Yupiter
Voyager kosmik kemasi olgan surat (1979). | |||||||||||||
Kimning sharafiga nomlangan | Yupiter | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mehvar tasnifi[6] | |||||||||||||
Davr J2000 | |||||||||||||
Afeliy | 816.62 Gm (5.4588 AU) | ||||||||||||
Perigeliy | 740.52 Gm (4.9501 AU) | ||||||||||||
Katta yarim oʻqi | 778.57 Gm (5.2044 AU) | ||||||||||||
Ekssentrisiteti | 0.0489 | ||||||||||||
Orbital davri | |||||||||||||
Sinodik davri | 398.88 d | ||||||||||||
Oʻrtacha orbital tezligi | 13.07 km/s (8.12 mi/s) | ||||||||||||
Oʻrtacha anomaliya | 20.020°[2] | ||||||||||||
Chekinish |
| ||||||||||||
Orbital tugun uzunligi | 100.464° | ||||||||||||
Perigeliy vaqti | 21-yanvar 2023-yil[4] | ||||||||||||
Perigeliy argumenti | 273.867°[2] | ||||||||||||
Tabiiy yoʻldoshlari soni | 80 (2021)[5] | ||||||||||||
Fizik tasnifi[6][12][13] | |||||||||||||
Oʻrtacha radiusi |
69,911 km (43,441 mi) 10.973 (Yer) | ||||||||||||
Ekvatorining radiusi |
| ||||||||||||
Qutbiy radiusi |
| ||||||||||||
Siqiqligi | 87 0.064 | ||||||||||||
Yuzasi |
| ||||||||||||
Hajmi |
| ||||||||||||
Massasi |
| ||||||||||||
Zichlik | 1,326 kg/m3 (2,235 lb/cu yd) | ||||||||||||
Erkin tushish tezlanishi (ekvatorda) |
24.79 m/s2 (81.3 ft/s2) 2.528 g | ||||||||||||
Inersiya faktori momenti | ±0.0006 0.2756[8] | ||||||||||||
Ikkinchi kosmik tezlik | 59.5 km/s (37.0 mi/s) | ||||||||||||
Aylanish davri | (9 soat 55 daqiqa 33 s) 9.9258 h[1] | ||||||||||||
Siderik sutka | 9.9250 soat (9 soat 55 daq 30 s) | ||||||||||||
Aylanish tezligi | 12.6 km/s (7.8 mi/s; 45,000 km/h) | ||||||||||||
Ekliptikaga ogʻish burchagi | 3.13° | ||||||||||||
Rektassenziya (Shimoliy qutb uchun) | 268.057°; 17soat 52daq 14s | ||||||||||||
Deklinatsiya (Shimoliy qutb uchun) | 64.495° | ||||||||||||
Albedo |
0.503 (bond)[9] 0.538 (geometrik)[10] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Koʻrinma yulduz kattaligi | −2.94[11] dan −1.66 gacha[11] | ||||||||||||
Oʻq diametri | 29.8" dan 50.1" gacha | ||||||||||||
Atmosfera[6] | |||||||||||||
Atmosfera bosimi | 200–600 kPa[14] | ||||||||||||
Bir xil atmosferalar balandligi | 27 km (17 mi) | ||||||||||||
Atmosfera tasnifi | |||||||||||||
Yupiter yoki Mushtariy (arab.) — Quyosh tizimining Quyoshdan uzoqligi boʻyicha beshinchi va kattaligi jihatdan birinchi oʻrindagi sayyorasidir. Astronomik belgisi fi . Uning massasi Quyosh tizimidagi barcha sayyoralarning umumiy massasidan ikki yarim baravar koʻpdir. Yupiter Saturn, Uran hamda Neptun bilan birgalikda gazli gigantlar toifasiga kiradi. Bu sayyora odamlarga qadim zamondan maʼlum boʻlgan boʻlib, qadimgi Rim mifologiyasidagi xudo - Yupiter sharafiga shunday nomlangan.
Yupiter asosan vodorod va geliydan tashkil topan. Sayyoraning markazida kuchli bosim ostidagi, ogʻir elementlardan tashkil topgan yadrosi bor. Sayyoraning atmosferasi bir nechta chiziqlarga boʻlingan, bu ularning chegaralarida kuchli boʻronlarni hosil qiladi. Buning sezilarli natijasi — Katta Qizil Dogʻ, ulkan boʻron. U odamlarga XVII asrdan buyon maʼlum. Atmosfera ichiga chuqurlashib borgan sari bosim va harorat oshadi. Yupiter kuchli magnitosferaga ega.
Yupiterning hozirga qadar 80 ta yoʻldoshi aniqlangan.[5] Uning eng katta 4 ta yoʻldoshi Galileo Galilei tomonidan 1610-yil aniqlangan. Yupiterning yoʻldoshi Ganimedning diametri Merkuriynikidan katta. Yevropaning ichki qatlamida okean aniqlangan, Io boʻlsa Quyosh sistemasidagi eng kuchli vulqonlari bilan mashhur.
Yupiter NASAning 8 ta sayyoralararo stansiyalari bilan kuzatilgan. Eng ahamiyatlilari „Pioner“ va „Voyager“, keyinchalik sayyoraga zond tushirgan „Galileo“ boʻlgan. Yupiterga borgan oxirgi apparat „Yangi Ufqlar“, hozir u Plutonga yoʻl olgan.
Fizik tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yupiterning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 5,204 astronomik birlik (778,6 million km) ga teng. Orbitasining ekssentrisiteti 0,0484. Orbita tekisligi va ekliptika orasidagi burchak G18. Quyosh atrofida siderik aylanish davri 4332,59 sutka (11,862 yil), orbita boʻylab oʻrtacha tezligi 13,01 km/s. Yerdan Quyoshga nisbatan qarama-qarshi turishi har 398,88 sutkada qaytariladi (sinodik davr), yaʼni bunday roʻpara turish vaziyati har gal avvalgisidan deyarli bir oy kech keladi. Bu vaqtda Yupiter koʻzga ancha ravshan (Venera va Marsdzm keyin) sayyora boʻlib koʻrinadi. Uning koʻrinma yulduz kattaligi — 1,2 dan 2,7 gacha oʻzgarib turadi. Yupiter teleskopda elliptik disk shaklida koʻrinadi. Koʻrinma diametri 32" dan 50" gacha oʻzgarib turadi. 17-asr boshida Yupiterni Galilei birinchi boʻlib oʻz teleskopida kuzatgan. Yupiterning haqiqiy ekvatorial diametri 143600 km boʻlib, Yer diametridan 11,26 marta katta. Uning qutbiy diametri boʻyicha bosiqligi 1/16 boʻlib, qutbiy diametri ekvatorial diametridan 1100 km ga qisqadir. Yupiterning sirti Yer sirtidan 122 marta, hajmi 1345 marta kattgg, yoʻddoshlarining harakatlariga asosan aniqdangan massasi Yernikidan 318,36 marta katta, yaʼni 191029g; lekin zichliga Yer zichligining 0,24 qismiga teng, yaʼni 1,33 g/sm³. Yupiter sathidagi ogʻirlik — tezlanishi Yerdagidan 2,51 marta katta, kritik tezlik, yaʼni ogʻirlik kuchi taʼsirini yengib chiqish tezligi 59,5 km/s. Teleskopda kuzatilganda Yupiter sirtida ekvator boʻylab qora belbogʻlar qoʻrinadi. Bu belbogʻlar vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turadi, bundan koʻrinayotgan hodisalar uning sirtida emas, balki atmosferasiga tegishli, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter gardishida bunday oʻzgarib turadigan belbogʻlardan tashqari deyarli doimiy, oʻzgarmaydigan detallar ham quzatiladi. Masalan, 1878-yilda kashf etilgan qizil dogʻ elliptik shaklda boʻlib, uning oʻlchami 13000x40000 km. 1974-yilda AQShning „Pioner11“ sayyoralararo avtomatik styasining 43000 km masofadan yuborgan maʼlumotlariga qaraganda qizil dogʻ hozir ham rivojlanib borayotgan ulkan atmosfera toʻfonidan iborat ekanligi maʼlum boʻldi. Bu dogʻ Yupiter atmosferadagi juda kuchli qoʻzgʻalish jarayoni boʻlib, gaz massasining aylanishi boʻlishi mumkin degan taxmin bor, ammo bu hodisaning sababi aniq emas. Qizil dogʻ baʼzi yillarda keskin qizil rangda, baʼzi yillarda oqish rangda boʻlib, yaxshi koʻrinmaydi, hatto butunlay koʻrinmay qolishi ham mumkin.
Atmosfera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yupiterning zichligi boshqa gigant sayyoralardagiga nisbatan kam boʻlgani uchun u, asosan, vodorod va geliydan iborat boʻlishi mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter atmosferasi 60 % molekulyar vodorod, 36 % geliy, 3 % neon, 1 % ga yaqin ammiak va metandan tashkil topgan. Yupiter atmosferasidagi vodorod va geliyning oʻzaro nisbati Quyoshdagidek. Shuningdek, Yupiterning magnit qutblari Yer magnit qutblariga qarama-qarshi ekanligi va kuchli radiatsion belbogʻlar mavjud boʻlib, Yernikidan 10 marta kuchli, radiatsion belbogʻlarida elektronlar konsentratsiyasining 1000 marta ortiqligi tasdiqlandi. Harakatlanuvchi detallarini kuzatish natijasida Yupiterning oʻz oʻqi atrofida aylanishi aniqlangan. Yupiter ekvator tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi 3° G boʻlib, unda yil fasllari yoʻq va har xil kenglamalarda aylanish davri turlicha. Yupiter Yerga nisbatan Quyosh energiyasini 27 marta kamroq oladi, shuning uchun Quyosh nuri tushgan va eng koʻp isiydigan hududlari sirtidagi temperatura — 100—150°. Shuning uchun Yupiterdagi bulutlar past trada kondensatsiyalangan ammiak kristallaridan iborat deb hisoblanadi. Yupiterning 17 ta yoʻldoshi boʻlib, eng yirik 4 tasini 1610-yilda Galilei ochgan. Ular Io, Yevropa, Ganimed va Kallisto boʻlib, kichik durbinda koʻrinadi. Ularning orbitalari deyarli aylanadan iborat va Yupiterning ekvator tekisligida yotadi. Daniyalik astronom Ole Rømer 1675-yilda Yupiter birinchi yoʻldoshining tutilishi (Yupiterning orqasiga oʻtishi)ni kuzatib, yorugʻlik tezligini oʻlchagan, 4 ta yoʻldoshning sirtidagi detallarni kuzatib, ularning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri Yupiter atrofida aylanish davriga tengligini va ular doim Yupiterga bir tomoni bilan turishini aniqlagan. Yupiterning yoʻldoshlarida atmosfera topilmagan. 19—20-asrlarda Yupiterning yana 13 ta juda kichik yoʻldoshlari topildi (17 yoʻldosh 1999-yil kashf etilgan). Bulardan 8 13 va 17 yoʻldoshlarning sayyora atrofida teskari tomonga harakatlanishi aniqlangan. Yupiterni tadqiq etishda AQShning Yupiter yaqinidan uchib oʻtgan „Pioner 10“ (1973), „Pioner 11“ (1974), „Voyager 1“, „Voyager 2“ (1979) sayyoralararo avtomatik st-yalari va sayyoraning birinchi sunʼiy yoʻldoshi „Galileo“ (1995—2001) kemasining hissasi juda katta boʻddi. Bu kema yordamida Yupiterning juda shaffof va yupqa tashqi halqasi borligi aniqlandi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Seligman, Courtney „Rotation Period and Day Length“. Qaraldi: 13-avgust 2009-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Simon, J. L.; Bretagnon, P.; Chapront, J.; Chapront-Touzé, M.; Francou, G.; Laskar, J. (February 1994). „Numerical expressions for precession formulae and mean elements for the Moon and planets“. Astronomy and Astrophysics. 282-jild, № 2. 663–683-bet. Bibcode:1994A&A...282..663S.
- ↑ Souami, D.; Souchay, J. (July 2012). „The solar system's invariable plane“. Astronomy & Astrophysics. 543-jild. 11-bet. Bibcode:2012A&A...543A.133S. doi:10.1051/0004-6361/201219011. A133.
- ↑ „HORIZONS Planet-center Batch call for January 2023 Perihelion“. ssd.jpl.nasa.gov. NASA/JPL. Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Amateur Astronomer Discovers New Moon Orbiting Jupiter, Smithsonian Magazine, 22-iyul 2021-yil
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Williams, David R. „Jupiter Fact Sheet“. NASA (26-fevral 2021-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Astrodynamic Constants“. JPL Solar System Dynamics (27-fevral 2009-yil). Qaraldi: 8-avgust 2007-yil.
- ↑ Ni, D. (2018). „Empirical models of Jupiter's interior from Juno data“. Astronomy & Astrophysics. 613-jild. A32-bet. Bibcode:2018A&A...613A..32N. doi:10.1051/0004-6361/201732183.
- ↑ Li, Liming; Jiang, X.; West, R. A.; Gierasch, P. J.; Perez-Hoyos, S.; Sanchez-Lavega, A.; Fletcher, L. N.; Fortney, J. J.; Knowles, B.; Porco, C. C.; Baines, K. H.; Fry, P. M.; Mallama, A.; Achterberg, R. K.; Simon, A. A.; Nixon, C. A.; Orton, G. S.; Dyudina, U. A.; Ewald, S. P.; Schmude, R. W. (2018). „Less absorbed solar energy and more internal heat for Jupiter“. Nature Communications. 9-jild, № 1. 3709-bet. Bibcode:2018NatCo...9.3709L. doi:10.1038/s41467-018-06107-2. PMC 6137063. PMID 30213944.
- ↑ Mallama, Anthony; Krobusek, Bruce; Pavlov, Hristo (2017). „Comprehensive wide-band magnitudes and albedos for the planets, with applications to exo-planets and Planet Nine“. Icarus. 282-jild. 19–33-bet. arXiv:1609.05048. Bibcode:2017Icar..282...19M. doi:10.1016/j.icarus.2016.09.023. S2CID 119307693.
- ↑ 11,0 11,1 Mallama, A.; Hilton, J. L. (2018). „Computing Apparent Planetary Magnitudes for The Astronomical Almanac“. Astronomy and Computing. 25-jild. 10–24-bet. arXiv:1808.01973. Bibcode:2018A&C....25...10M. doi:10.1016/j.ascom.2018.08.002. S2CID 69912809.
- ↑ Seidelmann, P. Kenneth; Archinal, Brent A.; A'Hearn, Michael F.; Conrad, Albert R.; Consolmagno, Guy J.; Hestroffer, Daniel; Hilton, James L.; Krasinsky, Georgij A.; Neumann, Gregory A.; Oberst, Jürgen; Stooke, Philip J.; Tedesco, Edward F.; Tholen, David J.; Thomas, Peter C.; Williams, Iwan P. (2007). „Report of the IAU/IAG Working Group on cartographic coordinates and rotational elements: 2006“. Celestial Mechanics and Dynamical Astronomy. 98-jild, № 3. 155–180-bet. Bibcode:2007CeMDA..98..155S. doi:10.1007/s10569-007-9072-y. ISSN 0923-2958.
- ↑ de Pater, Imke; Lissauer, Jack J.. Planetary Sciences, 2nd updated, New York: Cambridge University Press, 2015 — 250-bet. ISBN 978-0-521-85371-2.
- ↑ Bjoraker, G. L.; Wong, M. H.; de Pater, I.; Ádámkovics, M. (2015-yil sentabr). „Jupiter's Deep Cloud Structure Revealed Using Keck Observations of Spectrally Resolved Line Shapes“. The Astrophysical Journal. 810-jild, № 2. 10-bet. arXiv:1508.04795. Bibcode:2015ApJ...810..122B. doi:10.1088/0004-637X/810/2/122. S2CID 55592285. 122.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Yupiter haqida turkum mavjud |
- Lohninger, Hans „Jupiter, As Seen By Voyager 1“, . A Trip into Space. Virtual Institute of Applied Science, 2-noyabr 2005-yil. Qaraldi: 9-mart 2007-yil.
- Dunn, Tony „The Jovian System“. Gravity Simulator (2006). Qaraldi: 9-mart 2007-yil.
- Yupiter haqida qisqa hajmli videolar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |