Tulkilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tulkilar (Vulpes) — boʻrisimonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugʻi; tanasining uz. 40—90 sm, dumi 60 sm cha. Tanasi choʻziq, oyoklari nisbatan kalta. Uzun dumidagi moʻynasi baroq. Juni sariqdan to kumushqizgʻish (deyarli qoramtir) tusgacha. T.da mavsumiy va geografik dimorfizm kuchli namoyon boʻladi. 6— 11 turi maʼlum. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Avstraliyaga ham olib kelingan. Oʻzbekistonda 2 turi (oddiy tulki, korsak) uchraydi. Ularning oziqlanish va yashash joyi xilmaxil: oʻrmontundradan boshlab sahro mintaqasigacha. In quradi. Asosan, kemiruvchilar, sut emizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. Odatda, 4—6 ta, baʼzan 17 tagacha bola tugʻadi; eng yirik vakili oddiy tulki. Tanasining uz. 90 sm gacha, dumi 60 sm cha. Kechqurun qorongʻi tushishdan oldin faol boʻladi. Moʻynasi moʻyna sanoatining asosiy xom ashyosi hisoblanadi. T.ning qoramtir rangli moʻynasi ayniqsa yuqori baholanadi.T. ovchilik va parrandachilik xoʻjaliklariga birmuncha ziyon yetkazadi. Ular kemiruvchi zararkunandalar sonini kamaytirib, qishloq xoʻjaligi. va tibbiyotga katta foyda keltiradi.