Qalli Ayimbetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qalli Ayimbetov (1908.20.3, qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani – 1973.9.4, Nukus) – qoraqalpoq adabiyotshunosi. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat (1957) va fan (1968) arbobi. Filol. fanlari doktori (1965), professor (1968). Toʻrtkoʻl ped. texnikumini (1929) va Olmaota pedagogika institutini (1933) tugatgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941–47). Viloyat xalq maorifi boʻlimi xodimi (1924–29), ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1933–35), Oʻquvpeddavnashrda qoraqalpoqcha darsliklar tahririyati mudiri (Moskva, 1935–36), Qoraqalpogʻiston maorif xalq komissari (1938), Til va adabiyot instituti direktori (1938–40), Til va adabiyot instituti direktorining oʻrinbosari (1947–48), boʻlim boshligʻi (1951 – 53), pedagogika institutida kafedra mudiri (1950-51; 1953-55), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1955–65). Ayni paytda 1956 yildan Nukus pedagogika instituti qoraqalpoqadabiyoti kafedrasi mudiri. A. qora-qalpoq adabiyotini oʻrganish, qoraqalpoq folklorini toʻplash va ommalashtirish, nashr etish bilan shugʻullangan. U oʻzi yozib olgan "Yediga" (1937), "Alpamis" (1937) dostonlarini, "Qoraqalpoq maqollari va matallari"ni (1956) nashr ettirgan. A. 20-asrning 20–40-yillarida qoraqalpoq tili, adabiyoti va folklori boʻyicha bir qancha qoʻllanmalar yaratgan, toʻplamlar nashr ettirgan, Molyer, K.Simonov, A.Ostrovskiy va boshqalarning dramalarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Qoraqalpoq dramaturgiyasi tarixi ocherklari, T., 1963; Qoraqalpoq xalq shoir-baxshilari, T., 1965; Xalqdonoligi, T., 1968; Qoraqalpoqfolklori, T., 1977; Oʻtgan kunlarni eslab, T., 1972.

Toʻra Mirzayev.