Kontent qismiga oʻtish

Nilufar Kiyamova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nilufar Kiyamova
Nilufar Kiyamova Shuxrat qizi
 Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi o'rinbosari, "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi
Mansab davri
2020-yil 18-maydan – 2020-yil 29-avgustgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Shavkat Abdulazizov
 O'zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasi raisi
Mansab davri
2022-yil 3-sentyabrdan – 2023-yil 28-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Istam Xamroyev
Vorisi Otabek Shavkatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Nilufar Shuxrat qizi Kiyamova

28-oktyabr 1996-yil (1996-10-28) (27 yosh)
Termiz shahar
Surxondaryo viloyati
Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Bolalari Norbek Komiljonov
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Taʼlim Bakalvriat: Termiz davlat universiteti
Magistratura: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Kasbi jamoat faoli, yosh lider ayol.
Dini islom
Maʼlumoti oliy
Mukofotlari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti

Nilufar Kiyamova (toʻliq ismi: Kiyamova Nilufar Shuxrat qizi, 1996-yil 28-oktyabr, Termiz shahri, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston) – jamoat faoli, yosh lider. "Kamalak" bolalar tashkiloti Surxondaryo viloyati raisi hamda Oʻzbekiston yoshlar Ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi oʻrinbosari (2020), "Qizlar ovozi" loyihasi asoschisi va bosh koordinatori (2020-2023), Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori (2021), Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi oʻrinbosari (2020-2021), Oʻzbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi (2022-2023).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiyamova Nilufar Shuxrat qizi 1996-yil 28-oktyabrda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tugʻilgan. Oilada 2-farzand. Birinchi sinfni 2003-yil Denov tumanidagi 77-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boshlagan. 2010-yilda oilasi Termiz shahriga koʻchganidan soʻng shahardagi 3-sonli oʻrta maktabda (2010-2012), 2012-yildan Termiz shahar Sanʼat va madaniyat kollejida rejessyura va ssenaristika fakultetida taʼlim olgan. Bu davr mobaynida adabiyotga chuqur qiziqish paydo boʻlgan va u „Koʻngil simfoniyasi“ (2013) hamda „Yoningdaman“ (2014) sheʼriy toʻplamlarini chop qilgan[1].

2018-yil Termiz davlat universiteti Rus tili filologiyasi va adabiyoti yoʻnalishiga oʻqishga kirgan. Oʻsha davrdan boshlab ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun xayriya ishlari bilan shugʻullanishni boshlagan va shunday oila farzandlariga rus tili fanidan beminnat taʼlim bergan. 2019-yil Malayziya, Indoneziya, Polsha va Hindiston davlatlarining oliy oʻquv yurtlariga yozgi oʻquv dasturini qoʻlga kiritgan[1].

2019-yilning ikkinchi yarimida ilk Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻtkazilgan „Yurtimizning 5 eng zoʻr volontyorlari“ tanlovida gʻolib boʻlib, Sochi shahrida (Rossiya) Oʻzbekiston nomidan ishtirok etgan[2].

2020-yil Covid-19 karantin davrida olib borgan faoliyati uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Mehr-Saxovat" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1]. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi raisi oʻrinbosari va "Kamalar" bolalar tashkiloti raisi lavozimiga tayinlangan. Aynan shu yili, "Qizlar ovozi" maktabi loyihasiga asos solgan va turli sohalardagi iqtidorli qizlarni loyiha atrofida yigʻa boshlagan[3]. Ushbu loyiha davomida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va boshqa davlatlarda faoliyat olib boradigan yosh xotin-qizlar bilan koʻplab ijtimoiy loyihalar ustida ishlagan[4][5].

2021-yil jamoatchilik faoliyati uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofotini sovrindori boʻlgan[6]. 2021-yil oktyabr oyida Armaniston davlatining Kapan shahrida boʻlib oʻtgan „MDH davlatlari uchun 100 gʻoya“ xalqaro tanlovida „Qizlar ovozi“ loyihasi bilan gʻolib boʻlib, loyihani „MDH davlatlari oltin fondi“dan joy olishiga sababchi boʻlgan[7].

2022-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro aloqalar va siyosatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichiga qabul qilingan. Shu yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi lavozimiga tayinlandi[8]. Faoliyati davomida Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya kabi davlatlarda mehnat qilish va taʼlim olish maqsadida boʻlib turgan oʻzbekistonlik yoshlarning holatini oʻrganish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda sayyor qabullarga boshchilik qilgan.

2023-yilda magistratura bosqichini tamomlab, oilaviy xizmat safari sabab Xitoy xalq Respublikasiga koʻchib oʻtgan. U yerda Stanford universitetining "International Womenʼs Health and Human Rights" oʻquv dasturini tugatgan. 2024-yil Oʻzbekistonga qaytgan. Hozirgi kunda bir necha loyihalar ustida ish olib bormoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]