Hindistonda COVID-19 pandemiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Hindistonda COVID-19 pandemiyasi
COVID-19 Outbreak Cases in India.svg
Kasallik COVID-19
Virus shtammlari SARS-CoV-2
Joylashuv Hindiston
Birinchi holati Kerala
Aniqlangan sanasi 30-yanvar 2020-yil
Boshlanishi Uxan, Xubey, Xitoy
Tasdiqlangan holatlar 26,917
Faol holatlar 17,610
Tuzalish 5,914
Oʻlimlar
826
Rasmiy vebsayt
coronavirus.gov

COVID-19 koronavirus infeksiyasi ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2) tufayli kelib chiqqan yangi yuqumli kasallik boʻlib, Hindistonda ilk bor 2020-yil 30-yanvar kunida tarqaldi.

Epidemiyadan oldingi holat[tahrir]

2019-yil 31-dekabr kuni Xitoy Sogʻliqni Saqlash Tashkilotiga nomaʼlum sabablarga koʻra pnevmoniya holatlari toʻgʻrisida xabar berdi. 2020-yil 12-yanvarda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), Xubey provinsiyasida, Uxan shahrida yashovchi odamlar guruhida yangi koronavirus nafas olish kasalligi sababi boʻlganligini tasdiqladi[1][2].

COVID-19 uchun oʻlim holatlari 2003-yildagi SARS koʻrsatkichidan ancha past edi, ammo infeksiyaning tarqalishi sezilarli darajada oshdi va oʻlimga olib keldi[3][4][5][3]. 2021-yil aprel oyida koronavirusning toʻrtinchi toʻlqini tarqalgani eʼlon qilindi. Mamlakat rasmiylari fuqarolardan uyda qolishni va shaxsiy gigiyenaga amal qilishni soʻradilar[6].

Koronavirusning yangi shtammi[tahrir]

Hindistonning genom konsorsiumi 18 shtatda koronavirusning hozirda ma’lum bo‘lganlaridan tashqari ikki marta mutasiyaga uchragan yana bir yangi shtammini aniqladi. konsorsium o‘z ishini boshlaganidan buyon tashvishga soladigan 771 ta variant aniqlangan. Bularning ichida 736 ta variant «britancha» shtammga, 34 ta variant «Janubiy Afrika» shtammiga, 1 ta variant «brazilcha» shtammga aloqador bo‘lib chiqqan. Tekshiruvlar davomida mutaxassislar bir necha kundan buyon koronavirusga chalinish holatlari aniqlanishi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan Maharashtra shtatida yana yangi shtammni aniqlagan. Maharashtra shtatidan olingan namunalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, E484Q va L452R mutasiyalari bo‘lgan namunalar ulushida 2020-yil dekabr bilan taqqoslaganda o‘sish kuzatilgan. Ya’ni ikki mutasiyaning birlashishi hisobiga yangi shtamm vujudga kelgan. Bunday mutasiyalar immunitetni yengish va yuqumli kasallikning ko‘payishini ta’minlaydi. Ushbu mutasilar tahlil qilingan namunalarning taxminan 15–20 foizida qayd etilgan. Ayni paytdagi vaziyat tekshiruvlarni davom ettirish hamda sog‘liqni saqlash choralarini kuchaytirishni talab qiladi[7]

Vaksina[tahrir]

2021-yil mart oyida Hindistonda epidemiya kuchaygani sababli hukumat AstraZeneka vaksinasini boshqa davlatlarga eksport qilish ishlarini vaqtincha toʻxtatdi[8].

Vaqt jadvali[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Elsevier „Novel Coronavirus Information Center“. Elsevier Connect. 30-Yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-Mart 2020-yil.
  2. Reynolds, Matt. „What is coronavirus and how close is it to becoming a pandemic?“, Wired UK (4-Mart 2020-yil).
  3. 3,0 3,1 „Crunching the numbers for coronavirus“. Imperial News. 19-Mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-Mart 2020-yil.
  4. „High consequence infectious diseases (HCID); Guidance and information about high consequence infectious diseases and their management in England“(ingl.). GOV.UK. 3-Mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-Mart 2020-yil.
  5. „World Federation Of Societies of Anaesthesiologists – Coronavirus“. www.wfsahq.org. 12-Mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-Mart 2020-yil.
  6. „Ҳиндистонда коронавируснинг тўртинчи тўлқини бошланди“. Bugun.uz. 13-Iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 12 апрель.
  7. „Ҳиндистонда коронавируснинг 2 карра мутацияга учраган янги штамми аниқланди“. Bugun.uz. Qaraldi: 25-Mart 2021-yil.
  8. „Ҳиндистон «AstraZeneca» вакцинасини экспорт қилишни тўхтатди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 25 март.

Havolalar[tahrir]

Portal Vikipediyada COVID-19 portali bor.