Mads Roerslev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mads Roerslev
Roerslev Kopengagen FKda qizish mashg'uloti, 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mads Roerslev Rasmussen
Tavallud sanasi 24-iyun, 1999-yil
Tavallud joyi Kopengagen, Daniya
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi o'ng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami 30

Mads Roerslev Rasmussen (24-iyun 1999-yilda tugʻilgan) — Daniyalik professional futbolchi, Brentford klubida oʻng qanot himoyachisi. U "Kopengagen" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, yoshlar darajasida Daniya terma jamoasida ishtirok etgan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kopengagen FK[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'ng qanot himoyachisi, Roerslev "Kopengagen" akademiyasida o'sdi va 2016-yil 26-oktabrda "Jammerbugt" ga qarshi Daniya kubogining uchinchi bosqichida Frederik Bayning o'rniga ikkinchi bo'limda tushib debyut qildi.[1] U orzusidagi debyutini 6–1 hisobida g'alaba qozongan gol bilan yakunladi.[2] Roerslev 2016–17 yilgi mavsumda yana to'rtta o'yinda maydonga tushdi va 2017-yilning may oyida yangi to'rt yillik shartnoma imzoladi[3] "Parken” stadionida[4] u keyinchalik ijara asosida Halmstads BK va Vendsyssel FFda[5][6][7] o'ynadi, lekin ikkala klubda ham bir nechta o'yinlarda maydonga tusha oldi xalos. Roerslev 2019-yil avgust oyida[5] “Kopengagen”ni tark etdi,[8]

Brentford[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019–2021[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 7-avgustda Roerslev Angliyaga ko'chib o'tdi va Chempionship klubi Brentfordning B jamoasiga qo'shildi, ikki yillik shartnoma asosida, yana bir yil, noma'lum to'lov evaziga.[9] Roerslev 2019-yil oktabr oyida asosiy jamoa tarkibiga kirdi va 2020-yil martiga kelib, 10ta oʻyindan soʻng uning ko'rsatyotgan oʻyinlari uning yangi toʻrt yillik shartnoma imzolashiga va asosiy jamoa tarkibiga koʻtarilishiga yordam berdi.[10] Roerslev 2019–20 yilgi mavsumni 14 ta oʻyin bilan yakunladi, biroq xalqaro burchini bajarayotganda qoʻl osti suyagi jarohati tufayli 2020–21-yilgi mavsumning dastlabki toʻrt oyini oʻtkazib yubordi.[11] Roerslev 2021-yil yanvar oyi boshida oʻyinga qaytdi va bir qator oʻrinbosarlardan soʻng ustozi Henrik Dalsgaardning jarohati unga aprel oyi boshida asosiy tarkibga kirishiga imkon berdi. U mavsum oxirigacha va pley-off bosqichida o'z o'rnini saqlab qoldi, bu 2021-yilgi chempionat pley-off finalidagi g'alabadan so'ng Premyer-ligaga ko'tarilish bilan yakunlandi va shu vaqt ichida Emiliano Markondesga gollardan biriga assistentlik qildi.[12]

2021-yildan hozirgi kungacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi o'ng qanot himoyachisi Henrik Dalsgaard qo'yib yuborilganidan so'ng,[13] taktik tuzilishni 3-5-2 ga o'zgartirilgandan so'ng, Roerslev 2021–22-yilgi mavsumni o'ng qanot himoyachisi Serxi Kanosh orqasida boshladi.[14][15] U Premyer-liga o'yinlarida va EFL kubogining dastlabki bosqichlarida boshlang'ich tarkibda vaqti-vaqti bilan o'rinbosarlarni o'rniga maydonga tushdi. Mavsumning o'rtasiga yaqinlashganda, markaziy himoya pozitsiyalarida ko'payib borayotgan jarohatlar Roerslevning o'ng markaziy himoyachi rolida maydonga tusha boshladi.[16][17][18] U 2021–22-yilgi mavsumning 26 oʻyinida maydonga tushib bitta gol bilan yakunladi, 2022-yil 2-yanvarda Aston Villa ustidan Premyer-ligada 2–1 hisobida gʻalaba qozondi.

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roerslev U17 va U21 o'rtasidagi barcha darajadagi Daniya terma jamoasi tarkibida o'ynagan. U 2016, 2018 va 2021-yillardagi UEFA Yevropa U17, U19 va U21 chempionatlarida Daniya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.[19] 2022-yil may oyida Roerslev UEFA Millatlar Ligasi A 2022–23-yilgi oʻyinlari oldidan kattalar jamoasi yigʻiniga chaqirildi.[20]

O'yin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'ng qanot himoyachisi Roerslev "hujumda juda yaxshi o'yin ko'rsatadi - u to'pni yaxshi kesib uzata oladi, yakkama-yakka kurashlarda yaxshi o'ynay oladi, maydonda tezkor va shijoatli. U yakkama-yakka himoyada ham yaxshi”.[21]

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 22 May 2022
Appearances and goals by club, season and competition
Club Season League National Cup League Cup Europe Other Total
Division Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals
FC Copenhagen 2016–17 Danish Superliga 3 0 2 1 0 0 5 1
2017–18 Danish Superliga 2 0 1 0 0 0 3 0
2018–19 Danish Superliga 0 0 1 0 4 0 5 0
Total 5 0 4 1 4 0 13 1
Halmstads BK (loan) 2017 Allsvenskan 1 0 1 0
Vendsyssel FF (loan) 2018–19 Danish Superliga 4 0 1 0 1 0 6 0
Brentford 2019–20 Championship 11 0 2 0 0 0 1 0 14 0
2020–21 Championship 17 0 2 0 0 0 3 0 22 0
2021–22 Premier League 20 1 2 0 3 0 26 1
Total 49 1 6 0 3 0 4 0 62 1
Career total 59 1 11 1 3 0 4 0 5 0 82 2

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brentford

  • EFL chempionati pley-off bosqichi : 2021[22]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mads Roerslev Rasmussen signs for Brentford B“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 7-avgust 2019-yil.
  2. „To debutanter – tre mål“ (da). F.C. København. Qaraldi: 26-oktabr 2016-yil.
  3. „F.C. København forlænger med Mads Roerslev“ (da). F.C. København. Qaraldi: 11-may 2017-yil.
  4. „Mads Roerslev solgt til Brentford FC“ (da). F.C. København. Qaraldi: 7-avgust 2019-yil.
  5. „FCK bekræfter: Sender Keita til Halmstad“. bold.dk. Qaraldi: 7-avgust 2019-yil.
  6. „Ung FCK'er forlader Halmstad efter fodfejl“. bold.dk. Qaraldi: 7-avgust 2019-yil.
  7. „Mads Roerslev udlejet til Vendsyssel FF“ (da). F.C. København. Qaraldi: 28-dekabr 2018-yil.
  8. klubda 3 mavsum davomida 13 ta oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol urdi.
  9. „Mads Roerslev Rasmussen signs for Brentford B“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 7-avgust 2019-yil. "Mads Roerslev Rasmussen signs for Brentford B". www.brentfordfc.com. Retrieved 7 August 2019.
  10. „Mads Roerslev signs new contract“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 8-mart 2020-yil.
  11. Marshall. „The Long Read: Mads Roerslev“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 4-aprel 2022-yil.
  12. Roerslev 2020–21-yilgi mavsumni 22 ta o'yinda maydonga tushdi.
  13. „Farewell to Henrik Dalsgaard“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 4-aprel 2022-yil.
  14. „Sergi Canos interview: Brentford winger on the trials and tribulations of playing as wing-back in Premier League this season“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 4-aprel 2022-yil.
  15. Harris. „Brentford have lost five in a row in their 3–5–2 formation. Is it time for a change?“ (en). The Athletic. Qaraldi: 4-aprel 2022-yil.
  16. „"We will try to be as aggressive and front-footed as normal"“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 21-noyabr 2021-yil.
  17. „Howe influenced Newcastle from hotel room“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 21-noyabr 2021-yil.
  18. Majid. „Roerslev praises Brentford belief after mounting late comeback win vs Watford“ (en). Football.London (12-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2021-yil.
  19. „Mads Bech Sørensen and Mads Roerslev in Denmark's Under-21 Euros squad“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 15-mart 2021-yil.
  20. „Mads Bech receives first senior call-up for Denmark“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  21. „Mads Roerslev signs new contract“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 8-mart 2020-yil. "Mads Roerslev signs new contract". www.brentfordfc.com. Retrieved 8 March 2020.
  22. Vincent, Gareth. „Brentford 2–0 Swansea City“. BBC Sport (29-may 2021-yil). Qaraldi: 29-may 2021-yil.
  • Mads Roerslev at Soccerbase
  • Mads Roerslev at the Danish Football Association (in Danish)
  • Mads Roerslev (Wayback Machine saytida 2019-12-21 sanasida arxivlangan) at brentfordfc.com
  • Mads Roerslev – UEFA competition record (archive) 

Andoza:Brentford F.C. squad