Kontent qismiga oʻtish

Oriol Romeu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oriol Romeu
Romeu Stuttgart safida, 2014-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oriol Romeu Vidal[1]
Tavallud sanasi 24-sentyabr 1991-yil (1991-09-24) (33 yosh)
Tavallud joyi Ulldecona, Ispaniya
Boʻyi 1.83 m[2]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Barcelona
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996–2001 Ulldecona
2001–2004 Espanyol
2004–2008 Barcelona
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008–2011 Barcelona B 45 (1)
2010-2011 Barcelona 1 (0)
2011-2015 Chelsea 22 (0)
2013-2014Valencia (ijara) 13 (0)
2014-2015VfB Stuttgart (ijara) 27 (0)
2015-2022 Southampton 217 (7)
2022-2023 Girona 33 (2)
2023- Barcelona 68 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oriol Romeu Vidal (1991-yil 24-sentyabrda tugʻilgan) – Ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing Barcelona klubi yarim himoyachisi.

Romeu karyerasini Barcelona jamoasida boshlagan, asosan Barselona B safida toʻp surgan. 2011-yilda 5 million yevro evaziga Londonning Chelsea klubi bilan shartnoma imzolagan va toʻrt mavsumdan ikkitasini Valensiya va VfB Stuttgart klublarida ijara asosida oʻtkazgan futbochi keyinchalik boshqa bir Premyer-liga klubi Southampton bilan shartnoma imzolagan. Ingliz klubi safida jami 256 oʻyinda maydonga tushgan Romeu 2022-yilda La Liganing Girona jamoasi safiga koʻchib oʻtdi.

Romeu Ispaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasi safida toʻp surgan. Undan tashqari 2008-yilda Ispaniya U-17 terma jamoasi bilan Yevropa chempioniga ham aylangan.

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kataloniyaning Tarragona provinsiyasidagi Ulldecona shahrida tugʻilgan Romeu oʻz faoliyatini mahalliy CF Ulldecona jamoasida boshlagan. Keyinchalik biroz vaqt davomida RCD Espanyol klubida toʻp surgan futbolchi 2004-yilda Barselona yoshlar akademiyasiga kelib qoʻshilgan[3]. Jamoa murabbiyi Pep Gvardiola Quvaytning Kazma Sporting Club klubiga qarshi oʻrtoqlik bahsida Romeuni ilk bor maydonga tushiradi va keyinchalik uni Abu-Dabida boʻlib oʻtgan FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun ham qaydnomaga kiritadi[4].

Romau 2010-yil 13-avgust kuni asosiy tarkib futbolchilarning katta qismi Ispaniya terma jamoasiga jalb qilinganligi sababli Barcelona jamoasining oʻn toʻqqiz kishidan iborat tarkibidan joy oldi. U rasmiy uchrashuvlardagi debyutini Ispaniya Superkubogining birinchi bosqichidagi Sevilla klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[5][6].

Roméu La Ligada esa 2011-yil 15-may kungiDeportivo de La Coruña jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushirildi. U uchrashuvning yakuniy 10 daqiqasida boshqa bir La Masia oʻyinchisi Jonatan dos Santos oʻrniga oʻyinga qoʻshildi[7].

Romeu Chelsea klubi safida, 2012-yil

2011-yil 22-iyulda Romeu Chelsea jamoasiga oʻtishi haqidagi xabarlar tarqala boshladi. Keyingi kuni futbolchining oʻzi ham bu shartnomaga roziligi maʼlum boʻldi[8]. Biroq u U-17 Yevropa chempionatida ishtirok etayotganligi sababli tibbiy koʻrik biroz muddatga kechikdi[9]. 4-avgust kuni ingliz klubi Romeu transferi toʻgʻrisida rasman eʼlon qildi. „Aristokratlar“ futbolchi uchun 5 million yevro toʻladi. Shartnoma bandlarida agar Barcelona oʻyinchini qaytarishni xohlasa 2012-yilda 10 million yoki 2013-yilda 15 million yevro miqdorda toʻlashi belgilab qoʻyildi[10][11] Yangi jamoasida unga 6-raqam berildi[12].

Romeu 2011-yil 10-sentyabrda safidagi rasmiy debyutini oʻtkazdi. Sunderland jamoasiga qarshi bahsning 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi[13]. Shu oyning 21-sanasida esa u Liga Kubogi doirasidagi Fulham bilan uchrashunda ilk bor asosiy tarkibda oʻyinni boshladi[14].

Romeu UEFA Chempionlar ligasidagi dastlabki bahsini 2011-yil 19-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan K.R.C. Genk klubiga qarshi guruh bosqichi bahsida oʻtkazdi[15]. Premyer-ligadagi debyuti esa 26-noyabr Wolverhampton Wanderers bilan kechgan oʻyinga toʻgʻri keldi[16].

2012-yilning 25-sentyabrida Romeu Chelsea safidagi debyut golini kiritdi. Stamford Bridge stadionida kechgan Wolverhamptonga qarshi bahsda penaltini aniq amalga oshirdi[17]. Bosh murabbiy Roberto Di Matteo Yossi Benayoun, Michael Essien va Raul Meireles kabi futbolchilarning ketishi u uchun koʻproq oʻyin amaliyoti yaratishi mumkinligini taʼkidladi. Ammo 11-dekabr kungi Sunderland bilan oʻyinda jarohat oldi va mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuboradigan boʻldi[18].

Valencia (ijara)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 12-iyul kuni Romeu mavsum yakuniga qadarValencia jamoasiga ijaraga berildi[19]. U klub safidagi debyut oʻyinini 15-sentyabr kuni Real Betis jamoasiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[20]. Fevral oyida Romeu mashgʻulotlardagi mushaklaridan olgan jarohati tufayli bir oydan ziyod muddatga safdan chiqqani maʼlum boʻldi[21]. Mavsum davomida futbolchi Ispan klubi uchun 18 oʻyinda maydonga tushdi.

Stuttgart (ijara)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 17-iyul kuni Romeu Chelsea bilan amaldagi shartnomasini 2017-yilga qadar uzaytirdi[22]. Shunga qaramasdan 4-avgust kuni Germaniyaning VfB Stuttgart klubiga mavsum yakuniga qadar ijaraga berildi[23][24].

Romeu Sauthampton safida, 2017-yil

2015-yilning 13-avgust kuni Romeu Sauthampton jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Transfer qiymati 5 million funt sterling etib belgilandi[25][26]. U ikki kundan keyin, Everton bilan bahsning ikkinchi boʻlimida Dusan Tadic oʻrniga maydonga tushirildi va uch daqiqadan keyin James CcCarthyga nisbatan iswhlatgan qoʻpolligi uchun sariq kartochka koʻrsatildi[27]. U 5-dekabr yangi jamoasidagi ilk golini kiritdi va Aston Villa jamosiga qarshi bahs 1-1 hisobida yakunlanishini taʼminladi[28].

2022-yil 1-sentyabrda Romeu La Ligaga qaytibGirona jamoasi bilan shartnoma imzoladi[29].

2023-yil 19-iyul Romeu oʻzining sobiq klubi Barcelona bilan uch mavsumga moʻljallangan shartnoma imzoladi[30].

Terma jamoadagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2008-yilgi UEFA U-17 Yevropa Chempionatida Ispaniya sharafini himoya qildi. Toʻrtta uchrashuvda maydonga tushgan Romeu jamoasining turnirda gʻolib boʻishiga katta yordam berdi[31].

U 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlarini guruh bosqichida tark etgan Ispaniya olimpiya terma jamoasi qaydnomasiga kiritildi va faqatgina ikki bahsda zaxiradan maydonga tushirildi.

Karyerani statistik

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 26-may holatiga koʻra[32]
Klub Mavsum Liga Mahalliy kuboklar Liga Kubogi Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Barselona B 2008–09 Segunda División B 5 0 0 0 - - - 5 0
2009–10 Segunda División B 22 0 0 0 - - 4 0 26 0
2010–11 Segunda División 18 1 0 0 - - - 18 1
Umumiy 45 1 0 0 - - 4 0 49 1
Barcelona 2010–11 La Liga 1 0 0 0 - 0 0 1 0 2 0
Chelsea 2011–12[33] Premyer Liga 16 0 2 0 3 0 3 0 - 24 0
2012–13[34] Premyer Liga 6 0 0 0 2 1 1 0 0 0 9 1
Umumiy 22 0 2 0 5 1 4 0 0 0 33 1
Valencia (ijara) 2013–14 La Liga 13 0 1 0 - 4 0 - 18 0
VfB Stuttgart (ijara) 2014–15 Bundesliga 27 0 1 0 - - - 28 0
Southampton 2015–16[35] Premyer Liga 29 1 1 1 3 0 2 0 - 35 2
2016–17[36] Premyer Liga 35 1 2 0 3 0 6 0 - 46 1
2017–18[37] Premyer Liga 34 1 5 0 1 0 - - 40 1
2018–19[38] Premyer Liga 31 1 1 0 1 0 - - 33 1
2019–20[39] Premyer Liga 30 0 2 0 3 0 - - 35 0
2020–21[40] Premyer Liga 21 1 1 0 1 0 - - 23 1
2021–22[41] Premyer Liga 36 2 4 0 2 0 - - 42 2
2022–23[42] Premyer Liga 1 0 0 0 1 0 - - 2 0
Umumiy 217 7 16 1 15 0 8 0 - 256 8
Girona 2022–23[42] La Liga 33 2 1 0 - - - 34 2
Barcelona 2023–24[43] La Liga 28 0 2 0 - 7 0 0 0 37 0
Umumiy 387 10 23 1 20 1 23 0 5 0 458 12

Bacelona

Chelsea

Southampton

  • Liga kubogi finalchisi: 2016-2017[48]

Ispaniya U-17

  • UEFA U-17 Yevropa chempionati: 2008[49]

Ispaniya U-19

  • UEFA U-19 Yevropa chempionati finalchisi: 2010[50]
  1. „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
  2. „Player profile: Oriol Romeu“. Premier League. Qaraldi: 2016-yil 2-noyabr.
  3. Oriol Romeu Official Site; Oriol Romeu, 13 March 2017
  4. Stoke City plot shock swoop for Barcelona starlet Oriol Romeu; Goal.com, 4 January 2010
  5. „Nine B team players in squad for Seville“. Barcelona's official website (2010-yil 13-avgust). 2012-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-avgust.
  6. „Debutan Miño, Sergi Gómez, Romeu y Adriano“ (es). Barcelona's official website (2010-yil 14-avgust). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
  7. „Barca back-ups draw blank“. ESPN Soccernet (2011-yil 15-may). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
  8. Chelsea close in on Barcelona midfielder Oriol Romeu; The Daily Telegraph, 22 July 2011
  9. Villas-Boas: Why i want Oriol; Chelseaʼs official website, 23 July 2011
  10. „Oriol deal completed“. Chelsea's official website (2011-yil 4-avgust). 2013-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
  11. Chelsea sign midfielder Oriol Romeu from Barcelona; BBC Sport, 4 August 2011
  12. „Squad numbers announced“. Chelsea's official website (2011-yil 12-avgust). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
  13. „Sunderland 1–2 Chelsea“. BBC Sport (2011-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 3-oktyabr.
  14. „Chelsea 0–0 Fulham“. BBC Sport (2011-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 3-oktyabr.
  15. „Chelsea 5 v 0 Genk“. Chelsea's official website (2011-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
  16. „Blues cruise past Wolves to ease pressure on AVB“. ESPN Soccernet (2011-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
  17. „Chelsea 6–0 Wolverhampton Wanderers“. Chelsea's official website (2012-yil 25-sentyabr). 2012-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
  18. „Oriol Romeu: Chelsea midfielder out for six months“. BBC Sport (2012-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 11-dekabr.
  19. „Official VCF statement“. Valencia's official website (2013-yil 12-iyul). 2023-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
  20. „Betis bag victory“. Sky Sports (2013-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 1-oktyabr.
  21. „Oriol Romeu suffers knee injury in Valencia training“ (2014-yil 6-fevral). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-may.
  22. „Chelsea: Oriol Romeu signs new three-year deal at Stamford Bridge“. BBC Sport (2014-yil 17-iyul). Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.
  23. „Romeu loaned to Stuttgart“. Chelsea's official website (2014-yil 4-avgust). Qaraldi: 2014-yil 4-avgust.
  24. „Borussia Mönchengladbach 1–1 Stuttgart“. Soccerway (2014-yil 24-avgust). Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
  25. „Saints land midfielder Romeu“ (2015-yil 12-avgust). 2015-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
  26. „Southampton sign Chelsea midfielder for £5m“ (2015-yil 12-avgust). Qaraldi: 2015-yil 13-avgust.[sayt ishlamaydi]
  27. Lewis, Aimee. „Southampton 0–3 Everton“. BBC Sport (2015-yil 15-avgust). Qaraldi: 2015-yil 15-avgust.
  28. Sanghera, Mandeep. „Southampton 1–1 Aston Villa“. BBC Sport (2015-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 5-dekabr.
  29. „Romeu seven-year Saints spell ends“. Southampton FC (2022-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  30. „Oriol Romeu, third signing for FC Barcelona“. FC Barcelona (2023-yil 19-iyul). Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.
  31. Saffer. „Stupendous Spain win U17 crown“. UEFA (2008-yil 16-may). 2012-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-avgust.Saffer, Paul (16 May 2008).
  32. Oriol Romeu Soccerway saytida. Qaralgan sana: 12 August 2018.
  33. „Games played by Oriol Romeu in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  34. „Games played by Oriol Romeu in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  35. „Games played by Oriol Romeu in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  36. „Games played by Oriol Romeu in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  37. „Games played by Oriol Romeu in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2018-yil 14-may.
  38. „Games played by Oriol Romeu in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
  39. „Games played by Oriol Romeu in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 12-yanvar.
  40. „Games played by Oriol Romeu in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  41. „Games played by Oriol Romeu in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  42. 42,0 42,1 „Games played by Oriol Romeu in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  43. „Games played by Oriol Romeu in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  44. „Ficha Oriol Romeu“ (es). players.fcbarcelona.com/es/. Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.
  45. „Ficha de Partido“ (es). actas.rfef.es/ (2010-yil 14-avgust). 2012-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  46. McNulty, Phil. „Chelsea 2–1 Liverpool“. BBC Sport (2012-yil 5-may). 2016-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  47. McNulty, Phil. „Bayern Munich 1–1 Chelsea“. BBC Sport (2012-yil 19-may). 2016-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  48. McNulty, Phil. „Manchester United 3–2 Southampton“. BBC Sport (2017-yil 26-fevral). Qaraldi: 2019-yil 26-aprel.
  49. Saffer. „Stupendous Spain win U17 crown“. UEFA (2008-yil 16-may). 2012-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-avgust.
  50. „France U19 vs. Spain U19 - 30 July 2010 - Soccerway“.