Avstraliyada COVID-19 pandemiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avstraliyada COVID-19 pandemiyasi
Kasallik COVID-19
Virus shtammlari SARS-CoV-2
Joylashuv Avstraliya
Aniqlangan sanasi 25-yanvar 2020-yil
Boshlanishi Melburn
Tasdiqlangan holatlar 6,711
Tuzalish 5,539
Oʻlimlar
83
Rasmiy vebsayt
coronavirus.gov

COVID-19 koronavirus infeksiyasi ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2) tufayli kelib chiqqan yangi yuqumli kasallik boʻlib, Avstraliyada ilk bor 2020-yil 25-yanvar kunida tarqaldi.

Epidemiyadan oldingi holat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 31-dekabr kuni Xitoy Sogʻliqni Saqlash Tashkilotiga nomaʼlum sabablarga koʻra pnevmoniya holatlari toʻgʻrisida xabar berdi. 2020-yil 12-yanvarda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), Xubey provinsiyasida, Uxan shahrida yashovchi odamlar guruhida yangi koronavirus nafas olish kasalligi sababi boʻlganligini tasdiqladi[1][2].

COVID-19 uchun oʻlim holatlari 2003-yildagi SARS koʻrsatkichidan ancha past edi, ammo infeksiyaning tarqalishi sezilarli darajada oshdi va oʻlimga olib keldi[3][4][5][3].

Koronavirusga qarshi emlanganlik pasporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 12-marta kunidan Avstraliyaning „Qantas“ aviakompaniyasi yoʻlovchilarning salomatligini tekshirishga moʻljallangan dastur — «CommonPass digital health»ni sinovdan oʻtkazishni boshladi. Smartfonlar uchun moʻljallangan «CommonPass digital health» ilovasi koronavirusga topshirilgan test natijalarini tekshirishning qulay va xavfsiz usulini taqdim etib, emlanganlik toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, ilova foydalanuvchilarga uchish oldidan sinov natijalarini sertifikatlangan laboratoriyalardan yuklab olish imkonini beradi.

Kompaniya «CommonPass digital health»ni oʻzining mavjud mijozlar dasturiga qoʻshib, uni barcha yoʻlovchilarga taqdim etishni rejalashtirgan[6].

Vaqt jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Elsevier „Novel Coronavirus Information Center“. Elsevier Connect. 30-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2020-yil.
  2. Reynolds, Matt. „What is coronavirus and how close is it to becoming a pandemic?“. Wired UK (4-mart 2020-yil). 5-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 „Crunching the numbers for coronavirus“. Imperial News. 19-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2020-yil.
  4. „High consequence infectious diseases (HCID); Guidance and information about high consequence infectious diseases and their management in England“ (en). GOV.UK. 3-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2020-yil.
  5. „World Federation Of Societies of Anaesthesiologists – Coronavirus“. www.wfsahq.org. 12-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2020-yil.
  6. „Австралияда коронавирусга қарши эмланганлик паспортини синовдан ўтказиш бошланди“. Bugun.uz. 2021-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 13 март.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]