Porox

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Porox — koʻp komponentli portlovchi moddalarning zichlashtirilgan qattiq (kondensirlangan) aralashmasi. P. havosiz muhitda barqaror yonib, katta miqdorda qizigan gazsimon mahsulotlar hosil qilish xususiyatiga ega. P.ning yonishi tashqi bosimning keng oraligʻida (0,1—1000 MPa) issiqlikni qavatdan qavatga oʻtkazishga asoslangan. 2 xil P. farqdanadi: 1) tutunsiz P. (nitrotsellyuloza asosidagi) piroksilinli P., karbitlar va ballistitlarga boʻlinadi; 2) aralashmali P. (yoqilgʻi va oksidlovchidan iborat), jumladan tutunli P. (qora P.) kon ishida dekorativ toshlar (marmar, diabaz va boshqalar)ning yirik boʻlaklarini ajratib olishda, tutunsiz P. karyerlarda portlash ishlarida, artilleriya va oʻqli qurollarning oʻqdorilari sifatida, pirotexnik qurilmalar va boshqalarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil