Kristoffer Ajer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kristoffer Ajer
Cel-Zen (5) (cropped).jpg
Ajer Celtic jamoasi safida, 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kristoffer Vassbakk Ajer[1]
Tavallud sanasi 17-aprel 1998-yil (1998-04-17) (25 yosh)
Tavallud joyi Rælingen, Norvegiya
Boʻyi 1.98 m[2]
Ampluasi Markaziy himoyachi[3]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2009 Rælingen
2010-2014 Lillestrøm
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013-2014 Lillestrøm II 8 (2)
2014-2016 Start 54 (9)
2016-2021 Celtic 115 (4)
2017Kilmarnock (ijara asosida) 16 (0)
2021- Brentford 22 (1)
Milliy terma jamoa
2014 Norvegiya U16 12 (1)
2015 Norvegiya U17 2 (1)
2015 Norvegiya U18 10 (6)
2016 Norvegiya U19 6 (3)
2017-2018 Norvegiya U21 5 (0)
2018- Norvegiya 27 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7 may uchun)

Kristoffer Vassbakk Ajer (1998-yil 17-aprelda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi. Premer-liganing „Brentford“ klubi va Norvegiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Ajer ilgari „Tippeligaen“ va Shotlandiya Premer ligasining „Celtic“ jamoalarida oʻynagan. Ajer faoliyatini yarim himoyachi sifatida boshlagan va „Celtic“ jamoasiga oʻtganidan soʻng, faoliyatini himoyachi sifatida davom ettirgan[3].

Yoshlik davlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristoffer Vassbakk Ajer 1998-yil 17-aprelda Norvegiya Viken okrugining Rælingen shahrida tug‘ilgan. Yoshligida u yengil atletika, gandbol va xokkey kabi sportning bir nechta turlari bilan shugʻullangan.

Yosh futbolchi sifatida u futbolchilik faoliyatini Rælingen FKda boshlagan va oʻn bir yoshida „Lillestrøm SK“ jamoasiga oʻtgan[4]. 2014-yilda uning oilasi Norvegiyaning janubiy qirgʻogʻidagi Kristiansand shahriga koʻchib oʻtishganidan soʻng, Ajer IK Start jamoasiga qabul qilinadi va bu jamoada professional futbolchilik faoliyatini boshlaydi[4].

Ajer dastlab Oslo universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirishni va bir vaqtning oʻzida professional futbol oʻynashni rejalashtirgan edi. Ammo keyinchalik u bu rejalaridan voz kechadi va professional futbolni tanlaydi[5].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristoffer Ajer 2014-yilning 19-iyulida „Bodø/Glimt“ga qarshi o‘yinda (2:1) „Start“ jamoasidagi birinchi oʻyinini o‘tkazadi[6].

Ajer „Celtic“ jamoasi safida, 2018-yil

U 2015-yil 7-aprelida (16 yoshida) Lillestrømga qarshi o‘yinda „Start“ jamoasi sardori bo‘lib maydonda harakat qiladi va Tippeligaenda jamoa sardori bo‘lgan eng yosh futbolchiga aylanadi[7].

Celtic[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil yanvar oyi boshida Ajer Shotlandiyaning „Celtic“ klubi bilan bir haftalik sinov oʻtkazadi[8] va 2016-yilning 17-fevralida jamoa bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. 2016-yilning iyun oyida 650 000 funt sterlinggacha ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan to‘lov evaziga klubga kelib qo‘shiladi[9][10]. U 2017-yilning yanvarida Kilmarnock jamoasiga ijaraga berildi[11]. 2018-yilning 14-may kuni Ajer „Celtic“ bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[12]. 30-avgust kuni Ajer FK Sūduvaga qarshi oʻyinda (3:0) „Celtic“ jamoasi safidagi birinchi golini kiritadi[13].

Ajer barcha musobaqalardagi 100-uchrashuvini 2019-yil 24-oktyabrda „Latsio“ga qarshi Yevropa ligasi o‘yinida o‘tkazadi.

2021-yil 21-iyulda Ajer nomaʼlum toʻlov evaziga besh yillik shartnoma asosida Premer-liganing „Brentford“ jamoasiga oʻtadi[14].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 13-martida u 23 va 26-mart kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Avstraliya va Albaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Norvegiya terma jamoasi tomonidan ilk chaqiruvini oladi. Kristoffer Ajer 23-mart kuni Avstraliya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida Norvegiya terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini oʻtkazadi[15].

Faoliyatining statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Lillestrøm II 2013 3. divisjon Group 3 4 2 4 2
2014 4 0 4 0
Jami 8 2 8 2
Start 2014 Tippeligaen 13 1 0 0 13 1
2015 30 8 2 4 2 0 34 12
2016 11 0 3 1 14 1
Jami 54 9 5 5 2 0 61 14
Celtic 2016-17[16] Scottish Premiership 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
2017-18[17] 24 0 5 0 1 0 4 0 34 0
2018-19[18] 28 0 4 0 3 0 10 1 45 1
2019-20[19] 28 3 3 0 4 0 15 1 50 4
2020-21[20] 35 1 1 0 2 0 8 0 46 1
Jami 115 4 13 0 10 0 38 2 176 6
Kilmarnock (ijara asosida) 2016-17[16] Scottish Premiership 16 0 1 0 17 0
Brentford 2021-22[21] Premier League 22 1 1 0 2 0 25 1
Faoliyatida jami 215 16 20 5 12 0 38 2 2 0 287 23

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Norvegiya 2018 6 0
2019 8 0
2020 5 0
2021 6 0
2022 2 0
Jami 27 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Celtic

  • Shotlandiya Premer-ligasi : 2017-18, 2018-19, 2019-20[22]
  • Shotlandiya kubogi : 2017-18, 2018-19, 2019-20[23]
  • Shotlandiya Liga kubogi : 2017-18, 2018-19, 2019-20[24]

Individual

  • PFA Shotlandiyada yilning eng yaxshi jamoasi : 2018-2019-yilgi Shotlandiya Premer-ligasi[25]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kristoffer Vassbakk Ajer“ (no). Football Association of Norway. Qaraldi: 7-oktabr 2019-yil.
  2. „Kristoffer Vassbakk Ajer“. Norwegian Football Federation. 24-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 Henderson. „New Celtic signing reveals his favoured position | CelticFC | First Team News“ (16-iyun 2016-yil). Qaraldi: 2-oktabr 2021-yil.
  4. 4,0 4,1 „Drømmen oppfylles i feil drakt“. Romerikets Blad (26-oktabr 2014-yil).
  5. „– At jeg fikk 18 seksere er mest honnør til skolen, ikke meg“. TV 2. Qaraldi: 2-oktabr 2021-yil.
  6. Johnsen, Sture. „Start-Bodø/Glimt: 2–1 (0–0)“. IK Start (19-iyul 2014-yil). Qaraldi: 15-fevral 2016-yil.
  7. Nash, Matthew. „Tottenham and Liverpool chasing Norwegian wonderkid Kristoffer Ajer“. HITC Sport (7-iyun 2015-yil). Qaraldi: 15-fevral 2016-yil.
  8. „PKristoffer Ajer: Celtic take Norwegian midfielder on trial“. BBC (5-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 6-iyun 2020-yil.
  9. „Kristoffer Ajer signs four-year deal with Celtic“. www.celticfc.net. Qaraldi: 17-fevral 2016-yil.
  10. „The hard bargaining that brought Kristoffer Ajer to Celtic“. www.heraldscotland.com. Qaraldi: 3-oktabr 2017-yil.
  11. „Kilmarnock sign Celtic's Kristoffer Ajer on loan“. BBC Sport. BBC (20-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2017-yil.
  12. „Kristoffer Ajer: Celtic defender signs new four-year contract“ (en-GB). BBC Sport (14-may 2018-yil). Qaraldi: 15-may 2018-yil.
  13. „Griffiths makes it a century of goals as Celts beat Suduva | CelticFC | Match Report“ (12-sentabr 2019-yil). 12-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-oktabr 2021-yil.
  14. „Brentford complete signing of Kristoffer Ajer from Celtic“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
  15. Kristoffer Ajer National-Football-Teams.comda
  16. 16,0 16,1 „Games played by Kristoffer Ajer in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2-oktabr 2021-yil.
  17. „Games played by Kristoffer Ajer in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2-oktabr 2021-yil.
  18. „Games played by Kristoffer Ajer in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2-oktabr 2021-yil.
  19. „Games played by Kristoffer Ajer in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2-oktabr 2021-yil.
  20. „Games played by Kristoffer Ajer in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2-oktabr 2021-yil.
  21. „Games played by Kristoffer Ajer in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2-oktabr 2021-yil.
  22. „Celtic champions & Hearts relegated after SPFL ends season“. BBC Sport (18-may 2020-yil). Qaraldi: 18-may 2020-yil.
  23. Celtic win fourth straight Scottish Cup as Hazard’s shootout saves break Hearts, Ewan Murray, The Guardian, 20 December 2020
  24. „Rangers 0 – 1 Celtic“. BBC Sport (8-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 8-dekabr 2019-yil.
  25. „James Forrest, Steve Clarke & Ryan Kent win PFA Scotland annual awards“. BBC Sport (5-may 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2019-yil.