Shuhrat Teshayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shuhrat Teshayev
Шуҳрат Тешаев
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining agrotexnologiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Mansab davri
2012 – 2014
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri
Mansab davri
2014 – 2016
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Zafar Roʻziyev
Vorisi Zoir Mirzayev
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri oʻrinbosari
Mansab davri
2016 – 2018
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Farg‘ona viloyati hokimiyatida qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar
Mansab davri
2018 – 2019-yil 26-fevral
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
Mansab davri
2019 – 2022-yil 5-sentyabr
Mukofotlari O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi

Shuhrat Jo‘raqulovich Teshayev — 1969-yil 7-avgustda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tugʼilgan[1]. Olim-agronom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor[2]. 1993-yil Toshkent agrar universitetini tugatgan, Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Olim-agronom.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993–1996-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti;

1996–1997-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti defoliatsiya va o‘sishni sozlovchi moddalar bo‘limi kichik ilmiy xodimi;

1997–1999-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi;

1999–2002-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Bosh rahbarining birinchi o‘rinbosari;

2002–2003-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Defoliatsiya va o‘sishni sozlovchi moddalar bo‘limining katta ilmiy xodimi;

2003–2006-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti O‘simliklar fiziologiyasi bo‘limi rahbari;

2006–2010-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti bosh rahbarining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;

2010–2012-yillarda “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori;

2012–2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining agrotexnologiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;

2014–2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri;

2016–2018-yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori[3];

2018–2019-yillarda Farg‘ona viloyati hokimiyatida qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar sifatida xizmat qilgan[4][3].

2019-yil 26-fevraldan 2022-yil sentyabrigacha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishladi.

2022-yil 5-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tanqidlaridan keyin Shuhrat Teshayev faoliyatidagi kamchiliklari va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Lekin yangi ish joyi haqida ma’lumot berilmagan[5].

2021-yil 25-avgustda Oʻzbekiston Prezdenti Shuhrat Teshayevga „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi“ faxriy unvoni bilan mukofotladi[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Первый замминистра сельского хозяйства освобожден от должности“ (Rus tilida) (2022-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  2. „Shuhrat Teshayev qishloq xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi“ (2022-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Tarjimai hol: Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich“ (2016-yil 16-dekabr). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  4. „Шухрат Тешаев назначен первым заместителем министра сельского хозяйства“ (Rus tilida) (2019-yil 27-fevral). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  5. „Первый замглавы Минсельхоза уволен, Шухрат Ганиев и Актам Хаитов раскритикованы“ (Rus tilida) (2022-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  6. „Президент 500 нафар юртдошимизни тақдирлади (тўлиқ рўйхат)“ (2021-yil 25-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.