San Marino: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1: Qator 1:
{{San Marino_info}}
{{San Marino_info}}
'''San Marino ''' (San Marino Respublikasi) poytaxti — [[San Marino]] shahri. [[BMT]] aʼzosi

Yevropada qadimiy davlatlar juda ko’p. Ammo ularning hyech biri davlat sifatida barpo etilgan vaqtdagi davlat tuzumi va chegaralari doirasida saqlanib qolmagan. Janubiy Yevropaning Appenin yarimorolida joylashgan, xamma tomondan Italiya xududi bilan o’ralgan davlat — San-Marino bundan mustasno. Chunki mazkur davlat chegaralari mamlakat tashkil topgan vaqt, ya’ni milodni IV asrdagi holatda xozirgi vaktgacha saklanib kelmokda.

{{stub}}

San-Marino joylashgan tepalik.

855 yilda o’zining mustaqilligiga erishgan San-Marino eng qadimiy, respubli­ka tipidagi davlatdir. Dunyodagi eng kuxna respublika bo’lishdan tashqari, San-Marino xududining o’lchamiga ko’ra dunyodagi eng mitti davlatlardan biri bo’lib, mazkur kursatkich bo’yicha birinchi beshlikni yakunlaydi.

San-Marinoga asos solinishi milodiy IV asrga to’g’ri keladi. Mamlakatning nomi unga asos solgan roxibning nomidan olingan bo’lib, keyinchalik bu nomga «San», ya’ni «muqaddas» so’zi qo’shib, ishlatilgan. Rivoyatlarga ko’ra, Adriatika dengizining Rab orolida (hozirgi Xorvatiya xududida) tashkil etilgan birinchi nasroniylar uyushmasi a’zosi, toshtarosh Marino IV asr boshlarida o’zining bir necha sheriklari bilan Appenin yarimorolidagi Monte-Titano tog’i yonida panox, topgan. O’sha vaqtlardan buyon Apennin yarimoro­lida San-Marino mavjud bo’lib kelmokda.

San-Marinoning umumiy maydoni 61 kv. km, aholisi 31,9 ming kishi. Hududi dengiz sathidan 738 metr balandlikda joylashgan Monte-Titano tog’ining janubi-g’arbiy yonbag’rini egallaydi. Maz­kur tog’ Apennin tog’ oldi tekisliklari o’rtasida alohida ajralib turadi. Tog’lar mamlakat hududining — 80, haydaladigan yerlar — 16 foizini tashkil etadi.

Boshqaruv shakliga ko’ra San-Marino — respublika, davlat boshlig’i — Katta Bosh kengash tomonidan tayinlanadigan kapitan-regent. Kapitan-regent har yili ikki marta 6 oy (1 apreldan 1 oktyabrgacha, 1 oktyabrdan 1 aprelgacha) muddatga tayinlanadi. Mamla­kat Konstitusiyasi Yevropadagi eng qadimiy huquqiy xujjatlardan bo’lib, 1600 yilda qabul qilingan. San-Marino xududi «kastelli» (qal’a» ma’nosini anglatadi) deb nomlangan 9 ta viloyatga bo’lingan.

San-Marino xududida subtropik O’rta dengiz iqlimi ustun. Yozda o’rtacha harorat +24, qishda +4°S atrofida. Qishda ba’zan kechasi harorat -6°S ga tushishi, qor yog’ishi mumkin. Ammo qor qoplami uzoq turmay, tezda erib ketadi.

Mamlakat aholisining 16 foizini 15 yoshgacha bo’lgan bolalar, 67 foizini esa 15-64 yoshdagilar tashkil etadi. Aholining o’r­tacha umr ko’rishi (81,5 yosh) bo’yicha San-Marino dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Rasmiy davlat tili — italiya tili, aholining 93 foizi katoliklar.

San-Marinoda 30 dan ortiq aholi punktlari mav­jud. Mamlakat poytaxti — San-Marino shaxri (aholisi 4,6 ming kishi) Monte-Tita­no tog’ining g’arbida, uning cho’qqisidan pastroqda joy­lashgan. Mazkur shaharda hukumat muassasalari, kagor me’moriy obidalar va muzeylar joylashgan. Mamlakatning ishbilarmonlik markazi Borgo-Majore (5,2 ming kishi) shaxri bo’lib, u poytaxtdan 200 metr pastrokda joylashgan. Eng yirik aholi punkti — Serravalle shaxri (9,2 ming kishi). Qolgan barcha aholi punktlarida aholi soni 1000 kishidan oshmaydi.

Sayyohlik industriyasi yaxshi rivojlangan San-Marinoga har yili 3 mln.dan ortiq sayyox, (mamlakat aholisining umumiy sonidan 95 baravar ko’p) tashrif buyuradi.

San-Marinoda aeroport va dengiz porti yo’q. Tashrif buyuradigan xorijiy sayyoxlar Italiya poytaxti Rim shaxrining xalqaro aeroportidan foydalanishadi. Avtobus harakati yaxshi yo’lga qo’yilgan. Shaxarlararo temir yul transporti umuman yo’q, ammo 2 ta tramvay yo’nalishi mavjud. Mamlakatda yagona taksi korxonasi faoliyat ko’rsatadi. San-Marinodagi uzunligi 1,5 km bo’lgan arqon yul mamlakat poytaxti San-Marinoni Borgo-Majore shaxri va Monte-Titano tog’i bilan bog’laydi.

San-Marino hukumati binosi.

San-Marinoda 1 ta universitet va Xalqaro fanlar Akademiyasi mavjud. Mamlakatning tarixiy markazi va Monte-Titano tog’i YUNESKO ning «Butunjaxon merosi» ro’yxatiga kiritilgan.{{stub}}
{{Yevropa}}
{{Yevropa}}
[[Turkum:Yevropa]]
[[Turkum:Yevropa]]

3-Fevral 2017, 07:50 dagi koʻrinishi

San Marino Respublikasi
Repubblica di San Marino
ShiorLibertas
(Lotincha: Ozodlik)
Madhiya: Inno Nazionale della Repubblica
Location of San Marino
Poytaxt San Marino
Rasmiy til(lar) Italyancha
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
Valeria Ciavatta
Luca Beccari
Fabio Berardi
Konstitutsiya (8-oktabr-1600)
Maydon
• Butun
61.2 km2 (225-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
28,880 (216-oʻrin)
• Zichlik 471/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$940 mil. (193-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$32,548
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma SM
Telefon prefiksi 378
Internet domeni .sm

San Marino (San Marino Respublikasi) poytaxti — San Marino shahri. BMT aʼzosi Yevropada qadimiy davlatlar juda ko’p. Ammo ularning hyech biri davlat sifatida barpo etilgan vaqtdagi davlat tuzumi va chegaralari doirasida saqlanib qolmagan. Janubiy Yevropaning Appenin yarimorolida joylashgan, xamma tomondan Italiya xududi bilan o’ralgan davlat — San-Marino bundan mustasno. Chunki mazkur davlat chegaralari mamlakat tashkil topgan vaqt, ya’ni milodni IV asrdagi holatda xozirgi vaktgacha saklanib kelmokda.

San-Marino joylashgan tepalik.

855 yilda o’zining mustaqilligiga erishgan San-Marino eng qadimiy, respubli­ka tipidagi davlatdir. Dunyodagi eng kuxna respublika bo’lishdan tashqari, San-Marino xududining o’lchamiga ko’ra dunyodagi eng mitti davlatlardan biri bo’lib, mazkur kursatkich bo’yicha birinchi beshlikni yakunlaydi.

San-Marinoga asos solinishi milodiy IV asrga to’g’ri keladi. Mamlakatning nomi unga asos solgan roxibning nomidan olingan bo’lib, keyinchalik bu nomga «San», ya’ni «muqaddas» so’zi qo’shib, ishlatilgan. Rivoyatlarga ko’ra, Adriatika dengizining Rab orolida (hozirgi Xorvatiya xududida) tashkil etilgan birinchi nasroniylar uyushmasi a’zosi, toshtarosh Marino IV asr boshlarida o’zining bir necha sheriklari bilan Appenin yarimorolidagi Monte-Titano tog’i yonida panox, topgan. O’sha vaqtlardan buyon Apennin yarimoro­lida San-Marino mavjud bo’lib kelmokda.

