Xotima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xotima — badiiy, ilmiy asarlarga yakun sifatida yoziladigan qoʻshimcha qism. Badiiy asar X.sida yozuvchi asar qahramonlarining keyingi taqdiri haqidagi mulohazalarini qisqa bayon qiladi. Teatrdramatik asarlar (koʻproq komediyalar)da aktyorpersonajlarning namoyish qilingan voqealar mazmuni haqidagi yakuniy xarakteristikasi yoki ularning tomoshabinlarga karata nasihat, minnatdorchilik, iltifot koʻrsatish maʼnosidagi murojaati (Shekspir, Brext, Molyer dramalari) tushuniladi. Yunon dramaturgiyasida X. vazifasini xorning yakuniy monologi bajargan. Koʻpgina roman va qissalarning Xxida qahramonlarning syujet yechimidan soʻng maʼlum vaqg oʻtgandan keyingi hayoti tasvirlanadi. Ayni bir paytda X.da tasvirlangan voqealarning axloqiy, falsafiy, estetik jihatlari haqida mulohaza yuritiladi. L.Tolstoyning "Urush va tinchlik", Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar", Abdulla Qahhorning "Sinchalak" asarlarida X. namunalari mavjud.