Bahoriston tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bahoriston tumani – Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1979 yil 10 aprelda tashkil etilgan. Viloyatning janubiy-gʻarbida joylashgan. Muborak, Kasbi, Usmon Yusupov tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,93 ming km². Aholisi 30 mingdan ortiq kishi (2000). Bahoriston tumanida 3 qishloq fuqarolari yigʻini (Pomuq, Chamanzor, Chandir) bor. Markazi – Pomuq qishlogʻi.

Tabiati. Bahoriston tumani Qarshi choʻli zonasida joylashgan. Yer usti tekislik, qir va adirlardan iborat. Mutlaq balandligi 400 – 500 m. Yozi uzoq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28 – 29,5°, yanvarniki tekisliklarda –0,2° dan 1,9° gacha. Yiliga 190 – 200 mm yogʻin tushadi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar; rus, tatar, arman, gruzin, ukrain va boshqa ham yashaydi. 1 km- ga oʻrtacha 16 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi. Bahoriston tumanida 8 kichik korxona mahsulotlar tayyorlash, taʼmirlash, sav-do-sotiq va ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Bahoriston tumanida sugʻoriladigan yerlar 26,1 ming ga, ekinzorlar 21,6 ming ga, shu jumladan 10,6 ming ga yerga paxta, 0,3 ming ga yerga sabzavot, 1,4 ming ga yerga beda, 0,2 ming ga yerga makkajoʻxori, 9,0 ming ga yerga gʻalla ekinlari ekiladi. Bahoriston tumanida 7 jamoa shirkat xoʻjaligi, 43 fermer xoʻjaligi bor. Shuningdek chorvachilik ham rivojlangan. "Oʻzbekiston" qorakoʻl-naslchilik xoʻjaligi (40 mingdan ortiq qoʻy-qoʻzi) mavjud. Tuman jamoa va shaxsiy xujaliklarida 13,9 ming qoramol, 129,5 ming qoʻy va echki, 16,5 ming parranda, 96 tuya bor (2000).

1999/2000 oʻquv yilida 14 umumiy taʼlim maktabi, 1 biznes maktabi, 1 sport maktabi va 1 akademik litseyda 8 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. 31 omma-viy kutubxona, 4 klub, 4 kinoteatr bor; 2 kasalxona, 5 feldsher-akusherlik punkti, 3 konsultativ diagnostika ambulatoriyasida 40 vrach, 200 oʻrta maʼ-lumotli tibbiy xodim ishlaydi. Key-ingi yillarda 600 oʻrinli tennis korti binosi, 5000 oʻrinli stadion, nu-roniylar choyxonasi, "Supermarket" savdo doʻkoni, 422 oʻrinli maktab binosi, 150 oʻrinli dehqon bozori va boshqa qurildi. 1980 yildan "Bahoriston haqiqati" tuman gazetasi chiqa boshladi. 2003 yilga kelib Bahoriston tumani va Usmon Yusupov tumani birlashtirilib Mirishkor tumani tashkil etildi va Bahoriston tumani tugatildi. Xozirgi kunda (2016) ushbu hududda "Qishloqxo'jalikkimyo" AJ Pomuq filiali, Bahoriston ETK, tuman Shifoxonasi, Mini Agro-bank, Mini Xalq banki, Yong'in Xavfsizligi qismi, Obodonlashtirish bo'limi, 2 ta to'yxona, Pomuq shaxarchasi o'yingoxi va boshqalar bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil