Kontent qismiga oʻtish

Toni Villa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toni Villa
Toni "Valladolid" jamoasi safida, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Laureano Antonio Villa Suárez
Tavallud sanasi 7-yanvar 1995-yil (1995-01-07) (29 yosh)
Tavallud joyi Murcia, Ispaniya
Boʻyi 1.71 m
Ampluasi vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Girona
Raqami 12
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Valladolid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014–2016 Valladolid B 74 (7)
2016–2017 Cultural Leonesa 36 (5)
2017–2022 Valladolid 139 (11)
2022– Girona 26 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 14-may uchun)

Laureano Antonio „Toni“ Villa Suárez (1995-yil 7-yanvarda tugʻilgan), Toni Villa yoki oddiygina Toni nomi bilan tanilgan ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Girona“ klubi chap qanot himoyachisi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniyaning Mursiya shahrida tugʻilgan Toni faoliyatini „Real Valladolid“ klubida boshlagan. U 2014-yilning 23-aprelida klubning zaxira jamoasidagi debyutini oʻtkazdi, Tercera División turniri doirasidagi „Racing Lermeño CF“ klubiga qarshi bahsda futbolchi zaxiradan maydonga tushirildi va ushbu uchrashuvda valyadolidliklar 5:1 hisobida gʻalaba qozondi[1].

Toni oʻzining birinchi golini 2014-yil 28-sentyabrda „Real Oviedo“ bilan kechgan (4:3) Segunda División B uchrashuvida kiritdi[2]. 2016-yilning 8-iyunida u klub bilan shartnomasini 2018-yilga qadar uzaytirdi[3], ammo 4-avgust kuni uchinchi diviziya jamoasi „Cultural y Deportiva Leonesa“ga ijaraga berildi[4].

2017-yilning 12-iyunida, 42 yil deganda „Cultural“ jamoasining Segunda divizioniga chiqishda yordam berdi. Biroq biroz vaqt oʻtgach sobiq klubi uning shartnomasidagi sotib olish bandini faollashtirgach Toni „Valladolid“ga qaytdi va ikkinchi divizion klubining uzil-kesil asosiy tarkib futbolchisiga aylandi[5]. U professional debyutini 3-sentyabr kuni oʻtkazdi, oʻz maydonida „CD Tenerife“ga qarshi oʻyinda (2:0) Míchel oʻrniga ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushirildi[6].

2017-yilning 4-dekabrida Toni shartnomasini 2021-yilga qadar uzaytirdi[7]. U oʻzining birinchi professional golini 12-may kuni oʻz uyida „Albacete Balompié“ klubiga qarshi oʻyinda (3:2) kiritdi[8]. Mavsum davomida u jami 30 ta oʻyinda maydonga tushib jamoasining La Liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishida yordam berdi.

Toni Ispaniyaning yuqori divizonidagi debyutini 2018-yilning 17-avgustida „Girona“ jamoasiga qarshi safarda 0:0 hisobi yakunlangan oʻyinda oʻtkazdi[9]. U La Ligadagi ilk goli 1-dekabr kuni „CD Leganes“ga qarshi oʻyinda (4:2) kiritdi.

2022-yilning 1-sentyabrida Toni boshqa bir ispan klubi „Girona“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi[10].

2024-yil 14-may holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalarga koʻra oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Copa del Rey Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Valladolid B 2014–15 Segunda División B 37 5 37 5
2015–2016 Segunda División B 37 2 37 2
Jami 74 7 74 7
Cultural Leonesa 2016–2017 Segunda División B 36 5 5 0 4[lower-alpha 1] 2 45 7
Valladolid 2017–2018 Segunda División 30 2 4 0 4[lower-alpha 2] 0 38 2
2018–2019 La Liga 26 2 0 0 26 2
2019–2020 La Liga 23 0 1 0 24 0
2020–2021 La Liga 21 2 4 3 25 5
2021–2022 Segunda División 37 5 3 0 40 5
2022–2023 La Liga 2 0 0 0 2 0
Jami 139 11 12 3 4 0 155 14
Girona 2022–2023 La Liga 24 1 2 0 26 1
2023–2024 La Liga 2 0 2 0
Jami 26 1 2 0 0 0 0 0 28 1
Karyera jami 274 24 19 3 0 0 8 2 301 29


  1. „5–1: El Promesas golea con facilidad al Racing Lermeño“ [5–1: Promesas easily thrash Racing Lermeño] (es). Real Valladolid (2014-yil 23-aprel). Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  2. „Derrota del Real Oviedo ante el Valladolid B (4–3)“ [Defeat of Real Oviedo against Valladolid B (4–3)] (es). RTPA (2014-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  3. „El Real Valladolid proyecta su cantera“ [Real Valladolid project their youth setup] (es). Real Valladolid (2016-yil 8-iyun). Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  4. „Toni, a la Cultural Leonesa“ [Toni, to Cultural Leonesa] (es). Real Valladolid (2017-yil 4-avgust). Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  5. „Álex Pérez renovará y Toni volverá“ [Álex Pérez will renew and Toni will return] (es). Real Valladolid (2017-yil 12-iyun). Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  6. „El imbatido Tenerife sucumbe ante un gran Valladolid“ [The unbeaten Tenerife fall against a great Valladolid] (es). Marca (2017-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  7. „Toni 2021“ (es). Real Valladolid (2017-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  8. „Ni VAR ni puntería“ [Neither VAR nor aim] (es). Marca (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
  9. „Ni VAR ni puntería“ [Neither VAR nor aim] (es). Marca (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
  10. „L’extrem Toni Villa jugarà a Girona“ [Winger Toni Villa will play at Girona] (ca). Girona FC (2022-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.