Kontent qismiga oʻtish

New Providence (Bagama)

Koordinatalari: 25°1′48″N 77°24′18″W / 25.03000°N 77.40500°W / 25.03000; -77.40500
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
New Providence
Orol
Skyline of New Providence
25°1′48″N 77°24′18″W / 25.03000°N 77.40500°W / 25.03000; -77.40500
Mamlakat Bagama
Maydon 207 km2 (80 kv mi)
Markazi balandligi 5 m
Aholisi
 (2022)
296,522
Zichligi 1,325.6 kishi/km2
Milliy tarkib Afrikaliklar 89%, Yevropaliklar 8%, Osiyoliklar va Ispanlar 3%.
[[File:|290px|New Providence xaritada]]
New Providence
New Providence
New Providencening kengaytiriladigan batafsil xaritasi.

New ProvidenceBagama orollaridan eng gavjum orol. U Bagamaning 70% dan ortiq aholisini oʻz ichiga oladi[1]. Bagama markazi poytaxt Nassau shahrining joylashgan joyi boʻlib, uning chegaralari orol bilan tutashadi. 2010-yil roʻyhatga olingan aholi soniga koʻra 246,329 kishini tashkil qilgan, 2016-yilgi oxirgi hisobda aholi koʻrsatkichi 274,400 taga yetgan[2][3].

Christopher Columbus Yangi Dunyoni kashf qilganida orol dastlab Ispaniya nazorati ostida boʻlgan, ammo Ispaniya hukumati orolni hamda butun Bagama orollarini rivojlantirishga etibor bermagan[4]. Orolning eng yirik shahri boʻlgan Nassau avval Charles-town nomi bilan atalgan. Lekin u 1684-yilda ispanlar tomonidan vayron qilinib, yoqib yuborilgan. Orol 1695-yilda eng muvaffaqiyatli lordlar egasi Nicholas Trott tomonidan Angliya shahzodasi Orange-Nassau sharafiga qayta tiklanadi va Nassau deb nomlanadi.

Bagama hukumatining uchta asosiy tarmogʻi: ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi hamda sud hokimiyati, barchasi New Providence orolida joylashgan. New Providence Bagama orollarining asosiy savdo markazi hisoblanadi. Shu bilan birga, u 400 dan ortiq bank va ishonchli kompaniyalarni oʻzida jamlaydi. Uning mehmonxonalari va portlarida har yili Bagama orollariga keladigan toʻrt milliondan ortiq sayyohning uchdan ikki qismidan koʻprogʻi tashrif buyuradi. New Providencedagi boshqa aholi punktlariga Grants Town, Bain Town, Fox Hill, Adelaida, Yamacraw, South Beach, Coral Harbour, Lyford Cay, Paradise Island, Sea Breeze, Centreville, Grove (Janubiy) va Grove (Shimoliy), Cable kabi sohil va shaharchalar kiradi[5].

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab mahalliy Lucayan aholisi tomonidan Nema deb atalgan orolning maʼnosi „oʻrta suv“ degan maʼnoni anlatgan[6]. New Providence nomi XVI asrda kema halokatidan omon qolgani uchun ilohiy providensiyaga minnatdorchilik bildirgan gubernatorning taklifi bilan qoʻyilgan. „New“ (yangi) soʻzi orolni qaroqchilar makoni hisoblangan Gʻarbiy Karib dengizi (hozirgi Kolumbiya) Providensiyasidan farqlash uchun keyinchalik qoʻshilgan[7].

Nassau jangining badiiy talqini

1670-yildan keyin Grand Turk oroli va Inaguada dengiz tuzini yigʻish bilan shugʻullanadigan Bermud yirtqichlari orolning doimiy tashrif buyuruvchilariga aylangan. Birinchi doimiy Yevropa turar joylari 1648-yilda Eleutherada, keyinchalik 1666-yilda New Providenceda paydo boʻlgan.

1670-yilga kelib, Charles-Town aholi turar joylarida 900 dan ortiq kishi istiqomat qilgan. Masuliyatsiz gubernatorlar almashinuvi sababli Charlz-Taun fransuz va ispan flotlari tomonidan hujumga uchragan va qaroqchilar uchun maxsus bazaga aylangan. Oqibatda 1684-yilda Ispaniya hukumati tomonidan hujum uyushtirilib vayron qilingan. Ikki yil oʻtgach, 1686-yildan boshlab bu hududga Yamaykadan yangi ingliz aholisi kelib joylasha boshlagan. Ular Yamayka gubernatori tomonidan chaqirilgan boʻlsada, lekin ular bu buyruqqa boʻysunmagan va muqim yashash uchun qolishgan. 1695-yilda gubernator Nicholas Trott shaharni qayta quradi va ikki qal’ani qoʻshib ikkalasi ham Nassau deb nomlaydi. Lekin qal’a 1700-yilda ispanlar hujumi oqibatida jiddiy zarar koʻradi, buning oqibatida mustamlakachilar 1703-yilda fransuz va ispan hujumidan keyin qal’ani tark etishga majbur boʻladi. Qal’ada toʻp va askarlar boʻlmaganligi sababli, New Providence tez orada yana qaroqchilar bazasiga aylanadi. 1713-yilga kelib, Nassauda qaroqchilar soni mingdan oshib ketadi. Qaroqchi Thomas Barrouw oʻzini New Providence gubernatori deb eʼlon qiladi[8]. 1718-yilda gubernator Woodes Rogers Buyuk Britaniya qiroli George I tomonidan New Prodencega yuboriladi va ular oʻz yoʻlidan voz kechmoqchi boʻlgan har qanday qaroqchini avf etishni taklif qiladi. U agar qaroqchilar uning taklifiga rozi boʻmasa ularni qatl qilish bilan tahdid qiladi va Rojers shu orqali Nassauni qaroqchilardan tozalashga erishadi.

1776-yil fevral oyida amerikalik Esek Hopkins yettitadan ortiq kemadan iborat dengiz flotini boshqarib, Britaniya tasarrufidagi orolga taʼminot va oʻq-dorilarni olib kirish maqsadida reyd oʻtkazishga harakat qiladi. Nassau jangi deb nomlanuvchi ushbu voqeada 3-4-mart kunlari Hopkins 250 nafar dengiz piyodalari va dengizchilardan iborat Amerika harbiy kuchlari tasarrufida birinchi marta amfibiya hujumini amalga oshiradi. New Providence va Waspni vayron qilib, hujumchilar Fort Montegueni qoʻlga olishadi. Inglizlar avval Nassauga qochadi ammo keyin isyonchi kuchlarga taslim boʻladi. Amerikaliklar oʻzlariga 88 ta toʻp va 15 ta minomyotni olib qoladi, ammo qoʻlga olishdan oldin kerak boʻladigan poroxning koʻp qismini evakuatsiya qilshadi. Hopkins ikki hafta ichida kemalariga oʻljalarni yuklaydi va qaytib ketadi.

Janubiy Karolina dengiz flotining Janubiy Karolina fregati 1782-yil 12-yanvarda Gavanaga yetib keladi. Gavanada Alexander Gillon va ispanlar oʻrtasida muzokaralar boʻlgandan keyin, Janubiy Karolina Bernardo de Galves qoʻmondonligi ostida ispan kuchlarining 59 ta kemadan iborat qoʻshiniga qoʻshiladi. 22-aprelda birlashma qoʻshinlar New Providenceni qoʻlga kiritish uchun suzib ketadi. 6-mayga kelib butun flot New Providencega yetib boradi va 8-mayda Britaniya mustamlakasini taslim qiladi. Bu Amerika inqilobiy urushi paytida New Providencening qoʻshni davlatlar tomonidan uchinchi marta bosib olinishi edi.

Amerika inqilobidan keyin, bir necha ming loyalistlar oʻzlarining qullari bilan qishloq xoʻjaligini qayta tiklash plantatsiyasi maqsadida New Providence va unga yaqin orollarga koʻchib oʻtadi. Tuproqlarning sayozligi va yogʻingarchilik miqdorining kamligi bu faoliyatni amalga oshirishni qiyinlashtiradi. XIX asr boshlariga kelib Bagama orollari deyarli boʻsh arxipelagga aylanadi. Bu yerda faqat tuz yigʻish ishlari davom etardi. Aholi kamayishi sabab qal’alar qulab tusha boshlagan va 1850-yilga kelib orol butunlay tashlab ketilgan. Keyingi yillarda New Providence ikki marta yuqori iqtisodiy jihatdan foyda keltirgan: 1861-1865-yillardagi Amerika fuqarolar urushi vaqtida orol Amerika Konfederativ shtatlari blokadachilari uchun juda mashhur port boʻlib hizmat qilgan[9]. Taqiqlash davrida esa distillangan spirtli ichimliklar uchun kontrabanda markazi boʻlgan.

Sayyohlikda ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrning oxiriga kelib, New Providence gʻarbiy yarimsharning sanatoriysi sifatida mashhur boʻla boshladi. Aholisi hamda sayyohlarning sharxlarida kunlik haroratning kam miqdorda oʻzgarishi, har qanday 12 soatlik davr 3 °C (5 °F) doirasidagi juda yumshoq iqlimi maqullangan. Orol sayyohlik uchun moʻljallanib, Issiq qish mavsumida ham mukammal drenaj, xristian cherkovlari, yaxshi obodonlashtirilgan va toʻgʻri chiziqli yoʻllar, zamonaviy hashamatli binolar, ingliz tilida soʻzlashuvchilar bilan toʻldirilgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarining janubiy qirgʻoqlari, Kuba va Nassau oʻrtasida bugʻli kemalar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan va bu orol mashhurligi ortishiga hissa qoʻshmoqda[10].

1920-yillarning oxirlarida New Providence koʻplab sayyohlik ob’ektlari bilan boyitilgan. Shu jumladan qisqa muddatli kruiz kemalari, sayyohlar uchun chuqurlashtirilgan port va qimor oʻyinlari, taklif qiluvchi mehmonxonalarga ega Amerika dam olish maskani sifatida yaxshi tashkillashtirilgan. Hozirgi kunda Grand Bagamadagi Freeport oroli rivojlanishi bilan New Providence shuhrati bir oz pasaygan boʻlsada, Bagamiyaliklarning uchdan ikki qismi bu yerda istiqomat qiladi.

  1. 2010 Census of Population and Housing: New Providence (Report). Department of Statistics of the Bahamas. August 2012. p. 3. Archived from the original on December 20, 2016. https://web.archive.org/web/20161220072543/http://www.bahamas.gov.bs/wps/wcm/connect/c17e5637-1f39-484b-8107-a7be2176c51b/NEW+PROVIDENCE+2010+CENSUS+REPORT.pdf?MOD=AJPERES. Qaraldi: May 18, 2015. 
  2. „CIA Factbook“ (2022-yil 22-sentyabr). 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar.
  3. „World Atlas – Where is Nassau?“. 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-aprel.
  4. Bruce Taylor. „Review of Johnson, Howard, The Bahamas From Slavery to Servitude, 1783–1933.“. H-Lat Am, H-Net Reviews. (1997-yil sentyabr). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-yanvar.
  5. „New Providence“. Government of the Bahamas. 2012-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-sentyabr.
  6. Ahrens, Wolfgang P. (2015). "Naming the Bahamas Islands: History and Folk Etymology" (en). Onomastica Canadiana 94 (2): 101. ISSN 2816-7015. Archived from the original on 2023-02-21. https://web.archive.org/web/20230221041210/https://ojs.lib.uwo.ca/index.php/oc/article/view/14910. Qaraldi: 2023-02-21. New Providence (Bagama)]]
  7. John Everett-Heath. „New Providence Island“. Encyclopedia.com. 2013-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-sentyabr.
  8. Headlam, Cecil. America and West Indies: July 1716 | British History Online, Vol 29 (en), London: His Majesty’s Stationery Office, 1930 — 139–159-bet. Qaraldi: 2017-yil 15-oktyabr. 
  9. "Mysterious Fate of the Blockade Runners" by J. W. A. Wright, The Overland Monthly, ed. by Bret Harte. 1885
  10. Nassau, island of New Providence, Bahamas. Murray, Ferris & Co., November 1877 — 26-bet. ISBN 978-5-87272-044-7.