Yoane Wissa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yoane Wissa
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yoane Wissa[1]
Tavallud sanasi 3-sentyabr 1996-yil (1996-09-03) (27 yosh)
Tavallud joyi Épinay-sous-Sénart, Fransiya
Boʻyi 1.76 m[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2010 Épinay-sous-Sénart
2010-2011 Linas-Montlhéry
2011-2013 Épinay-sous-Sénart
2013-2015 Châteauroux
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2016 Châteauroux II 20 (9)
2015-2016 Châteauroux 23 (7)
2016-2018 Angers 2 (0)
2016-2017 Angers II 5 (4)
2017Stade Laval (ijara) 15 (2)
2017Stade Laval II (ijara) 1 (0)
2017-2018Ajaccio (ijara) 20 (9)
2018-2021 Lorient 117 (35)
2021- Brentford 37 (9)
Milliy terma jamoa
2020- Kongo DR 8 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-sentyabr uchun)

Yoane Wissa (1996-yil 3-sentyabrda tugʻilgan) — kongolik professional futbolchi, Premer liganing Brentford klubi va Kongo DR terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi .

Châteauroux akademiyasining bitiruvchisi boʻlgan Wissa oʻzining katta faoliyatini 2015-yilda boshlagan. 2018-yilda esa Lorient jamoasiga oʻtgan. U 2019-20-yilgi mavsumning 2-ligasi chempioni Lorient jamoasining asosiy tarkib oʻyinchilaridan biri boʻlgan va 2021-yilga kelib Brentford jamoasiga oʻtgan. Fransiyada tugʻilgan Wissa Kongo DR ning terma jamoasi safida xalqaro maydonlarda harakat qiladi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lorient[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil yanvar oyida Wissa 2-liga Lorient jamoasiga oʻtadi[3]. Wissa mavsum davomida 28 ta oʻyinda maydonga tushib 15 ta gol uradi va uning jamoasi mavsum oxirida 1-ligaga koʻtarilib oladi[3]. U 2020-21-yilgi mavsumda esa 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urishga erishadi. Wissa 2021-yilning avgustida jamoa safida umumiy hisobda 3.5 yil faoliyati davomida 128 ta oʻyinda maydonga tushib, 37 ta gol urgan futbolchi sifatida klubni tark etadi[4][3].

Brentford[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 10-avgustda Wissa Angliyaga koʻchib oʻtadi va Premer-liganing „Brentford“ jamoasi bilan 8,5 million funt sterling evaziga toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[5][6]. Koʻzidan operatsiya qilingani sababli mavsum oldidan klub bilan bogʻlana olmaganiga qaramay[7], Wissa klubdagi dastlabki oltita oʻyinida beshta gol uradi[8]. Uning 2021-yil 21-sentabrda „Oldham Athletic“ jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritgan goli „bicycle kick“ nomi bilan ataladi[9][10]. Wissaning gollar seriyasi 2021-yil oktabr oyi oʻrtalarida toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli muddatidan oldin yakunlanadi[11]. Ikki oydan soʻng u oʻyinga qaytadi[7]. Bu qaytishidan soʻng mavsum oxirigacha ham zaxiradan ham asosiy tarkibda maydonga tushib faoliyatini davom ettiradi. Mavsum soʻnggi 9 oʻyinining oltitasida asosiy tarkibda maydonga tushadi. Wissa 2021-22-yilgi mavsumni 34 oʻyin va 10 gol bilan yakunlaydi[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wissa 2020-yil oktabr oyida Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasining bir juft o‘rtoqlik o‘yinlari uchun birinchi chaqiruvini oladi[12]. U oʻzining birinchi xalqaro golini Marokashga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyada tugʻilgan, asli Kongolik[13] boʻlgan Wissa lingala tilida ham gaplasha oladi[14]. U 15 yoshiga qadar sportning regbi turi bilan shugʻullangan va keyinchalik futboldagi faoliyatini boshlagan[6]. U 2021-yil iyul oyida kislotali hujumga uchragan va shoshilinch koʻz operatsiyasidan soʻng, toʻliq tuzalib ketgan[5][7].

Faoliyatining statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Châteauroux II 2013-14 CFA 2 G guruhi 1 0 1 0
2014-15[4] CFA 2 B guruhi 14 9 14 9
2015-16[4] 5 0 5 0
Jami 20 9 20 9
Châteauroux 2015-16[4] Milliy 23 7 0 0 1 0 24 7
Angers 2016-17[4] Liga 1 2 0 0 0 0 0 2 0
Angers II 2016-17[4] CFA 2 A guruhi 5 4 5 4
Stade Laval (ijara) 2016-17[4] Liga 2 15 2 0 0 0 0 15 2
Stade Laval II (ijara) 2016-17[4] CFA 2 A guruhi 1 0 1 0
Ajaccio (ijara) 2017-18[4] Liga 2 20 8 2 2 1 0 23 10
Lorient 2017-18[4] Liga 2 15 4 1 0 16 4
2018-19[4] 36 6 1 0 3 0 40 6
2019-20[4] 28 15 4 1 0 0 32 16
2020-21[4] Liga 1 38 10 2 1 0 0 40 11
Jami 117 35 8 2 3 0 128 37
Brentford 2021-22[8] Premer Liga 30 7 1 0 3 3 34 10
2022-23[15] 7 2 0 0 1 0 8 2
Jami 37 9 1 0 4 3 42 12
Faoliyatida jami 240 74 11 4 9 3 360 81

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Kongo DR 2020 2 1
2022 6 1
Jami 8 2
Yoane Wissa tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2020-yil 13-oktyabr Prince Moulay Abdelloh stadioni, Rabat, Marokash  Marokash 1-1 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2022-yil 25-mart Stade des Martyrs, Kinshasa, Kongo DR 1-0 1-1 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lorient

  • Liga 2 : 2019-20[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2021/22 Premier League squads confirmed“. Premier League (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
  2. „Yoane Wissa“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Yoane Wissa Signs for Brentford“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 Yoane Wissa Soccerway saytida. Qaralgan sana: 11 August 2021.
  5. 5,0 5,1 „Brentford transfer news: Yoane Wissa joins from Lorient in £8.5m deal“ (en). SkySports. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  6. 6,0 6,1 Dean, Sam. „Yoane Wissa interview: The humble Brentford striker dreaming of Premier League stardom“ (en-GB). The Telegraph (2021-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-oktyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 Harris. „Yoane Wissa is finding his feet at last“ (en). The Athletic. Qaraldi: 2022-yil 11-may.
  8. 8,0 8,1 8,2 „Games played by Yoane Wissa in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  9. „Wissa Wonderstrike Wins Carabao Cup Goal of the Round vote“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2021-yil 2-oktyabr.
  10. „Yoane Wissa voted Carabao Cup Goal of the Competition“ (en-gb). www.efl.com. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  11. Taylor. „Frank: Bees should have beaten Chelsea“ (en-GB). West London Sport (2021-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-oktyabr.
  12. „RD Congo : Six nouveaux chez les Léopards, mais pas Disasi“ (fr) (2020-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  13. „Les échos de Muko : Masuaku prend le meilleur sur Kebano, Wamangituka et Bela montent en puissance“ (2018-yil 19-dekabr).
  14. „Interwiew selfie. Yoane Wissa : « Mon rêve était d'être astronaute »“ (fr). Le Telegramme (2018-yil 3-fevral). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  15. „Games played by Yoane Wissa in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.