Rahmat Mamatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Rahmat Mamatov
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oila masalalari vaziri
Mansabda
2020-yil — 
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-dekabr 1969-yil (1969-12-02) (51 yosh)
Qashqadaryo
Mukofotlari Andoza:Mardlik ordeni
Unvoni Polkovnik

Rahmat Toshnazarovich Mamatov  — 2020-yil fevraldan boshlab Oʻzbekiston Mahalla va oila ishlari vaziri.

Biografiyasi[tahrir]

Qarshi shahrida tugʻilgan.

1991-1992 — Qarshi tumani ichki ishlar boshqarmasi voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlimi inspektori[1][2][3][4][5].

1992-1995 yy. — Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani IIB JQB masʼul vakili.

1995-1996 yy. — Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani IIB „Talimarjon“ shahar militsiya boʻlinmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1996-2000 yy. — Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani IIB jinoyat qidiruv boʻlinmasi boshligʻi.

2000-2000 yy. — Qashqadaryo viloyati IIB JQB 1-boʻlim, 2-boʻlinmasi boshligʻi.

2000-2001 yy. — Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar IIB jinoyat qidiruv boʻlinmasi boshligʻi.

2001-2001 yy. — Qashqadaryo viloyati IIB JQB boshligʻining oʻrinbosari, 1-boʻlim boshligʻi.

2001-2001 yy. — Qashqadaryo viloyati IIB JQ va TQKB bosqinchilik va oʻzgalar mulkini oʻgʻirlashning boshqa turlariga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi.

2001-2002 yy. — Qashqadaryo viloyati, Bahoriston tumani IIB boshligʻi.

2002-2005 yy. — Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani IIB boshligʻi.

2005-2007 yy. — Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani IIB boshligʻi.

2007-2009 yy. — Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar IIB boshligʻi.

2009-2011 yy. — Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari-jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi.

2011-2013 yy. — Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2013-2013 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2013-2014 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari-jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshligʻi.

2014-2016 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh inspektorlar guruhining bosh inspektori.

2016-2017 yy. — Pensiyada.

2017-2020 yy. — Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2020 yilda — Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari-"Mahalla" xayriya jamoat fondi raisi, Senat aʼzosi.

2020-yil fevral oyida mahalla va oila ishlari vaziri etib tayinlandi[6].

Manbalar[tahrir]