Qashqadaryo vodiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qashqadaryo vodiysiQashqadaryo viloyatidagi vodiy. Zarafshon tizmasining janubi-gʻarbiy tarmoqlari oraligʻida. Vodiy boʻylab shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga Qashqadaryo oqib oʻtadi. Vodiy Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib (eng baland joyi 4145 m) Qarshi choʻligacha 310 km ga choʻzilgan. Vodiy, asosan, tekislikdan iborat boʻlib, gʻarb va janubi-gʻarbga pasayib va kengayib boradi. Qashqadaryo vodiysi Qashqadaryoning 1—5 terrasalarini egallagan, bu terrasalar toʻrtlamchi davr prolyuvialallyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan. Vodiyda uncha baland boʻlmagan qoldiq togʻlar (Qoʻngʻirtov, Kosontogʻ, Maymanoqtov, Aloviddintov) bor. Qashqadaryo vodiysi janubda joylashgani uchun iqlimi quruq va issiq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi G, iyulniki 28—29°; eng past temperatura —25°, —29°, eng yuqori temperatura 46—47°. Yogʻin miqdori relyef balandlashgan sari ortib boradi; tekislik qismida 200 mm, togʻ yon bagʻirlarida 450–500 mm. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllariga toʻgʻri keladi. Vodiy tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq, tekislik qismida och boʻz tuproq, togʻlik va balandliklar bilan tutashgan qismida tipik boʻz tuproqdir.

Oʻsimlik qoplami xilmaxil. Ilak, rang, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh, momiq, shuvoq, qoʻziquloq, bodom, qizilcha va boshqalar keng tarqalgan. Hayvonlar va qushlardan mayna, koʻkqargʻa, kaklik, yapaloqqush, jaira, yumronqoziq, tulki, chiyaboʻri, qobon va boshqalar uchraydi. Qashqadaryo vodiysi togʻ yon bagʻirlari chorvachilik uchun qulay yaylov, tekislik qismi dehqonchilik uchun serunum. Vodiyda tabiiy gaz, qurilish materiallari konlari, mineral suvlar va boshqalar bor.