Keane Lewis-Potter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Keane Lewis-Potter
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Keane William Lewis-Potter[1]
Tavallud sanasi 22-fevral 2001-yil (2001-02-22) (23 yosh)[2]
Tavallud joyi Kingston upon Hull, Angliya
Boʻyi 5 feet 7 inches (1.70 m)[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2019 Hull City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019-2022 Hull City 110 (27)
2019Bradford (Park Avenue) (ijara) 5 (0)
2022- Brentford 0 (0)
Milliy terma jamoa
2022- Angliya U21 4 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-iyul uchun)

Keane William Lewis-Potter (2001-yil 22-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchisi, Premer-liganing „Brentford“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lewis-Potter 2019-yilning yanvar oyida „Hull City“dagi birinchi oʻyinini Angliya kubogi doirasida „Milwall“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazadi[3]. 2019-yilning mart oyida Lewis-Potter 2018-19-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Bradford (Park Avenue) jamoasiga ijaraga beriladi[4].

2019-yil 9-noyabrda Lewis-Potter „Hull City“ safida „West Bromwich“ jamoasiga qarshi o‘yinning 89-daqiqadasida Leonardo Lopes o‘rniga maydonga tushiriladi[5]. 2019-yil 30-noyabrda u Callum Elderning o‘rniga maydonga tushadi va Barnsleyjamoasining darvozasiga gol uradi. Ushbu gol Lewis-Potterning „Hull City“dagi yagona goli boʻlib qoladi. Shuningdek, ushbu gol uning birinchi professional goli hisoblanadi[6].

2021-yilning 18-yanvarida Lewis-Potter „Hull City“ jamoasi bilan 2023-yilning yoziga qadar yangi shartnoma imzolaydi[7].

Lewis-Potter 2020-21-yilgi mavsumda „Hull City“ jamoasi safida jami 13 ta gol uradi va mavsumni eng yaxshi toʻpurarlar orasida 3-oʻrin bilan yakunlaydi.

2022-yil 3-mayda Lewis-Potter „Hull City“ jamoasining 3-raqamli toʻpurari sifatida taqdirlanadi. Bundan tashqari „Hull City“ bosh murabbiyi Shota Arveladze uni mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topadi. Muxlislar tomonidan ham mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi degan taʼriflarga sazovor boʻladi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻladi[8].

Brentford[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 12-iyul kuni Premer-liganing Brentford klubi Lewis-Potter bilan olti yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. Bu shartnomaning miqdori esa rasman eʼlon qilinmaydi[9][10].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning mart oyida Lewis-Potter 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2023-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichi uchun Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari terma jamoasiga birinchi xalqaro chaqiruvini oladi[11]. U Albaniyaga qarshi uchrashuvning 82-daqiqada Noni Madueke oʻrniga zaxiradan maydonga tushib, Angliya U21 terma jamoasidagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi[12].

Faoliyatining statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Hull City 2018-19 [13] Chempionat 0 0 1 0 0 0 1 0
2019-20 [14] Chempionat 21 2 1 0 0 0 22 2
2020-21 [15] Birinchi liga 43 13 2 0 3 0 3 2 51 15
2021-22 [16] Chempionat 46 12 1 0 1 1 48 13
Jami 110 27 5 0 4 1 3 2 122 30
Bradford (Park Avenue) (ijara) 2018-19 [17] Shimoliy milliy liga 5 0 5 0
Faoliyatidagi jami 115 27 5 0 4 1 3 2 127 30

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hull City

  • EFL Birinchi ligasi : 2020-21[18]

Individual

  • EFLda oyining eng yaxshi yosh futbolchisi : 2020-yil sentyabr[19]
  • „Hull City“ning eng yaxshi futbolchisi: 2021-22[8]
  • „Hull City“ da yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021-22[8]
  • „Hull City“ muxlislari orasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021-22[8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Notification of shirt numbers: Hull City“. English Football League. Qaraldi: 2020-yil 21-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Keane Lewis-Potter“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  3. „Keane Lewis-Potter“. Hull City A.F.C.. 2022-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Keane Lewis-Potter joins Bradford (Park Avenue) on loan“. Telegraph and Argus (2019-yil 29-mart). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  5. „Hull City 0–1 West Bromwich Albion“. BBC Sport (2019-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
  6. „Barnsley 3–1 Hull City“. BBC Sport (2019-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-noyabr.
  7. „Keane Lewis-Potter Signs New Contract“. Hull City A.F.C. (2021-yil 18-yanvar). 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-yanvar.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 „Lewis-Potter wins hat-trick of awards“. Hull City A.F.C. (2022-yil 3-may). Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  9. „Keane Lewis-Potter joins Brentford“. www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.
  10. „Lewis-Potter moves to Brentford“. wearehullcity.co.uk (2022-yil 12-iyul). Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.
  11. „England MU21 squad for qualifiers with Andorra and Albania“. www.englandfootball.com (2022-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  12. „Hull City's Keane Lewis-Potter makes England debut in convincing Albania win“. Hull City A.F.C. (2022-yil 29-mart). Qaraldi: 2022-yil 29-mart.
  13. „Games played by Keane Lewis-Potter in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  14. „Games played by Keane Lewis-Potter in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  15. „Games played by Keane Lewis-Potter in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  16. „Games played by Keane Lewis-Potter in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  17. „K. Lewis-Potter: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  18. Football Yearbook 2021–2022 Anderson: . London: Headline Publishing Group, 2021 — 192–193 bet. ISBN 978-1-4722-8834-9. 
  19. „Lewis-Potter named EFL Young Player of the Month“. Hull City A.F.C. (2020-yil 16-oktyabr). 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-oktyabr.