Kontent qismiga oʻtish

Ispanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ispandan yoʻnaltirildi)

Ispanlar — xalq. Ispaniyaning asosiy aholisi (27,6 mln. kishi). Umumiy soni 29,0 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Ispan tilipl soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, katoliklar. I.ning qad. ajdodlari iber qabilalari hisoblanadi. Galliyadan german qabilalari — vest-gotlar (414 yil), Gibraltar orqali arablar va barbarlar (714 yil) bostirib kirib, I.ning etnik tarkibiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. I. ularni mavrlarr.ye6 atashgan. Rekonkista (8—15-asr oxiri) ispan yerlarini birlashtirish bilan tu-gagan, bu esa I.ning milliy ongini shakllanishiga imkon tugʻdirgan. Pekin, 20-asrgacha ayrim viloyatlar axoliyey oʻzlarini kastiliyaliklar, aragonlar, andaluzlar va b. deb atab kelishgan. I. 19-asr oxirida millat boʻlib shak-llangan. I. Lotin Amerikasidagi koʻplab hozirgi xalqlarning shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatganlar. Xoʻjaligida qoramolchilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida gʻalla ekinlari yetishtirish yetakchi oʻrinni egallaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil