Nukus pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nukus davlat pedagogika instituti, Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti — pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1943 yil Qoraqalpogʻiston davlat oʻqituvchilar instituti (1934) negizida Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti nomi bilan tashkil etilgan. Dastlab Toʻrtkoʻl va Chimboyda boʻlgan. 1945 yildan Nukus shahrida. 1976 yil institut Qoraqalpogʻiston universitetiga aylantirilganligi munosabati bilan u tugatildi. 1990 yil hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi. 1993 yildan Qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli nomi bilan atalgan. Institutda 11 fakultet (qoraqalpoq tili va adabiyoti; tabiatshunoslik; filol.; rus-ingliz filol.si; musiqa, tasviriy sanʼat va chizmachilik; tarixgeof.; mat.-informatika; boshlangʻich taʼlim metodi-kasi;maktabgachatarbiya; muhandislik-ped.; jismoniy tarbiya), sirtqi, maxsus sirtqi va magistratura boʻlimlari, 35 kafedra, 38 kabinet, 13 laboratoriya, 3 lingafon kabineti, 215 kompyuter sinfi, kichik bosmaxona,7 instituternet tarmogʻi, 2 elektron kutubxona, zamonaviy 2 sport zali, "Tu-ron" stadioni, 3 kutubxona, 4 qiroatxona, 4 ustaxona, oʻquv tajriba xoʻjaliklari, sogʻlomlashtirish lageri, "Toʻmaris" va "Ziuar" ansambllari bor. Kunduzgi boʻlimda 20, sirtqi boʻlimda 10, maxsus sirtqi boʻlimda 5 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar va 3 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 1993 yildan aspirantura mavjud. 2002/03 oʻquv yili institutda 4906 talaba taʼlim oldi, 431 oʻqituvchi, jumladan, 1 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, 17 fan doktori va professor, 111 fan nomzodi va dotsent ishladi. Turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Xorijiy davlatlar va MDH mamlakatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlik qiladi. Tashkil boʻlgandan beri institut 20 mingdan optiq mutaxassis tayyorladi (2003).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil