Qizlar ovozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Qizlar ovozi“ maktabi
Maqomi Davom etmoqda
Ishga tushgan sanasi 1-iyun, 2020-yil(2020-06-01)
Joylashuvi Virtual
Asoschi(lar)i Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (Nilufar Kiyamova)
Vebsayti [1]
Til(lar)i oʻzbek, rus, ingliz

„Qizlar ovozi“ maktabi (shuningdek ruscha: Школа «Голос девушек») — Oʻzbekistonda qizlar uchun 2020-yilda tashkil etilgan maxsus onlayn maktab. Yoshlar ishlari agentligi loyihasi[1]. Loyiha asoschisi Nilufar Kiyamova[2][3].

„Qizlar ovozi“ maktabi loyihasi 2021-yili Armanistonning Kapan shahrida boʻlib oʻtgan „Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi uchun 100 gʻoya“ tanlovining taʼlim yoʻnalishida gʻolib deb topildi. Tanlovga loyihani Oʻzbekistondan ishtirok etgan Nilufar Kiyamova taqdim etdi. „Qizlar ovozi“ maktabi loyihasi Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining oltin fondidan joy oldi. Keyingi bosqichlarda esa mazkur loyiha butun MDH davlatlarida amalga oshirilishi kutilmoqda[4].

Loyiha vazifasi 14—30 yoshda boʻlgan, ijtimoiy kelib chiqishi, oʻqish va ish joyidan qatʼiy nazar Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridagi qizlarni ragʻbatlantirish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, yangi kasblar bilan tanishtirish va tanlagan yoʻnalishi boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalar berish, shuningdek, ularning jamiyat hayotidagi rolini oshirish va mustahkamlashdir[1][5][6].

Loyihadan maqsad oʻz sohasi mutaxassislarining darslari orqali qizlarni ragʻbatlantirish, ularga zamonaviy kasblarni oʻrgatish, shaxsiy loyihalarini boshlashga yordam berish, tanlangan sohalarda qizlarning amaliyot oʻtashlariga koʻmaklashish, loyihalarini amalga oshirishga hissa qoʻshishdir[5].

Maktabdagi nazariy taʼlim jarayoni Zoom dasturi orqali amalga oshirilib, oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Har bir darsning davomiyligi 45 dan 90 daqiqagacha. Shundan 10—15 daqiqa maʼruzachi bilan tanishishga, 30—60 daqiqa tanlagan mavzuni yoritishga, 5—15 daqiqa oʻquvchilar savollariga javob berish uchun ajratilgan. Loyiha qoidalariga asosan, oʻquvchilar dars boshlanishidan 15 daqiqa oldin Zomm dasturigaga kirishlari shart. Oʻquvchilarga uzrli sabablarsiz onlayn ta’limni tark etishga ruxsat berilmaydi. Oʻquvchilar biron sababga koʻra darsda ishtirok eta olmasalar, ularga jarayonning videoyozuvi taqdim etiladi. Shuningdek Zomm dasturiga havolalarni tarqatish qatʼiyan man etilgan. Havolani tarqatgan talaba maktabdan chetlashtiriladi. Maktabga oʻquvchi sifatida qabul qilinmagan qizlar maktab jarayonida erkin tinglovchi sifatida qatnashishlari mumkin[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan „Qizlar ovozi“ maktabining 3-mavsumida ishtirok etish imkoniyati“. Grantgo.uz (23-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
  2. „Oramizdagilar. Kiyamova Nilufar“. Yoshlarportali.uz. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
  3. „Нилуфар Киямова“. Qizlarovozi.uz. 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
  4. „MDH davlatlari ichida oʻzbekistonlik Nilufar Kiyamovaning loyihasi gʻolib boʻldi“. Aniq.uz (20-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Biz haqimizda“. Qizlarovozi.uz. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil. [sayt ishlamaydi]
  6. „О нас“. Qizlarovozi.uz. 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.