Doʻltalitov qiri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Doʻltalitov qiri - Qashqadaryo viloyatidagi qir. Karshi choʻlining shar-qiy qismidagi Nishon dashtining sharqiy chekkasida joylashgan. Eng baland joyi 512 m (Doʻltalitov), uz. 12 km, janubi-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. D. q.da usti yassi tepaliklar bor, quruq oʻzan koʻp. Neogenning qumtosh, gil, konglomerat va quyi toʻrtlamchi davrning lyossimon jinslari qatlamlaridan tarkib topgan. Boʻz tuproklarda karrak, iloq, oqquray, kovrak, qoʻzi-quloq tarqalgan. D. q.ning etagidan Karshi magistral kanali oʻtgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Doʻltalitov qiri" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil