Yangi dunyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangi dunyo

Yangi dunyo (inglizcha: New World) — portugaliyaliklar tomonidan 1500 va 1501—02 yillarda Atlantika okeani ortida kashf qilingan jan. materikning bir qismiga A.Vespuchchi (1503) taklifi bilan berilgan nom. Keyinroq butun jan. materik, 1541-yildan shim. materik ham Yevropa, Osiyo va Afrikadan keyingi toʻrtinchi qitʼani anglatuvchi Amerika nomi bilan bir qatorda Yangi dunyo deb ham ataldi.

Qarama-qarshi - Eski dunyo.