San-Marinoning umumiy maydoni 61 kv. km, aholisi 31,9 ming kishi. Hududi dengiz sathidan 738 metr balandlikda joylashgan Monte-Titano tog’ining janubi-g’arbiy yonbag’rini egallaydi. Maz­kur tog’ Apennin tog’ oldi tekisliklari o’rtasida alohida ajralib turadi. Tog’lar mamlakat hududining — 80, haydaladigan yerlar — 16 foizini tashkil etadi.

Boshqaruv shakliga ko’ra San-Marino — respublika, davlat boshlig’i — Katta Bosh kengash tomonidan tayinlanadigan kapitan-regent. Kapitan-regent har yili ikki marta 6 oy (1 apreldan 1 oktyabrgacha, 1 oktyabrdan 1 aprelgacha) muddatga tayinlanadi. Mamla­kat Konstitusiyasi Yevropadagi eng qadimiy huquqiy xujjatlardan bo’lib, 1600 yilda qabul qilingan. San-Marino xududi «kastelli» (qal’a» ma’nosini anglatadi) deb nomlangan 9 ta viloyatga bo’lingan.

San-Marino xududida subtropik O’rta dengiz iqlimi ustun. Yozda o’rtacha harorat +24, qishda +4°S atrofida. Qishda ba’zan kechasi harorat -6°S ga tushishi, qor yog’ishi mumkin. Ammo qor qoplami uzoq turmay, tezda erib ketadi.

Mamlakat aholisining 16 foizini 15 yoshgacha bo’lgan bolalar, 67 foizini esa 15-64 yoshdagilar tashkil etadi. Aholining o’r­tacha umr ko’rishi (81,5 yosh) bo’yicha San-Marino dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Rasmiy davlat tili — italiya tili, aholining 93 foizi katoliklar.

San-Marinoda 30 dan ortiq aholi punktlari mav­jud. Mamlakat poytaxti — San-Marino shaxri (aholisi 4,6 ming kishi) Monte-Tita­no tog’ining g’arbida, uning cho’qqisidan pastroqda joy­lashgan. Mazkur shaharda hukumat muassasalari, kagor me’moriy obidalar va muzeylar joylashgan. Mamlakatning ishbilarmonlik markazi Borgo-Majore (5,2 ming kishi) shaxri bo’lib, u poytaxtdan 200 metr pastrokda joylashgan. Eng yirik aholi punkti — Serravalle shaxri (9,2 ming kishi). Qolgan barcha aholi punktlarida aholi soni 1000 kishidan oshmaydi.

Sayyohlik industriyasi yaxshi rivojlangan San-Marinoga har yili 3 mln.dan ortiq sayyox, (mamlakat aholisining umumiy sonidan 95 baravar ko’p) tashrif buyuradi.

San-Marinoda aeroport va dengiz porti yo’q. Tashrif buyuradigan xorijiy sayyoxlar Italiya poytaxti Rim shaxrining xalqaro aeroportidan foydalanishadi. Avtobus harakati yaxshi yo’lga qo’yilgan. Shaxarlararo temir yul transporti umuman yo’q, ammo 2 ta tramvay yo’nalishi mavjud. Mamlakatda yagona taksi korxonasi faoliyat ko’rsatadi. San-Marinodagi uzunligi 1,5 km bo’lgan arqon yul mamlakat poytaxti San-Marinoni Borgo-Majore shaxri va Monte-Titano tog’i bilan bog’laydi.

San-Marino hukumati binosi.

San-Marinoda 1 ta universitet va Xalqaro fanlar Akademiyasi mavjud. Mamlakatning tarixiy markazi va Monte-Titano tog’i YUNESKO ning «Butunjaxon merosi» ro’yxatiga kiritilgan.