
Naughty but Nice Ed „Eddie“ Clark
Hell’s Kitchen Jim Donohue
The Angels Wash Their Faces Okrug prokurori Patrick „Pat“ Remson
Smashing the Money Ring Lieutenant „Brass“ Bancroft Bancroft filmlar seriyasining uchinchisi
Sword Fishing sharhlovchi ovoz bergan
1940 Brother Rat and a Baby Dan Crawford Rafiqasi Jane Wyman bilan
An Angel from Texas Marty Allen Rafiqasi Jane Wyman bilan
Murder in the Air Lieutenant „Brass“ Bancroft Bancroft filmlar seriyasining toʻrtinchisi
Knute Rockne, All American George „The Gipper“ Gipp "Win One for the Gipper"
Tugboat Annie Sails Again Eddie Kent Rafiqais Jane Wyman bilan
Alice in Movieland oʻzi Filmdan bu sahna olib tashlangan[17]
Santa Fe Trail George Armstrong Custer
1941 The Bad Man Gilbert „Gil“ Jones Metro-Goldwyn-Mayer
Million Dollar Baby Peter „Pete“ Rowan
International Squadron Jimmy Grant
Nine Lives Are Not Enough Matt Saywer
1942 Recognition of the Japanese Zero Fighter Lt. Saunders Qisqa hajmli film
Kings Row Drake McHugh „Eng yaxshi film“ nominatsiyasida Oscarga nomzod
Juke Girl Steve Talbo
Mister Gardenia Jones Gardenia Jones
Desperate Journey Johnny Hammond
Beyond the Line of Duty[18] sharhlovchi ovoz bergan
1943 Cadet Classification sharhlovchi Qisqa hajmli film
The Rear Gunner[18] Lieutenant Ames
For God and Country Father Michael OʻKeefe Qisqa hajmli film
This Is the Army Cpl. Johnny Jones
1945 Target Tokyo sharhlovchi[18][19] ovoz bergan
The Fight for the Sky sharhlovchi ovoz bergan
qisqa hajmli film
The Stilwell Road sharhlovchi ovoz bergan
Wings for This Man sharhlovchi ovoz bergan
1947 Stallion Road Larry Hanrahan
That Hagen Girl Tom Bates
The ovoz bergan of the Turtle Sergeant Bill Page One for the Book
1949 John Loves Mary John Lawrence
Night Unto Night John Galen
The Girl from Jones Beach Bob Randolph
The Hasty Heart Yank
Itʼs a Great Feeling Cameo
1950 Louisa Harold „Hal“ Norton
1951 The Big Truth sharhlovchi/boshlovchi ovoz bergan
Storm Warning Burt Rainey
The Last Outpost Captain Vance Britten boshqa nomi Cavalry Charge; Paramount Pictures
Bedtime for Bonzo Professor Peter Boyd Universal
1952 Hong Kong Jeff Williams Paramount Pictures
The Winning Team Grover Cleveland Alexander Warner Brothers
Sheʼs Working Her Way Through College Professor John Palmer Warner Brothers
1953 Tropic Zone Dan McCloud Paramount Pictures
Law and Order Frame Johnson Universal
1954 Prisoner of War Webb Sloane Metro-Goldwyn-Mayer
Cattle Queen of Montana Farrell RKO Radio Pictures
1955 Tennesseeʼs Partner Cowpoke RKO Radio Pictures
1957 Hellcats of the Navy Commander Casey Abbott Co-starring Nancy Davis; Columbia Pictures
1961 The Young Doctors sharhlovchi ovoz bergan; United Artists
1963 Heritage of Splendor sharhlovchi ovoz bergan
qisqa hajmli film
1964 The Killers Jack Browning Final film, Universal

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sullivan, Colin. „Jerry Brown's Environmental Record Runs Deep“. The New York Times (8-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2020-yil.
  2. Murse, Tom „The Most Lopsided Presidential Elections in U.S. History: How a Landslide is Measured“. ThoughtCo (28-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 9-mart 2019-yil.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. 4,0 4,1 „Main Street Historic District, National Register of Historic Places Nomination Form“. Illinois Historic Preservation Agency (1-aprel 1982-yil). 7-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2007-yil.
  5. Terry Golway, Ronald Reaganʼs America (2008) p. 1.
  6. Kengor, p. 4.
  7. Lynette Holloway.. „Neil Reagan, 88, Ad Executive And Jovial Brother of President“. The New York Times (13-dekabr 1996-yil). Qaraldi: 22-mart 2009-yil.
  8. „Facts about Ronald Reagan“. Ronald Reagan Presidential Library and Museum. Qaraldi: 24-mart 2019-yil.
  9. Janssen, Kim. „Is Ronald Reagan's Chicago boyhood home doomed?“. Chicago Sun-Times. 2-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2012-yil.
  10. Schribman, David.. „Reagan, all-American, dies at 93“. The Boston Globe (6-iyun 2004-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2008-yil.
  11. Brands, Reagan (2015) pp. 24-31.
  12. Brands, Reagan (2015) pp. 35-41.
  13. Cannon, Lou.. „Actor, Governor, President, Icon“ (6-iyun 2004-yil), s. A01. Qaraldi: 26-yanvar 2008-yil.
  14. „Ronald Reagan > Hollywood Years“. Ronald Reagan Presidential Foundation. 12-mart 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2007-yil.
  15. Cannon & Beschloss (2001), p. 15.
  16. „Cupid's Influence on the Film Box-office.“. Melbourne, Vic.: National Library of Australia (4-oktabr 1941-yil), s. 7 Supplement: The Argus Week–end Magazine. Qaraldi: 24-aprel 2012-yil.
  17. Stephanie Thames. „Jean Negulesco Shorts“. Turner Entertainment Networks. Qaraldi: 20-iyun 2012-yil.
  18. 18,0 18,1 18,2 Helfer, Andrew (author), Steve Buccatello (artist), and Joe Station (artist). Ronald Reagan: A Graphic Biography. Hill and Wang. 25.
  19. "Target Tokyo (Wayback Machine saytida 30-avgust 2016-yil sanasida arxivlangan)." Victory in the Pacific. PBS. Accessed 9-oktabr 2008-yil.

Oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Johns, Andrew L., ed. A Companion to Ronald Reagan (Wiley-Blackwell, 2015). xiv, 682 pp.; topical essays by scholars emphasizing historiography; contents free at many libraries
  • Kengor, Paul. „Reagan among the professors: His surprising reputation.“ Policy Review 98 (1999): 15+. Reports that " many articles in the top journals have been fair, as have a number of influential books…from respected historians, presidential scholars, and political scientists—people who were not Reagan supporters and are certainly not right-wingers.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]