Qizil tulki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qizil tulki
Qazilma davri: O'rta Pleystotsendan–hozirgacha, 0.7 Ma
calabrianhozirgacha 
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Urugʻ: Vulpes
Tur: V. Vulpes
Qizil tulki yashash hududi
Qizil tulki yashash hududi

Qizil tulki (lotincha Vulpes vulpes) yirtqichlar oilasiga mansub va mavjud tulkilarning eng kattasi hisoblanadi. Ularni butun Shimoliy yarim sharda, yaʼni Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyoning koʻp qismi va Shimoliy Afrikaning ayrim qismlarida uchratish mumkin. Ular IUCN (International Union for Conservation of Nature) tomonidan „Xavotirsiz“ hayvonlar roʻyxatiga olingan. Ularning Avstraliyaga olib kelinishi, sutemizuvchilar va qushlar populyatsiyasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi aytildi. Buning natijasida ular „Dunyoning 100 ta eng tez tarqaluvchi turlari“ roʻyxatiga kiritilgan[2].

Qizil tulki Oʻrta Villafranchian davrida Yevroosiyodagi kichikroq tulkilarning ajdodlaridan kelib chiqqan[3], va muzlik davridan koʻp oʻtmay shimoliy Amerikada tarqalgan[4]. Qizil tulkilar boshqa tulkilarga qaraganda yirtqichroq hisoblanadi[5]. Qizil tulkilar kattaligidan tashqari yangi muhitga tezroq moslashishi bilan, boshqa tulki turlaridan farq qiladi. Nomiga qaramay, ularning tanasi asosan boshqa ranglarda boʻladi, yaʼni ularning tanalari leykistik va melanistik ranglarni ishlab chiqaradi[5]. Hozirda qizil tulkilarning 45 ta kichik turi tanilgan. Ular oʻz ichida ikki turga boʻlinadi:

  1. Yirik shimoliy tulkilar
  2. Osiyo va Afrikadagi kichik tulkilar[5].

Odatda qizil tulkilar juft yoki kichik-kichik guruhlardan iborat boʻladi. Masalan, juftlik va ularning bolalari guruhi, yoki qarindosh boʻlgan bir nechta urgʻochi va erkaklar guruhi kabi oilalardan iborat boʻladi. Yangi juft boʻlgan qizil tulkilar bolasiga gʻamxoʻrlik qilish maqsadida ota-onasi bilan qoladi[6]. Bu tur asosan mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi, ammo ular quyon, olmaxon, qushlar, sudralib yuruvchilar, umurtqasizlar[5] va yosh tuyoqli hayvonlarni ham ovlashi mumkin[5]. Baʼzida meva va sabzavotlar ham isteʼmol qilishadi[7]. Qizil tulki kichikroq yirtqichlarni, shu jumladan boshqa tulki turlarini oʻldirishga qodir boʻlsa-da, ular boʻrilar, koyotlar (itsimon hayvonlar), shoqollar, burgutlar, Yevroosiyo burgut-boyqushlari[8] va katta oʻlchamli mushuklar(felinlar)[9] tomonidan oʻldirilishi mumkin.

Odamlarning bu tur bilan aloqadorligi uzoq tarixga ega. Afsonalarga koʻra, odamlar qizil tulkilarni zararkunanda va moʻynali hayvonlar sifatida keng ovlashgan. Qizil tulkilar soning koʻp boʻlishi ularni moʻyna savdosi uchun asosiy hayvon boʻlishiga sababchi edi[10] :229–230. Odamlar uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan qizil tulkilar, odamlarning yashash joyidan keng foyda koʻrdi. Masalan, koʻplab shahar atrofi va shahar hududlarini muvaffaqiyatli egallab oldi. Rossiyada qizil tulkini xonakilashtirish ishlari olib borildi va buning natijasida, xonakilashtirilgan qizil tulkilar paydo boʻla boshladi.

Terminologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Voyaga yetmagan qizil tulkilar „kit“ deb tanilgan

Erkaklari „tod“lar, urgʻochilari „viksen“lar va yosh bolalar „kit“lar deb ataladi[11]. Shimoliy Skandinaviyada kichik toʻdaga ega boʻlgan Arktika tulkisi va Yevropa Rossiyasigacha tarqalgan korsak tulkidan farqli ravishda qizil tulki Gʻarbiy Yevropada tugʻilgan yaʼni mahalliy yagona tulki. Shuning uchun ingliz tilida u oddiygina „tulki“ deb ataladi.

Evolyutsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizil tulki (chapda) va Rüppell tulkisi (oʻngda) bosh suyaklarining qiyosiy tasviri: birinchisining yuz sohasi yanada rivojlangan

Qizil tulki afgʻon, korsak va bengal tulki turlariga qaraganda tana oʻlchami va yirtqichlikka moyilligi jihatidan Vulpesning bir turi hisoblanadi; uning bosh suyagi boshqa tulki turlariga qaraganda neotenoz belgilarni ancha kam koʻrsatadi va uning yuz sohasi ancha rivojlangan[5]. Ammo, u Tibet tulkisidek yirtqich emas[5].

Qizil tulki va Rüppell tulkisi bir-biriga oʻxshash, bu ikki tur mitoxondriyal DNK testi natijalariga koʻra hayratlanarli darajada bir-biriga yaqin boʻldi. Bir turning boshqa tur bilan bunday yaqinligi parafiliya deb ataladi. Buni tushuntirish uchun bir qancha gipotezalar taklif qilingan[12]. Toshga aylanga hayvon qoldiqlari dalillariga asoslanib, oxirgi tadqiqot, bu ikki tur oʻrtasidagi aniq ekologik va morfologik farqlar mavjudligi qoʻllab-quvvatlanadi. 

Arktika tulkisi

Kit tulkisi

Corsac tulkisi

Rüppell's tulkisi

Qizil tulki

Cape ftulkisi

Blanford's tulkisi

Fennec tulkisi

Raccoon iti

Bat-eared tulki

Bu tur Yevroosiyadan kelib chiqqan bo'lib, Pleystotsen davrining O'rta Villafranchian davrida yashagan Vulpes alopecoides yoki unga bog'liq bo'lgan xitoy Vulpesdan shakllangan boʻlishi mumkin[3].  Vengriyaning Baranya okrugida 3,4—1,8 million yilga tegishli Vulpesning eng qadimgi tana qoldiqlari topildi[13]. Qizil tulkining ajdodlari hozirgi tulkilarga qaraganda ancha kichikroq bo'lgan, chunki eng qadimgi qizil tulki qoldiqlari qayta tiklanganda, u tirik namunalarga qaraganda ancha kichikroq bo'lgan[3] :115–116. Zamonaviy turning eng qadimgi tana qoldiqlari pleystotsen davrining o'rtalariga to'g'ri keladi[14]. Bu qizil tulkini ibtidoiy odamlar tomonidan ham oziq-ovqat uchun, ham yungi uchun ovlangan degan nazariyaga olib keldi[15].

Shimoliy Amerikada tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizil tulkilar Shimoliy Amerika hududida ikki davrda tarqaldi: muzlik davridan oldin va undan keyin[16]. Gen xaritasi Shimoliy Amerikadagi qizil tulkilar 400 000 yildan ortiq vaqt davomida, bir-biridan ajralib yashaganligini ko'rsatadi. Natijada, turlanishning paydo bo'lishi ehtimolini oshdi, bu esa Vulpes fulvaning oldingi binomial nomi haqiqiy bo'lishi mumkinligini anglatadi[17]. Uzoq shimolda qizil tulkining tana qoldiqlari Alyaskadagi Feyrbanks tumani va Albertaning Medicine Hat shahri yaqinidagi Sangamonian Stage konlaridan topilgan. Bu kabi tana qoldiqlari Arkanzas, Kaliforniya, Kolorado, Aydaho, Missuri, Nyu-Meksiko, Tennessi, Texas, Virjiniya va Vayoming boʻylab 25 ta joylarda mavjud. Ular Viskonsinan shtatining janubida joylashgan boʻlsa-da, iqlimning isishi boshlanishi bilan shimolga qarab ketganlar[4]. Genetika testining natijasiga koʻra, Shimoliy Amerikada ikki turdagi qizil tulki refugiumi aniqlandi. Buning natijasida, eng kamida oxirgi muzlik davridan beri qizil tulkining boshqa barcha populyatsiyalaridan ajratilganligi va noyob ekologik moslashuvlarga ega boʻlishi aniqlandi[16].

Yevropa tulkilari 1900-yillarda Qoʻshma Shtatlarning ayrim qismlariga kiritilgan boʻlsa-da, yaqinda oʻtkazilgan genetik tadqiqotlar Shimoliy Amerika populyatsiyalarida Yevropa tulki mitoxondrial haplotiplarining yoʻqligini koʻrsatadi[18]. Shuningdek, Shimoliy Amerikaning sharqiy qizil tulkilari Janubiy Kaliforniyaning San-Xoakin vodiysi, Monterey va shimoliy qirgʻoq boʻyidagi San-Francisco koʻrfazi hududi (shu jumladan San-Francisco shahri va qoʻshni shaharlar)gacha boʻlgan hududlarning koʻp qismida tarqaldi. Qizil tulki shahar hayotiga moslasha olishiga qaramasdan, ular Kaliforniyaning shimoliy qismlarida (koʻrfaz hududining shimolida) janubga qaraganda bir oz koʻproq uchraydi, chunki choʻlda koʻproq togʻli joylar mavjud. Sharqdagi qizil tulkilar Sakramento vodiysi qizil tulkisi bilan chatishib ketgan boʻlishi mumki[19]. Shuningdek, Kaliforniyadagi Sierra Nevada va togʻlarning gʻarbiy qismida boshqa populyatsiyalar mavjudligi aytildi[20].

Kichik turlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubiy kulrang choʻl tulkisining bosh suyagi

"Dunyodagi sutemizuvchilar turlari" kitobining 3-nashri, qizil tulkilarning 45 ta kichik turlari mavjudligi haqida maʼlumot bergan. 2010-yilda Sakramento vodiysi qizil tulkisining 46-kichik turi (V. v. Patvin) tadqiqotlari orqali aniqlangan[21]. Castello (2018) qadimgi dunyo qizil tulkisining 30 ta kichik turini va Shimoliy Amerika qizil tulkisining toʻqqizta kichik turini mavjud deb qabul qildi[22].

Turli kichik turlar oʻrtasida sezilarli chatishish jarayonlari boʻlgan. Masalan, Britaniya qizil tulkilari Germaniya, Fransiya, Belgiya, Sardiniya, Sibir va Skandinaviyadan olib kelingan qizil tulkilar bilan chatishtirilgan[23] :140. Biroq, genetik tadqiqotlar, ular bilan Yevropada namuna olingan qizil tulkilar oʻrtasida juda kam farq borligini koʻrsatadi[24] [25]. Genetik xilma-xillikning yoʻqligi, qizil tulkini juda epchil tur boʻlishiga olib keladi, bitta qizil tulki bir yildan kam vaqt mobaynida 320 km (200 mi) masofani bosib oʻtadi[26].

Yevroosiyo va Shimoliy Afrikadagi qizil tulkining kichik turlari ikki toifaga boʻlingan[5]:

  • Shimoliy tulkilar katta va yorqin rangga ega.
  • Janubiy choʻl tulkilari Osiyoning V. v. griffithi, V. v. pusilla, va V. v.  kabi turlarini oʻz ichiga oladi. Bu tulkilar shimoliy tulkilar va boshqa kichikroq tulki turlari oʻrtasida ayrim xususiyatlarini koʻrsatadi; ularning bosh suyaklari shimoliy tulkilarga qaraganda ancha ibtidoiy/qadimiy, neotenoz xususiyatlarga ega va ular ancha kichikroq. Janubiy kulrang choʻl tulkilari maksimal kattaligi shimoliy tulkilarning oʻrtachasidan ham kichikroqdir. Ularning oyoq-qoʻllari ham uzunroq va quloqlari kattaroq[5].

Oʻrta Osiyoda yashovchi qizil tulkilar Shimoliy tulkilar va Janubiy kulrang choʻl tulkilar oʻrtasida ayrim jismoniy xususiyatlarni koʻrsatadi[5].

Muloqot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizil tulkining muloqot qilishi ularning quloqlari, dumlari va pozitsiyalarining oʻzgarishidan iborat boʻlib, ularning tana belgilari maʼlum maʼnoni ifodalaydi. Ular oʻz pozitsiyalarni tajovuzkor, dominant, qoʻrqinchli yoki boʻysunuvchi toifalarga boʻlish mumkin. Baʼzi pozitsiyalar koʻproq xususiyatlarni birlashtirishi mumkin[27] :42–43. Sinchkov tulkilar nafas olish mobaynida quloqlarini tez-tez qimirlatadi. Oʻynoqilari esa quloqlarini bukadi va orqa oyoqlarida koʻtariladi. Erkak tulkilar bosqinchilarni haydab chiqargandan soʻng, quloqlarini tashqi tomonga buradi va dumlarini gorizontal holatda tutib, orqa oyoqlarida koʻtariladi. Ular qoʻrqqanda orqalarini, tanalarini va oyoqlarini egib, dumlarini oldinga va orqaga qimirlatadi, quloqlarini orqaga qaratib, bosh suyagiga tegizadi. Dominant hayvonga boʻysunishni ifodalaganda, bu holat oʻxshash, lekin orqasini va tanasini egishmaydi. Boʻysunuvchi tulkilar dominant hayvonlarga past holatda yaqinlashadi, shunda ularning tumshugʻi yuqoriga koʻtariladi. Ikkita teng keladigan tulki ovqat ustida bir-biriga qarama-qarshi boʻlganida, ular bir-biriga yonma-yon yaqinlashib, bir-birlarini yon tomonlariga itaradilar, dumlari va orqalari orqali qoʻrquv va tajovuz aralashmasidan hujum qiladilar. Dadil hujumni boshlaganda, qizil tulkilar yon tomonga emas, balki toʻgʻridan-toʻgʻri yaqinlashadi, dumlari baland va quloqlari yon tomonga buriladi[27]. Bunday urushlarda qizil tulkilar bir-birining old oyoqlari bilan yuqori tanasida turib, ochiq ogʻiz bilan tahdid qilishadi. Bunday janjallar odatda faqat oʻsmirlar yoki bir jinsdagi kattalar oʻrtasida sodir boʻladi[28].

