Oʻz armiyasiga ega boʻlmagan davlatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ushbu roʻyxatga oʻz qurolli kuchlariga ega boʻlmagan faqat mustaqil davlatlar kiritilgan. Baʼzida ularning mustaqilligi faqat formallidir. Shuningdek oʻsha mamlakatda Politsiya yoki boshqa kuchlar armiya vazifasini bajarishadi.

Deyarli hammavaqt ularda boshqa davlat bilan oʻzini himoya qilishi boʻyicha kelishuvi mavjud. Masalan oʻz armiyasiga ega boʻlmagan Nauruda Avstraliya bilan kelishuvi mavjud, Yaponiya esa butunlay oʻz armiyasidan kechib AQSHning protektorati va himoyasini olgan.

Islandiya va Monakoda klassik tushuncha boʻyicha armiyasi yoʻq, biroq muhim nopolitsiyaviy tuzilmalar mavjud.

Sharqiy pereneyda, Fransiya va Ispaniya oʻrtasida joylashgan Yevropaning bu mitti davlatining dengizga chiqish yoʻli singari qurolli kuchlari xam yoʻq. Lekin tazyiqqa uchraganida, Fransiya va Ispaniyadan tashqari NATO kuchlariga xam ishonsa boʻladi.[1]

Italiya poytaxti Rim xududida joylashgan Vatikan eng kichik davlat boʻlishi bilan birgalikda, BMT va dunyo xamjamiyati tomonidan tan olingan xolda, BMT ga aʼzo boʻlmagan yagona davlatdir. Rim katolik cherkovining markazi boʻlgan bu davlat, Rimning ichida joylashganiga qaramay xuquqiy jixatdan mutlaqo mustaqildir. Xatto, Italiyaga xam boʻysinmaydi. Lekin shunga qaramay, Italiyaning 300 mingga yaqin qoʻshini va 50 ming nafar dengiz piyoda askarlaridan iborat armiyasi zimmasiga Vatikanni xam ximoya qilish vazifasi yuklatilgan

Karib dengizining janubiy sharqidqa joylashgan bu orol davlat xam oʻz qurolli kuchlariga ega emas. Xujumga uchragan chogʻda, Antigua va Barbuda, Barbados, Dominikan respublikasi kabi davlatlar ximoyaga chiqishadi. Lekin bu davlatlarning oʻzlari yetarli xarbiy kuchlarga ega emasligi uchun baribur AQShdan madad kutishga toʻgʻri keladi.

Markaziy Amerikaning eng kichik davlatlaridan biri boʻlgan Kosta-Rika ikki qitʼani bogʻlovchi yerlarda joylashgan. Poytaxti San-xose shahri boʻlgan bu davlat 1947-yildagi kelishuvga koʻra AQSh, Chili, Kuba kabi davlatlarga ishonib, xotirjam kun koʻradi.

Poytaxti Vaduts shahri boʻlgan Markaziy Yevropadagi bu davlat Avstriya va Shvetsariya bilan chegaradosh. Knyazlikda konstitutsa monarxiya tizimi xukm suradi. Garchi biror bir davlat rasman Lixtenshteyn mudofasini oʻz zimmasiga olmagan boʻlsa-da, knyazlik xukumati Shvetsariyada oʻtqazilgan muzokaralar chogʻida bir qator davlatlar bilan bu borada bitimlar imzolanganligini takitlaydi.

Tinch okeanida joylashgan Mikroneziyadagi bu davlatning poytaxti Majuro shahridir. Koʻplab mayda orollardan iborat bu mamlakatda 64 min axoli istiqomat qiladi. Bu davlat mudofaasi boʻyicha javobgarlikni AQSh oʻz zimmasiga olgan.

Tinch okeanining gʻarbiy qismida shu nomli orolda joylashgan bu davlatning axolisi 14 000 kishidan iborat. Oʻz mustaqilligiga 1968-yilda erishgan. Nauru davlatini Avstraliya oʻz ximoyasiga olgan va bu shunchaki shartnoma emasligini amalda xam isbotlagan. 1940-yilda Nauru xali mustaqil davlat maqomiga ega boʻlmagan boʻlsa-da, Germaniya xujum qilgan payitda Avstraliya koʻmakka kelgan.

Tinch okeanining Filippindan dengizidagi 328 oroldan iborat bu davlat Filippindan 800 km uzoqda joylashgan. Axolisi bor yoʻgʻi 20 ming nafar tashkil qilgani xolda oʻz poytaxti — Melekeok shaxriga xam ega. 1983-yilda imzolangan bitimga koʻra AQSh himoyasiga olgan.

Tinch okeanining janubiy sharqiy qismida joylashgan bu davlat, shu nomdagi arxipelagining gʻarbiy qismini band qilgan. Poytaxti Apia shaxri Ulolu orolida joylashgan. Yangi Zelandiya lozim boʻlganda xarbiy yordam koʻrsatish kafolatlagan.

Tinch okeanining janubiy gʻarbiy qismidagi Melaneziyada joylashgan shu nomli arxipelagida 992 orollarni band etgan bu davlat xam oʻzini ximoya qila olmaydi. Shuningdek lozim boʻlganda qaysi davlat ximoyasiga tayanishini ham eʼlon qilmagan.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Manbalar[tahrir]

  1. Armiyasiz davlatlar