Gʻazal: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Orfografik
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali Kengaytirilgan mobil rejim orqali
Fikr bu korxonani qilĝay edi jalok,agar. Bòlmasa aql zoyil jom may muĝonasi
Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1: Qator 1:
'''G'azal''' (arabcha —oshiqona so'z, ishq izhor etish, ayollarni madh etish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr ʻʻG'azal’’ atamasi dastlab VIII—IX asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. So'ng O'rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o'tib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli g'azal namunasi ham uchraydi.
'''[[Fikr bu korhonani qilĝay edi halok agar|G'azal]]''' (arabcha —oshiqona so'z, ishq izhor etish, ayollarni madh etish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr ʻʻG'azal’’ atamasi dastlab VIII—IX asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. So'ng O'rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o'tib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli g'azal namunasi ham uchraydi.
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Qizordi gul uyottin anjumanda.

4-Iyun 2023, 13:51 dagi koʻrinishi

G'azal (arabcha —oshiqona so'z, ishq izhor etish, ayollarni madh etish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr ʻʻG'azal’’ atamasi dastlab VIII—IX asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. So'ng O'rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o'tib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli g'azal namunasi ham uchraydi.

Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum,
Kishi bilmas onikim, qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensan,
Kerakmas jon mango sensiz bandanda.
Mango ul dunyoda jannat na hojat,
Eshiking tuprog'i basdur kafanda.
Solib borma meni ey Yusufi husn,
Bukun Ya'qubtek baytul hazanda.
Uzun sochingdin uzmasman koʻngulni,
Oyog'ing qanda bo'lsa, boshim anda.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingga banda.[1]

G'azal aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matla'yoki mabda', oxirgisi maqta'deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham o'zaro qofiyalansa, zebi matla' yoki husni matla' deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa san'ati bilan chambarchas bog'liq. Dastlab G'azalga taxallus qo'yilmagan, bu keyinchalik an'anaga aylangan.

G'azal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy g'azallar yuzaga keldi. G'azal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) g'azal; yakpora gʻazal; voqeaband g'azal; musalsal g'azal. Ma'no jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona g'azallarga bo'linadi.

Fors so'z san'atida gʻazal dastlab Rudakiy ijodida uchrasa-da, Saʼdiy ijodida u toʻla shakllanib, sheʼriyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga koʻtardi: u oʻzigacha tasavvufiy va dunyoviy yoʻnalishda rivojlanib kelgan gʻazalchilikni oʻzaro omuxta qildi. Xusrav Dehlaviy, Kamoliddin Isfahoniy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Xoju Kirmoniy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar gʻazal taraqqiyotida katta rol oʻynaganlar.

Oʻzbek adabiyotida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning „Qisasi Rabgʻuziy“, Xorazmiyning „Muhabbatnoma“sida uchraydi; keyinchalik Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz Oʻtar va boshqalar ijodida rivojlantirildi.

Fors-tojik gʻazalchiligida aruz vaznining hazaj bahri, turkiy xalqlar gʻazalchiligʻida ramal bahri koʻp qoʻllangan. Masalan, Navoiyning 2600 gʻazalidan 1600 ga yaqini, Atoiyning 260 gʻazalidan 109 tasi, Husayn Boyqaroning esa barcha gʻazallari ramalda yozilgan. Aruzda 21 ta bahr boʻlib, oʻzbek gʻazaliyotida faqat Navoiy ularning koʻpchiligini qoʻllagan. Gʻazalda ishqiy mavzu yetakchilik qilishiga qaramay, gʻazalnavislar bu janrning imkoniyatlaridan inson maʼnaviy dunyosining, shuningdek, tabiat va jamiyatning barcha murakkab tomonlarini ifodalash uchun foydalanganlar.

15-asrdan Gʻazal oʻzbek sheʼriyatida ham asosiy va yetakchi janrga aylandi. Navoiy oʻzbek tilida 2600 dan ortiq gʻazal yaratib, bu janrning gʻoyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, uni hayotga yaqinlashtirdi, realistik tamoyillarni kuchaytirdi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va boshqalar g'azalni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu bilan birga, anʼanaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham koʻplab badiiy barkamol gʻazallar yaratdilar (yana qarang Sheʼr tuzilishi, Sheʼrshunoslik); 2) musulmon Sharq madaniyatidan keng oʻrin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (mas, Abdulqodir Marogiy koʻrsatishicha, 14—15-asrlarda) „navbat“ deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi sheʼrlar bilan ijro etilib, 2 sarxona va bozgoʻypyan iborat boʻlgan. Soʻngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va boshqalarning asarlarida Gʻ. Oʻrta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida taʼriflangan. Hozirda, asosan, lirik-falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi gʻazal namunalari, yakkaxon xonanda va cholgʻu ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, Shimoliy Hindiston, Bangladesh, Eron, Afgʻoniston va ayrim arab mamlakatlarida tarqalgan. Kuylar diapazoni kengligi, ohang va ritmik rivojining murakkabligi bilan ajralib turadi. Gʻ. raga singari kichik cholgʻuvokal muqaddimasi bilan boshlanadi, unda xonanda yuqori pardalarda ijro etiladigan aylanma tuzilmalar, glissando (sirgʻanuvchi ohanglar) va boshqa uslublardan foydalanib, asarning asosiy tovushqatori, shuningdek, badiiy oʻziga xosli-gini namoyo.ch etadi. Cholgʻu ansambli tarkibida sitor, sarangi, bansuri nay, tanpura, fisgarmoniya va tabla (yoki faqat sisgarmoniya va tabla) cholgʻulari qoʻllanadi. Gʻ. urdu, hind, fors, panjob, gujarot va boshqa tillarda kuylanib, unda Xusrav Dehlaviy, Kabir, Surdas, Mirzo Gʻolib, Muhammad Iqbol, Fayz Ahmad Fayz kabi shoirlarning sheʼrlari asosiy oʻrin tutadi. 20-asrda Gʻ.ning zamonaviy shakllari rivoj topib, ular konsert dasturlari (Mehdi Hasan, Roshan Ara begim, Bare Gʻulom Ali Xon, Ramzan Xon va boshqalar), kino musiqasi (Lata Mangeshkar, Muhammad Rafi va boshqalar)da keng ijro etilmoqda.

Ad. Hayitmetov A si,T., 1961; Shayxzoda M., kining sultoni, Asarlar, 4-j., T., 1972; Nosirov O., Oʻzbek adabiyotida gazal, T., 1972; Orzibekov R., Oʻzbek lirik poeziyasida gʻazal va musammat, T., 1976; Nosirov O., jamolo v S., 3 i yo -viddinov M., Oʻzbek klassik sheʼriyati janrlari, T., 1979; Valixonov A., Gʻazal nafosati. T., 1985. Rahmon Qahramonov va Timur Malikovlar hozirgi kunda yagona dastur hisoblanadi

Manbalar

  1. Otoyi. Tanlangan asarlar. OʻzSSR Davlat adabiyot nashriyoti, Toshkent, 1958, 16-bet.