Yura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

YuraFransiya va Shveysariyadagi togʻlar. Shveysariya yassitogʻligi bilan Burgundiya tekisliklari oraligʻida yoysimon shaklda 250 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 1718 m. Asosan, ohaktosh va mergellardan tuzilgan. Karst keng tarqalgan, daryolar togʻlarni chuqur oʻyib yuborgan. Gʻarbiy yon bagʻri zinapoyasimon pasayib boradi, sharqi tik. Keng bargli va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, yaylovlar bor. Rezervatlar tashkil etilgan.