Yana qarang [tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. IUCN Red List of Threatened Species. Qizil tulki]]
  2. „100 of the World's Worst Invasive Alien Species“. Invasive Species Specialist Group. 2017-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 Kurtén, Björn. Pleistocene Mammals of Europe. Weidenfeld & Nicolson, 1968. 
  4. 4,0 4,1 Kurtén, Björn. Pleistocene Mammals of North America (en). Columbia University Press, 15 October 1980 — 96, 174 bet. ISBN 9780231037334. 
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 Heptner, V. G.. Mammals of the Soviet Union. Leiden u.a.: Brill, 1998 — 115, 341–365, 453–502, 513–562 bet. ISBN 978-1886106819. 2016-yil 8-iyulda qaraldi. 
  6. Harris, Stephen. Mammals of the British Isles: Handbook, 4th, Southampton: Mammal Society, 2008 — 408–422 bet. ISBN 978-0906282656. 
  7. Feldhamer, George. Wild Mammals of North America: Biology, Management, and Conservation: Biology, Management and Economics, second (en), Johns Hopkins University Press, 2003 — 516–530 bet. ISBN 9780801874161. 
  8. „Red Fox Predators | Wildlife Online“ (en). www.wildlifeonline.me.uk. Qaraldi: 2021-yil 27-may.
  9. Fedriani, J. M.; Palomares, F.; Delibes, M. (1999). "Niche relations among three sympatric Mediterranean carnivores". Oecologia 121 (1): 138–148. doi:10.1007/s004420050915. PMID 28307883. https://archive.org/details/sim_oecologia_1999-10_121_1/page/n139. 
  10. Bachrach, Max. Fur: A Practical Treatise, third, New York: Prentice-Hall, 1953. 
  11. „10 Fascinating Facts About Foxes (With Photos)“ (en-US). PETA UK (2012-yil 26-aprel). Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  12. Basuony, Ali E; Saleh, Mostafa; Sarhan, Moustafa; Younes, Mahmoud; Abdel-Hamid, Fouad; Rodriguez Fernandes, Carlos; Vercammen, Paul; Aboshaala, Faraj et al. (2023). "Paraphyly of the widespread generalist red fox (Vulpes vulpes): introgression rather than recent divergence of the arid-adapted Rüppell's fox (Vulpes rueppellii)?". Biological Journal of the Linnean Society 138 (4): 453–469. doi:10.1093/biolinnean/blad001. 
  13. PaleoDatabase collection No. 35369 (Wayback Machine saytida 2013-09-27 sanasida arxivlangan), authorized by Alan Turner, Liverpool John Moores University.
  14. David M. Alba, Saverio Bartolini Lucenti, Joan Madurell Malapeira, 2021, Middle Pleistocene fox from the Vallparadís Section (Vallès-Penedès Basin, NE Iberian Peninsula) and the earliest records of the extant red fox, Rivista Italiana di Paleontologia e Stratigrafia, Vol.127, pp.179-187, DOI:10.13130/2039-4942/15229, Retrieved on 26 October 2021
  15. Spagnesi & De Marina Marinis 2002, s. 222
  16. 16,0 16,1 Aubry, Keith B.; Statham, Mark J.; Sacks, Benjamin N.; Perrines, John D.; Wisely, Samantha M. (2009). "Phylogeography of the North American red fox: Vicariance in Pleistocene forest refugia". Molecular Ecology 18 (12): 2668–2686. doi:10.1111/j.1365-294X.2009.04222.x. PMID 19457180. Archived from the original on 16 June 2012. https://web.archive.org/web/20120616110238/http://www.vgl.ucdavis.edu/cdcg/documents/Aubryetal2009_000.pdf. Qaraldi: 13 April 2012. Qizil tulki]]
  17. Statham, Mark J.; Murdoch, James; Janecka, Jan; Aubry, Keith B.; Edwards, Ceiridwen J.; Soulsbury, Carl D.; Berry, Oliver; Wang, Zhenghuan et al. (2014). "Range-wide multilocus phylogeography of the red fox reveals ancient continental divergence, minimal genomic exchange and distinct demographic histories". Molecular Ecology 23 (19): 4813–4830. doi:10.1111/mec.12898. PMID 25212210. 
  18. Mark J. Statham; Benjamin N. Sacks; Keith B. Aubry; John D. Perrine; Samantha M. Wisely (2012). "The origin of recently established red fox populations in the United States: translocations or natural range expansions?". Journal of Mammalogy 93 (1): 58. doi:10.1644/11-MAMM-A-033.1. https://archive.org/details/sim_journal-of-mammalogy_2012-02_93_1/page/58. 
  19. Sacks, B. N.; Moore, M.; Statham, M. J.; Wittmer, H. U. (2011). "A restricted hybrid zone between native and introduced red fox Vulpes vulpes populations suggests reproductive barriers and competitive exclusion". Molecular Ecology 20 (2): 326–341. doi:10.1111/j.1365-294x.2010.04943.x. PMID 21143330. 
  20. Volkmann, Logan A.; Statham, Mark J.; Mooers, Arne Ø.; Sacks, Benjamin N. (2015). "Genetic distinctiveness of red foxes in the Intermountain West as revealed through expanded mitochondrial sequencing". Journal of Mammalogy 96 (2): 297–307. doi:10.1093/jmammal/gyv007. https://archive.org/details/sim_journal-of-mammalogy_2015-04_96_2/page/n48. 
  21. Sacks, Benjamin N.; Statham, Mark J.; Perrine, John D.; Wisely, Samantha M.; Aubry, Keith B. (2010). "North American montane red foxes: Expansion, fragmentation, and the origin of the Sacramento Valley red fox". Conservation Genetics 11 (4): 1523–1539. doi:10.1007/s10592-010-0053-4. https://escholarship.org/content/qt94r5n5s6/qt94r5n5s6.pdf?t=l7nx95. 
  22. Castello, Jose, 2018.
  23. Dale, Thomas Francis. The Fox. London, New York, Bombay: Longmans, Green, and Co., 1906. 2016-yil 8-iyulda qaraldi. 
  24. Teacher, Amber G. F.; Thomas, Jessica A.; Barnes, Ian (2011). "Modern and ancient red fox (Vulpes vulpes) in Europe show an unusual lack of geographical and temporal structuring, and differing responses within the carnivores to historical climatic change". BMC Evolutionary Biology 11 (214): 214. doi:10.1186/1471-2148-11-214. PMID 21774815. PMC 3154186. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3154186. 
  25. Kutschera, Verena E.; Lecomte, Nicolas; Janke, Axel; Selva, Nuria; Sokolov, Alexander A.; Haun, Timm; Steyer, Katharina; Nowak, Carsten et al. (2013). "A range-wide synthesis and timeline for phylogeographic events in the red fox (Vulpes vulpes)". BMC Evolutionary Biology 13 (114): 114. doi:10.1186/1471-2148-13-114. PMID 23738594. PMC 3689046. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3689046. 
  26. Allen, S. H.; Sargeant, A. B. (1993). "Dispersal Patterns of Red Foxes Relative to Population Density". Journal of Wildlife Management 57 (3): 526–533. doi:10.2307/3809277. https://zenodo.org/record/1235187. 
  27. 27,0 27,1 Macdonald, David. Running with the Fox (en). Unwin Hyman, London, 1987 — Andoza:Page needed bet. ISBN 9780044401995. 
  28. Harris, Stephen. Mammals of the British Isles: Handbook, 4th, Southampton: Mammal Society, 2008 — 408–422 bet. ISBN 978-0906282656. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]